Выбрать главу
Zavqin tugatolmagay Atorud O‘tkir qalamini sharhi birlan.
Go‘dakman-u, ishq g‘amida keksa, Keksaman-u, ishq g‘amida yoshman.
Boshimni tutib misoli Sa’diy, Sabr aylayin, o‘ltiray berib tan.
G‘am bandiga soldi bu zamona, Tashlab meii ko‘p uzoqqa sendan.
Eng yaxshisi shulki, sabr etarman, Maqsadga shu yo‘l bilan yetarman.
Ey nozli nigoru sho‘x dildor, Oydek yuzing och — boqar ko‘zim zor.
Boshlab yana umr avvalidan, Tavbam ushatay tamoman, e yor!
Ko‘zim yo‘lagidan elga, ey do‘st, Sirrim el ichida bo‘ldi oshkor.
Ishq ichraki, hajr boshlanibdir, Qay xilda bu jonga tinchimoq bor?
Umrini butun sovurdi yelga, Har kimki, g‘aminggadur giriftor.
G‘am ko‘rasi ichra ishq o‘tida, Ey dil, kuy-u, ud kabi degiclass="underline" yor!
Bosgan izidan o‘pishga yorni Qo‘ymaydi zamona birla ag‘er.
Eng yaxshisi shulki, sabr etarman, Maqsadga shu yo‘l bilai yetarman.
Ey qomati sarvu, e gulandom, Xijlatda yuzingdan oy har oqshom.
Kelgil yana, o‘t yequvchi hajring Ko‘nglimdan olibdi sabru orom.
Dil qushdek ilindi u tuzoqqa, Xol — donayu kokiling bo‘lib dom.
Ko‘p kezdim-u, yetmadim murodga, Hajring bila ham olurman orom.
G‘am birla firoqu men, bu ahvol Qayga yetadur topib saranjom?
Hajring g‘amidir mudom nasibam, Yo yo‘qmi alamdan o‘zga ayyom?
Hofiz, shu erur jah,onda maqsud: Yor suhbati bo‘lsa-yu, mayu jom!
Hozirdaki blmagay muyassar Dil maqsadi sendan, ey dilorom!
Eng yaxshisi shulki, sabr etarman, Maqsadga shu yo‘l bilan yetarman.
Jon rohati — sevgili nigorim, Orzuli dilim umidi — yorim.
Shodman g‘aming ila, chunki har vaqt Utlug‘ alaming mening madorim.
Ketding-u, unutdim o‘zni, ey do‘st, Ma’lum emas yo‘q ila borim.
Jonimda visoling orzusi, Hajringda o‘tar bu umri zorim.
Utdi bu kecha, nigor, sensiz, Ko‘z sshim oqib, tugab madorim.
To tutmaguncha ajal yoqamdan Ilgim etagingda — shul qarorim!
Sa’yim bila xasta dil murodi Hech bo‘lmadi hosil, ey nigorim!
Eng yaxshisi shulki, sabr etarman, Maqsadga shu yo‘l bilan yetarman.
Ey, dilga g‘amingni zaxmi marham, Ishqing yuragimga yoru hamdam.
Jon bo‘ynida kokiling tanobi, Ko‘nglim uzugi labingni bilsam.
Qoshing tig‘idir jonimga jallod, Dil hokimi bo‘ldi ko‘zlaring ham.
Ko‘ngilda nigor-u, men o‘t ichra, Yor ishqi ko‘ngilda — boshqa ne g‘am!
Maqsadga yetolmay, endi derman: Boshimni olay uzoqqa shul dam.
Hofiz, na bo‘lardi bahra olsang Dil olamidanki — fayzli olam!
Dilbarni visoli mulki dilga Osongina bo‘lmagach musallam.
Eng yaxshisi shulki, sabr etarman, Maqsadga shu yo‘l bilan yetarman.

Chustiy tarjimasi

QIT’ALAR

Shoh, vazirlar va’dasiga berma ko‘ngil, ey jigar, Kim bilur — qay yo‘l bilan bo‘lgay kushod ish oxiri? Bor — tavakkal qiclass="underline" qalamdan to‘kilur har bir zamon Yangi naqshu yangi rang, ammo qayon oning siri?!
* * *
Mening she’rim gulqand erur, Novvot emas, shahdu asal. Kimning og‘zi novvotdan sho‘r, Ayb etma, kim qanddan o‘sal.
G‘avg‘o tushar boshiga, kim Zulol suvdan bo‘lsa kasal. Kim onadan tug‘mish basir, Ko‘nglin ololgay qay go‘zal?
* * *
Bulbul aylar nola-yu, gul xanda qilgay har zamon, Ne uchun dil kuymasin dildori otash tashlagach? Chakmani jun zohidu shayxdan yetar noxushlik, Men g‘ulomi mutrib o‘ldim savti beg‘ash tashlagach. Zohido, qilma hazar mujgoni tiyridan hecham, Zaxmi pinhondir oni qoshi kamonkash tashlagach.
* * *
Yaxshi-yomonni sen o‘zingdan so‘ra, Muhtasib, boshqadan so‘ramak nechun? Yomondan uzoqlash, yaxshiga yondash, Behuda o‘tmasin umring tunu kun. Bilasan, rizqimiz beruvchi — Xudo, Sen tama’ ketidan bo‘lma ko‘p dilxun.
* * *
Mardumozordan it ham etar or, Itdan pastroqda — kim mardumozor! Haqiqat bu so‘z ichra muhayyo, Dilga jo bo‘lsin undagi ma’no.
Odam-ku sen bilan bir dasturxonda, It esa ko‘chada — sovuq, bo‘ronda. Ming xayf, shul odamdan chiqadi dushman, Ammo doim vafo ko‘rasan itdan!
* * *
To‘rt xil joyda — to‘rt gavharman, — Dedi jomga la’lin sharob. — Zumurradman tok ichinda, Shisha ichra aqiq, noyob. Xum ichinda Zuhro ersam, Jom ichinda — yorqin oftob… Ey pokiza, oliy zoting bo‘lsa hirsu adovatdan, Ey toza dil, baxt asosing bo‘lsa yolg‘onu firib, Ulug‘ nasab senga qanday ravo bo‘lsin, bu tab’ni Devga tortiq etgan bo‘lsa, hatto paridan olib.
* * *
Madrasalar saroyi, toqu ravoq, ilmu bahs, Dili dono bo‘lmasa, foyda keltira olmas. Fazilatning manbai bo‘lsa ham qozixona, Ko‘zi bino bo‘lmasa, foyda keltira olmas.
Ey odam, falakdan erkinlik, shodlik, Xurramlik, aysh-ishrat istasang agar, Molu hashamatu mansab fikrin qo‘y, Boridan kech — faqat talab et sog‘ar!
* * *
Jahon moli ketidan yugurgandim bir zamon Oxiri tushundimki, foydasidan ko‘p zarar. Falak menga ne bersa, o‘lponini undirdi, Faryod qilganim bilan yoshlik o‘tdi sarosar. Umr o‘tib ketmoqda — molu mulk to‘xtatolmas, Umr anduhi bul kun barcha alamdan battar.