Выбрать главу

22

Zulfingning uchi kabi mening qaddim xam, Oshufta dilim labingni istar har dam. Pista kabi tang labing — dilimning rizqi, Holimning tangligi ayon shundan ham.

23

Sendan meni bu falak ayirgandan buyon, Kim ko‘rdi labimda bir tabassumni, qachon? Har qanchaki hijron g‘ami bor ko‘nglimda — Bir men bilaman hamda Xudovandi jahon!

24

Hajring o‘gida sham’ kabi afzun yig‘lay, Jomdek to‘kayin-u ashki gulgun, yig‘lay, May jomiga o‘xshayman-u, diltanglikdan Chang nolasini tinglar ekan, xun yig‘lay…

25

To tonggacha yummadim g‘aming ichra ko‘zim, To tonggacha yosh to‘kdim — ko‘p dilda so‘zim. Dardingni birovga sira aytib bo‘lmas, To tonggacha gaplashdim o‘zim birla o‘zim.

26

Bu so‘zi shirinlar ahdiga yo‘q poyon, Oriflar ular yo‘lida bergaylar jon. Ma’shuqa hamisha ixtiyoringda bo‘lar, Ishqbozlar aro bo‘lmasa noming doston.

27

Hijron kuni bu — do‘stlarni yod aylagali, Aysh vaqti emas ko‘ngilni shod aylagali. May jomi qoshimda bo‘lsa-da hushyorman, Bir do‘stim yuq, chunki nashot[6] aylagali.

28

Ishqing g‘amidan qon to‘la dil kishvarida, Husning sening aql idrokidan tashqarida. Zulfing ko‘yida zoru g‘aribdir bu dilim, Oh, holi uning ne bu tun sendan narida?..

29

Ey, timqora zulfing quyoshga soya, Go‘yoki niqob kulohing[7] yangi oya. Shom bo‘lsa yalovbardor mushkin xatishta, Tong chokar[8] sen kabi qamarsiymoya.

30

Jon zulfini halqasi aro istar joy, Zeroki, balo bandini ochgay ul oy. Yor qoshi uchun jonimni peshkash[9] qildim, Ko‘rsatsa yuzin zora o‘shal qoshi yoy.

31

Gul so‘ylar edi: «Oyoq-qo‘lim bo‘lsaydi, Qochib qutular edim — yulim bo‘lsaidi. Aybim yug‘-u, shuncha kuydim, oh, yaxshi edi — Aybim boridan ko‘ra o‘lim bo‘lsaydi…».

32

Sozdir necha dilni may bilan shod etsak, O‘tgan bilan ketganni-da kam yod etsak Ham bir yo‘la zindoniy omonat jonni Bir lahza aql ilkidan ozod etsak…

33

Bul kecha g‘amingdan qon aro yotgumdir, Ranj bistarida hijron aro yotgumdir. Gar shubha etarsan, o‘z xayolingni yubor, Ko‘rsin o‘sha ne afgon aro yotgumdir…

34

Gul g‘unchasi to bodaga hamroz[10] bo‘lgay, May maylida nargis qadahsoz bo‘lgay. Forig‘ dili ul kimsanikim misli hubob[11] Mayxonaga yo‘l tutib, sarafroz bo‘lgay!

35

Na davlati dunyoni(ng) sitamga arzir, Na lazzati mastlikni(ng) alamga arzir, Na shodligi dunyoni necha ming yillik Ul bir necha kun mehnatu g‘amga arzir.

36

Ulfatlar aro qay kuni dil qildi xitob: Gul mavsumida tark etayin bodai nob. Bulbul chaman ichra qichqirib berdi javob: G‘ofil, bu nima — fasli gulu tarki sharob?!

37

Men haqdagi fikringni, sabo, so‘zla nihon, Oz bo‘lsa-da ishq izhoriga mingta zabon, Ohista so‘z och so‘z orasinda, toki Sevgimni malol olmasin ul qoshi kamon.

38

Harchand firoq sendan uzoqqa solsin, Sabrimni yuzing hajri dilimdan olsin, Bir bor nazarim tushsa bo‘lak yuzga agar, Husning tuzi haqqi, qo‘zlarim ko‘r bo‘lsin!

39

Ich bodanikim, mangu hayot shu asli! Besh kun bu tiriklikda najot shu asli! Gul mavsumiyu do‘stu yaqinlar sarmast, Shod bo‘l, bu jahonda chin nashot shu asli!

40

O‘ldim bo‘sa birla quchog‘ing orzusida, Uldim o‘sha jonbaxsh dudog‘ing orzusida. Cho‘zib netaman qissani, bas, qisqa qilay: O‘ldim, ya’ni boshdan-oyog‘ing orzusida!

41

Chehrangki, latofat ichra oyinai ruh, Tonglarda xayoling qadami bersa shukuh. Tortishga ko‘zimga qo‘rqaman kiprikdan: Bo‘lmasmi xayolingning oyog‘i majruh?

42

Mazmuni bo‘lay, deding, xayol-o‘yingning, Sabr ayla-yu, ko‘nglingni mudom tutgil keng. Oh, sabr qani-yu, dil nima? Aslida dil — Qondir o‘zi bir qatra-yu, andishasi ming.

43

Ko‘zingdan makru afsun yog‘iladi, Vaj izlab jangga qahru kin yog‘iladi. Ko‘ngling yana qoldi hamnafaslardan tez, Berahm dilingdan tosh tayin yog‘iladi.

44

G‘am ichra misoli boda qaynab netasan? G‘am lashkariga qarshi nechuk jang etasan? Sabza kabi labdan bodani tutma uzoq, Sabza bo‘yida may ich — behinpta yetasan!

45

Qar kun dilim og‘riydi bo‘lak qayg‘u bilan, Har kun uradi ko‘zga firoq o‘zga tikan. Men jahd etaman vale qazo qaytargay: «Ish boshqa sen o‘ylagandan unda umuman!»
вернуться

6

Nashot — shodlik, xursandchilik.

вернуться

7

Kuloh — bosh kiyim; toj.

вернуться

8

Chokar — xizmatkor.

вернуться

9

Peshkash — tortiq, tuhfa, sovg‘a.

вернуться

10

Hamroz — sirdosh, yaqin do‘st, ulfat.

вернуться

11

Hubob — qo‘pik.