Выбрать главу
* * *
Endi bir nafas umrim ikki jahon moliga — Alishmayman, qo‘sh jahon nazarimda muxtasar. Vayrona dilim ichra hunarimdir xazinam, Dilim daryo bo‘lsa gar — ostu ust to‘liq gavhar. Bundan keyin boshingga ne ish tutsa ham, Hofiz, G‘am yemayin shod yasha — jahon o‘tkinchi, o‘tar!

Shoislom Shomuhamedov tarjimalari

RUBOIYLAR

1

Jonon bu kechani men bilan o‘tkazdi, Bu baxtni menga Xudo o‘zi yetkazdi. O‘lim g‘ami yo‘q endi menga, chunki sanam Jonbaxsh labidan obi hayot tutqazdi.

2

Ul sham’i Chigil dardini aytib bo‘lmas, Kuygan bu ko‘ngil dardini aytib bo‘lmas. Andin yuragimda g‘amki, yo‘q mahrami roz, Har kimsaga dil dardini aytib bo‘lmas!

3

Bir lahza labingni olmagil jom labidan, To topsa jahon komini dil jom labidan. Omuxta jahon jomida achchig‘u shirin, Bul yor labidan yetga-yu, ul jom labidan.

4

Dushmanning jafosidan mudom qoch, ey do‘st! Yaxpsh kishilarga quchog‘ing och, ey do‘st! Odam sanama, qo‘lingni yuv nokasdan, Mehring xunar ahli boshidan soch, ey do‘st!

5

Bir mohki, qadi sarvga mengzar, oyo, Ko‘zgu qo‘lida — o‘ziga bergay oro. Der menga kulib ro‘molcha peshkash etsam: «Vaslim tiladingmi? Xom xayoling, ammo!»

6

Men bandasi ul kimsanikim, shavqi baland! Gar bo‘ynida tavqi[1] ishq, abas, mavqe baland! Oshiqlshu ishq kayfini sen ne bilasan, Bul bodani ul kimsa ichar — zavqi baland!

7

Turk chehrali ul farishta jon qasdi edi, Ko‘zdan yashirin hur kabi bo‘y-basti edi, Tor bo‘lmasa muncha og‘zing — yuqdek-ku, desam, Kuymang-da qilib tama’i xom asti, dedi.

8

Ey baxt, faqirga qani bir yor bo‘lsang, Majruhi zamon — dilga madadkor bo‘lsang. Yoshlik-ku chiqib ketdi jilovdek qo‘ldan, Keksalik uzangi kabi poydor bo‘lsang…

9

Dam urdi vafodan kim — u dupgman bo‘ldi, Pok kimsa uchun fosiqlik fan bo‘ldi. Tunni dedilar homilador, hayronman: Er ko‘rmay u ikkiqat kimdan bo‘ldi?!

10

Yor zulfi panohida suman topdi rivoj, Yoqut labidan durri Adan topdi rivoj. Dillarga rivoj bersa labidek koshki, Dunyo-da uning ishqi bilan topdi rivoj!

11

Sho‘xlikdami, bizning o‘sha dilbar toqdir, Bechora dilim visoliga mushtoqdir. O‘ymoq kabi — og‘zi, yuzi — lola, tani — siym, Shirinso‘zu boz latifu siyminsoqdir[2].

12

Do‘st birla o‘tir hamda mayu jom ista, Shod etsin o‘pich berib gulandom, ista. Xohlaydi jarohatin botishin majruh. Jarrohga kelib, darding uchun kom ista.

13

Bo‘lsa edi bir sho‘x sanamu barbatu[3] nay, Xilvat va farog‘at, yana bir shishada may, Maydan qizibon tandagi bor tomiru pay, Bir arpa umid qilmas edik, Hotami Tay!

14

Kel, qo‘lda tutib qilguchi shod bodai nob, Kel, sifla[4] raqibdan yashirin hamda shitob. Dushman so‘ziga kirma sira, ketma, o‘tir, Kel, tingla bu nuktani-yu, no‘sh ayla sharob!

15

Bog‘ ichra bo‘lib bodi sabo doyai gul, Mashshota[5] misoli yasatib poyai gul, Gar soya aro topsa omonlik oftob, Bas, ista quyosh yuzlini-yu, soyai gul.

16

Ul jomki, safo gulshani — tut ilkimga, Yor timsoli sog‘ar — ani tut ilkimga. Zanjir kabi ul may o‘ralar o‘z-o‘ziga, Devonasi bo‘ldim, qani, tut ilkimga!

17

Hargiz meni yod aylamading, sham’i Chigil, Mushkul esa-da bu men uchun — ko‘ndi ko‘ngil. Dardeki, g‘amingdan yuragimda qat-qat, Dil bilga-yu men bilgum, men bilgum-u dil.

18

Sen — to‘lgan oy-u, senga quyosh banda emish, To banda emish o‘shal — ravshan-da emish. Bir chehraki, oftob nur emib shu’lasidan, Oy ham ilibon yog‘du bilan sha’n-da emish.

19

Ul fasli yigitlikda sharob ko‘p sozdir, Gul yuzlar ila bodai nob ko‘p sozdir. Olam-ku xarob rabot erur boshdan-oyoq, Bo‘lmoq bu xarob yerda xarob ko‘p sozdir.

20

Gar biz kabi sen ham asiri dom bo‘lasan, Azbaski, xarobi bodayu jom bo‘lasan. Dunyosiga o‘t qo‘yguchi oshiqlarmiz, Biz birla o‘tirma sira — badnom bo‘lasan!

21

Kim ko‘rdi u yordan vafo — men ko‘raman? Kim ko‘rdi jafodan safo — men ko‘raman? Umrimsan-u, ammo bevafosan, ne kilay, Kim ko‘rdi umrdan vafo — men ko‘raman?
вернуться

1

Tavq — bo‘iinboq bo‘iinga osiladigan ziynat; halqa.

вернуться

2

Siyminsoq — bu yerda: go‘zal, zebo ma’nosida.

вернуться

3

Barbat — sakkiz torli qadimiy musiqa asbobi.

вернуться

4

Sifla — pastkash, nokas.

вернуться

5

Mashshota — pardozchi.