* * *
Bordim saharda bog‘ sari gul terish uchun,
Nogoh quloqqa keldi — chekar erdi bulbul un.
Bir gulning ishqiga u bo‘lib men kabi asir,
G‘avg‘o qilar emish bu chamai ichra ushbu kun.
Sayr aylar erdim ul chamanu bog‘ aro faqat,
Uylar edim u bulbulu gul haqqida butun.
Gul yor etib tikonni-yu, bulbulda yo‘q qaror,
Na gulda o‘zgarish, na u bulbuldadir sukun.
Bulbul fig‘oni qildi dilimga og‘ir asar,
Qaytdim, chidolmadim juda holim bo‘lib zabun.
Gulshanda gullar ochilar — aslo hisobi yo‘q,
Qo‘ymas tikan balosi biror gul uzish uchun.
Hofiz, suyuggch umidini tutma zamonadin,
Ming ayb bor, fazilatidir makr ila fusun.
* * *
O‘tparast dayrida ham men kabi yo‘q bir maftun,
Bo‘ldi har joyda garov xirqayu daftar may uchun.
Ayladim boda sotuvchi qo‘lida ming tavba:
Yorsiz tomchi may ichmay, demayin bazmu o‘yin!
Borladim ko‘z arig‘ini etagim birla agar,
Koshki yonimga o‘tirtilgusi sarvi mavzun.
Balki bu sir haqida sarv tili so‘zlag‘usi,
Io‘qsa parshishda til yo‘q, o‘zi g‘oyatda zabun.
Menga boda kemasin tezda ketur, dilbarsiz
G‘amdan oqmoqda ko‘zim burchida nahri Jayxun.
Qilma begona so‘zin yorga topinguchi menga.
Yo‘q ishim o‘zga bilan — menga piyola may sun!
Ranjima, nargis agar kulsa ko‘zing shevasidan,
Yurmagay ko‘r izidan kimki, ko‘zi bo‘lsa butun.
Juda yoqmish bu so‘zim — tong chog‘ida bir tarso
Maykada oldida nay, daf ila kuylardi bugun:
Gar musulmonlik esa Hofiz tutib turgan ishi,
Oh agar bo‘lsa bu kun orqasidan tonglasi kun!
* * *
Ey podshohi xo‘bon, yolg‘izlik g‘amidan dod!
Qiynaldi g‘arib ko‘nglim, kel, ayla g‘aribing yod.
Darding menga darmondir navmidlik yotog‘ida,
Yoding menga hamdamdir hajr aylar esa bedod.
Mushtoqligu ayriliq bir holga keltirmishkim,
Sabrim etagi qo‘ldan ketdi-yu, ko‘ngil barbod.
Bo‘ston guli har doim yashnab, ochilib turmas,
Munglug‘lar dilin ovla, davring ekan et imdod.
Yuz bodi sabo bunda zulfing tarab o‘ynaydur
Budir harif, ey ko‘ngul, mag‘rurligang et barbod.
Doirai taqdirda biz nuqtai pargormiz,
Lutf ulki — sen o‘ylaysan, hukm ul — qilasan ijod.
Beboshligu o‘jarlik rind olamida yo‘qdir,
Rind mazhabida bunlar bir kufr deb o‘lmish yod.
Ko‘ngil sirini, go‘stlar, kimga yechay olamda:
Har yonda yurar yorim — ko‘rmas yuzin odamzod.
Men tong yeliga oqshom qildim gila zulfidan,
Aydiki: g‘alatdir bu savdoyi kabi faryod.
Soqiy, chaman-u gulda sensiz sira ravnaq yo‘q,
Shamshodni xiromon qil, bog‘ni bezab, et obod!
Bu gardishi zumraddan qondir jigarim — may ber,
Zumrad kosadan mushkil hal bo‘lg‘usi, ko‘ngul shod.
Hijron tugadi, Hofiz, vasl islari kelmoqda,
Ey oshiqi shaydoyi, bu aysh muborakbod!
— Chustiy tarjimalari —
* * *
Sabo, degil, u kiyik ko‘zli sho‘x ra’noga:
Ravona qilding o‘zing bizni tog‘u sahroga.
Shakarfurushki, omon bo‘lsin, ul nega boqmas
Mudom shakar yeguvchi to‘g‘in shakarxoga?
Ichishda yor ila may esla mayparastlarni.
Shu xilda o‘tdi ular ham kelib bu dunyoga.
Chiroy g‘ururi magar ruxsat etmadi, e gul,
Tabassum aylamading bulbulingga — shaydoga.
Tuzog‘u donga ilinmaydi asli ziyrak qush.
Asiru band bo‘lur xulqi yaxshi zeboga.
Dilida mehri nega yo‘q — qarab topolmasman —
Ki, qancha sarvqad, oy yuzli ko‘zi shahloga.
Jamoling aybli emas, bemisol erur-ku, faqat
Vafoyu mehr uzoq ermish chiroyli barnoga.
Bu baxtu suhbatu do‘stlarni shukrin et, esla
G‘ariblaringniki, ovora dashtu sahroga.
Tarannum aylasa Hofiz so‘zini Zuhra agar,
Ajab emaski, kelur zavqi raqs Isoga.
* * *
Baxt tongidir — qani ul jomi misli oftob?
Qayda bundan yaxshi fursat; menga sun bir jom sharob.
Soqiy yoru xoli uy, mashshoq xazilkash xo‘b shirin,
Bu yigitlik davri — mayning navbati ishratga bop.
Mashq etar sozanda, yor qarsakda, mastlar raqsda,
Quvdi mastlar uyqusin noz birla soqiy beniqob.
Xos xilvat tinchu insonga tomosho joyidur.
Buki, men ko‘rmoqdaman: o‘ngimmi, yo Rab, yoki xob?
Pokiza mayning xasli birla sho‘x esgan sabo,
Yoshirur xo‘b yaxshi gul bargiga gulshanda gulob.
Ko‘ngil ochmoqlik, go‘zallik, shodu xursandlik uchun
Yaxshi bo‘lg‘ay qo‘lda oltin jom-u limmo-lim sharob.
Tingla Hofiz so‘zlarin — bo‘ldi xaridor to‘lgan oy,
Yangragay har bir nafas Zuhro qulog‘ida rubob.
* * *
Marhamat qil, do‘st salomin keltur, e bodi sabo,
Aylayin zavqim bilan do‘st nomiga jonim fido.
Xuddi bulbuldek qafas ichra bu ko‘nglim to‘tisi,
Do‘stni shakkar la’lu bodomiga bo‘lmish mubtalo.
Xoli — dona, jingalak sochi — tuzoq, men — qush kabi,
Donadan aylab umid, tushdim — ilindim dom aro.
Kimki do‘st jomidan ichsa men kabi bir jur’a-may,
To jahon boricha boshini ko‘tarmas mutlaqo!
Sevgiga bir noma yozdim ushbu holimdan — yetar,
Bo‘lg‘usi bosh og‘rig‘i ortiqcha so‘zdan dilrabo.
Men visolin izlasam, u ayriliqning qasdida,
Xohishim tark ayladim — maqsadga yetsin mahliqo.
Gar muyassar bo‘lsa yor yurgan yo‘lin tuprog‘idan,
Ming sharaf menga — qilay ikki ko‘zimga to‘tiyo.
Hofizo, dardu g‘amida kuy — davosin izlama,
Yor vaslidan bo‘lak bu dardingga yo‘qdir davo.