Выбрать главу
Qadah to‘ldirki, ishqing davlatidan Agar cholman, bo‘libmai baxtli o‘g‘lon!
Ko‘ngul yorim xayoli birla to‘ldi, Bo‘lak hech narsa sig‘mas dilga shul on.
Mayu mashshoqdan o‘zga aytsa bir so‘z, Qalam sinsin, tanimda qolmasin jon!
U g‘avg‘o ichra kim bir-birga boqmas, Kelur piri mug‘ondan menga ehson.
Sening, zohid, menga tokay firibing, Asal, sut, olma deb, ham bog‘u bo‘ston!
Men ul qushmanki, xar shomu sa.harda Yurakdan sayrashim-la to‘lgay osmon.
Icharman g‘amli kunlarda faqat may, Qilibman mayfurush-la ahdu paymon.
Bu qanday yaxshi fursat — boda ichgach, Vazir, shoh vaxmi yo‘q — rohatdadir jon!
Meni ko‘rganda da’vogar gado der Vale g‘am boyligi dilda farovon!
Ko‘ngilni ul zamon Hofizdan uzdim, Qachonkim, bo‘ldi soqiy mupisi jon.
* * *
Ey sabo, senda u mushkin kokilin xush bo‘yi bor, Sen shu xg‘gd birlan qolursan olam ichra yodgor.
Toza saqlasang, ishonch-la topshirish mumkin senga Husgu ishqning sirri-yu durdonasinkim, beg‘ubor.
Bemisol xusning yoqimli — aybi yo‘q hargiz, faqat — Bordir atrofingda yurgan shum raqiblar, e nigor!
Senga, ey gul, bulbul ovozi qachon bo‘lgay pisand, Qarg‘alar so‘zi qulog‘ingda topibdur e’tibor.
Men sen ichgan bodadan xushkayfman — bo‘lsin halol! Qaysi xumdan bu piyolang to‘ldi, ayt, mastona yor?
Husn narxini oshirmoqlik ishidir senga xos, Chunki guldek rangu xush bo‘y senda doim barqaror.
Mushku anbarni zamona yelga sovursa butun, Sadqa bo‘lsin senga — mushkin xolu xatlar senda bor!
Senga arziydi chiroydan lof urish misli qussh, Chunki oy yuzli g‘ulomlar senda bor saf-saf, qator.
Kekkayib, noz aylama, ey sarv, bu gulshanaro Xam bo‘lur xijlatda boshing, kelsa sarvi gul’uzor.
Qilsam ohista duo, sho‘x-sho‘x tabassumlar bilan: Sen o‘zing kim, men bilan qanday so‘zing bor? — deydi yor.
Madrasa burchidan ishq durrini, Hofiz, izlama, Xohlasang topmoqni — chiqqil tashqari mardonavor!

— Vasfiy tarjimalari —

* * *
Bir xush tushimda ko‘rdim: qo‘lda ekan piyola, Ta’biri yaxshilikka albattadir havola!
Qirq yilcha dard chekdim, derlar davosi shuldir: Ikki yillik may ichgil, qilmasdan istihola.
Erdi chigil murodim — yechmoq yo‘lini topdim: Oni berkitgan ermish yor zulfi tola-tola.
Sevgi xumori barbod etgan edi vujudim, Baxtimni ko‘rki, keldi may liq to‘la piyola!
Mayxonaga borurman har kun chekib fig‘onlar, Hal etgay unda chunki mushkulni ohu nola.
Har damda qon yutarman, ammo shikoyatim yo‘q, Zeroki, qismatimda shunday ekan navola.
Soldim nazar banogoh tong chog‘ida chamanga, Gul ishqi birla bulbul dildan chekardi nola.
Har kimki mext qo‘ydi, maqsad gulini termay, Yelning yo‘lida bo‘ldi poyloqchi ul nihola.
Gulshan nasimi yoqdi qushlar diliga otash, Ul dog‘danki, oni saqlardi dilda lola.
Dilkash g‘azal yozibmish yor maqtoviga Hofiz, Har baytiga berar tan yuzlab go‘zal risola.
* * *
Ko‘rding yana, ey dilki, g‘ami yor na qildi? O‘z yori vafodoriga dildor na qildi?
Jodu ko‘ziga boq: ko‘rasan ne-ne o‘yinlar, Mast zulmi aro o‘ylari hushyor na qildi?
Yor hajrida ko‘zimdagi yosh bo‘ldi shafaqrang, Shumtole ekanmanki, bu xunbor na qildi?
Ey soqiy, qadah tut, bo‘lak ishni qo‘ya qolgil Bilmas kishikim, sohibi asror na qildi?
Ko‘rgilki, falakka beribon zeb ila ziynat, Aylanasimon san’ati pargor na qildi?
Tong chog‘i yashin chaqnadi Layli haramidan, Qays qalbini kuydirdi bayakbor, na qildi?
Yondirdi muhabbat o‘ti Hofiz dilin, ey voh, Boq yori qadrdoniga — ul yor na qildi?
* * *
Zulfingiz qilsa mabodo bir xato, ne bo‘lg‘usi? Atr urib, bordi-yu, ko‘rsatsa jafo, ne bo‘lg‘usi?
Ishq o‘tidan jandapo‘shning xirmoni kuysa, ne bok Shoxdan zulmu sitam ko‘rsa gado, ne bo‘lg‘usi?
Hechqisi yo‘q, g‘amzangiz gar dilni qurbon aylasa, Qilsa janjal jonu jonon o‘zaro, ne bo‘lg‘usi?
Ranjimoq yo‘qdur muhabbat maslagida — mayni quy, Har kudurat bo‘lsa qam, topgay safoh ne bo‘lg‘usi?
Ishqbozlikda kerakdir sabru toqat, ey ko‘ngil, Gar malol kelsa ne bo‘lg‘ay, yo xato, ne bo‘lg‘usi?
Bedavo g‘iybatchilardan turli g‘avg‘o qo‘zg‘alur, Suhbat ahli qilsa hamki mojaro, ne bo‘lg‘usi?
Xonaqohdan ketdi Hofiz, zohido, ayb etmagil, Topgusi erkin kishi har qayda jo, ne bo‘lg‘usi?

— Jumaniyoz Jabborov tarjimalari —

* * *
Mujda keldi: endi hech qayg‘u bilan g‘am qolmagay! Avval-oxir neki mavjud bo‘lsa, ul ham qolmagay!
Xokisor o‘ldim agarchi yorning nazdida men, Qoshida ag‘yor ham shodu mukarram qolmagay!
Bu zabarjadli ravoqqa yozilibdir zar ila: Yaxshilik qolgay jahonda, o‘zga olam qolmagay!
Pardadorkim, barchani bir-bir kesar shamshir ila, Hech bir inson dahraro manguyu mahram qolmagay!
Neku bad naqshin ko‘rib, shukru shikoyat ne kerak? Xatti borliqda raqamlar ham mujassam qolmagay!
Majlisi Jamshid aro shunday qo‘shiqdir — mazmuni: Boda tutgil, jom uzatgil, bir kuni Jam qolmagay!
Ey tavongar, sen bu darveshning dilini shod qil, Bu xazina ichra zar, s ganju dirham qolmagay!
Sen g‘animat anglagil parvonaning vaslini, sham’, Bil, quyosh chiqqach, bu nozik dilrabo ham qolmagay!