* * *
Ey shom, ko‘yimiz sari guzar qil!
Ey tong, qolimizga bir nazar qil!
Tun zulmatida ezildi jismim,
Yo Rab, qora tunlarni sahar qil!
Ey tong yeli, ul sanamga aytgiclass="underline"
Qurbonlaring sari guzar qil!
Hajring g‘amida agarchi o‘ldim,
Ey yor, meni o‘qingga sipar qil!
Qoshini kamonidan xazir bo‘l,
Noz-ishvasi o‘qidan xazar qil!
Maqsadga yetolmasang, ayo dil,
Jim bo‘l-u, so‘zingni muxtasar qil!
Yor vaslini, Hofiz, istar ersang,
Jon ber yo‘lida-yu, tarki sar qil!
* * *
Yor ishqi menga nihrli hayrat,
Yor vasli menga kamoli hayrat.
Vasli mayiga cho‘mish bas, oxir —
Ko‘rsatgusi yuz jamoli hayrat.
Bas, qolg‘usi na visol, na vosil,
Har qaydaki bor xayoli hayrat.
Tutmish yeru ko‘kni bir ovoza,
Eshitdim esa: savoli hayrat.
Tan berdi ulug‘ligiga butkul,
Kim angladi ne jaloli hayrat!
Hofizni vujudi boshdan-oxir
Ishq ichra emish niholi hayrat.
* * *
Dardim meni dildordan-u, darmon ham,
Dil bo‘ldi o‘shal yorga fido-yu, jon ham.
Husn ichra topilmas tengi yorni, ammo,
Ul ishqu muhabbatda shahi davron ham.
Qonimga emish tashna u — tutsin yodda:
Sindirdi-yu ahdini, unut paymon ham.
Men-ku yashirur erdim azal ishqimni,
Afsona emish el ichida, doston ham.
Bas, davlati vasli-ku muyassar bo‘ldi,
Albatta o‘tar ayrilig‘u hijron ham.
Yor husnining bir jilvasi ikki olam,
Undan yana ne paydo bo‘lar, pinhon ham.
Dunyo ishiga yo‘qdir ishonchim aslo,
Yurmaydi ra’yingga charxi gardon ham.
Oshiq cho‘chimas hech kishidan — may keltir,
Hech qozini qahri-yu, hukmi sulton ham!
Ul muhtasib yaxshi bilar: Hofiz — oshiq,
Shu mulki Osaf, davlati Sulaymon ham!
* * *
Eyki, doim o‘zingga mag‘rursan,
Bo‘lmasa aqling seni, mazursan.
Senki ishq ah.liga tekkizma tiling,
Aqlu oqillik ila mashhursan.
Ishq mayining mastligi yo‘q boshingda,
Chuiki uzum suvi-la ma’mursan.
Rangi somon, ohi misoli otash,
Oshiq elining nishonin so‘rsang.
Baxridan o‘t nomusu orning, Hofiz,
Ista may jominikim, maxmursan.
* * *
Musulmonlar, menga vaqti dil erdi,
Dedim yorimga har ne mushkil erdi.
Biroq hamdardu sri maslahatgo‘y
Azal suyanchi har ahli dil erdi.
G‘amidan may kabi girdobga tushdim,
Iloj yolg‘iz umidi sohil erdi.
Meningdek yor ko‘yida yitdi ko‘plar,
Etakdan tutguchi ne manzil erdi?
Bu telba bandaga rahmatlar ayting,
U bir vaqt korvoni komil erdi.
Menga so‘z darsini o‘rgatdi to ishq,
So‘zim katta-kichikka ma’qul erdi.
Talab yo‘lida durlar to‘kdi ko‘zim,
Biroq yor vaslidan behosil erdi.
Yetar, aytmaki, Hofiz nuktadondir,
Axir, ko‘rdik-ku biz: ko‘p g‘ofil erdi.
* * *
Zohidi zohirparast ishq ahlidan ogoh emas,
Bas, malomat qilsa-qilsin — so‘zlari dilxoh emas.
Har ne yuzlansa sulukda lutf erur solik uchun,
Ul siroti mustaqimda hech kishi gumroh emas.
Uynar-u rux ming maqomda, biz piyoda surgamiz,
Dona sursa taxtada rindlar majoli shoh emas.
Bu munaqqash, serjilo, oliymaqom ayvon nedur?
Bu muammodan jahonda hech kishi ogoh emas.
Demagil bilmas hisobni sohibi devonimiz,
Baski, iqroring nishoni hasbatanlilloh emas.
Xohlaganlar kelsin-u, xohlaganini so‘zlasin,
Ushbu kibr etguchi, hojib tutguchi dargoh emas.
Bosh urish mayxonaga oshiqi sodiqlar ishi,
Xudfurushlar mayfurushlarga sira hamroh emas!
Kelsa har ne ko‘rgulik — boisi bizning qilg‘ilik,
Bo‘lmasa, lutfu karaming kimsaga ko‘toh emas.
Men xarobot piriga qulmai — mudom lutf ko‘rguzar,
Chunki lutfi shayxu zohid qavmining har goh emas.
Himmati Hofizni yuksak: istamas mavqe-maqom,
Ko‘hna may oshig‘i orzumandi molu joh emas.
* * *
Zohidi xilvatnishin keldi kecha mayxonaga,
Tavbasin sindirdi-yu, cho‘zdi qo‘lin paymonaga.
Davra so‘fiysi kecha jomlarni sindirgan edi,
Qatra may ichdi-yu, aylandi yana farzonaga.
Yoshi o‘tgan borki, g‘aflat bahriga cho‘mgan edi,
Keksalikda do‘ndi qayta oshiqi devonaga.
Dinu dil ovlab yurar erdi tunu kun mug‘bacha,
Yor yo‘lida aylanibdi hammadan begonaga.
Gul yuzining otashi kuydirdi bulbul xirmanin,
Sham’ni kulgan chehrasi ofat erur parvonaga.
Kecha-kunduz yig‘lagandik, shukr, zoye’ ketmadi:
Qildi teng ko‘z yoshimiz har qatrasin durdonaga.
Sehru jodu oyatin o‘qiydi soqiy ko‘zlari,
Halqai avrod berar joy majlisi afsonaga.
Endi Hofiz manzili podshohlar dargohidir,
Ketdi dil dildor bilan, bog‘landi jon jononaga.
SOQIYNOMA
Fitnasin boshlagay bu kun ro‘zgor,
Menu mayxo‘rligu yor — ko‘zi ayyor.
Kel, soqiy, may keltir, tuzalsin ahvol,
Yetishsin farog‘at, yetishsin kamol.
Boda tut — yiqildim vayron o‘lib dil,
Bu har ikkisidan olmadim hosil.
Kel, soqiy, keltirgil sharob to‘la jom,
Kayxusrav, Jamshidga yuboray payg‘om.
Nay ila aytayin, eshitsin ulus
Qay biri Jamshidu qay biri Kovus.
Fotihlik kimyosin keltir, ey soqiy,
Qorun ganji Nuhdek topsin umr boqiy.
Qadah tut — umringga umr qo‘shilsin!
Orzuying eshigi shunda ochilsin!