Выбрать главу
Shu boda davrida ber jonga rohat, ey soqiy,
Falakni jorli davri yurakka soldi tugun.
O‘shal zamonki, ketibdur yonimdan ul yorim, Ko‘zimni tegrasida bo‘ldi yoshlarim Jayxun.
Nechuk bu g‘amli yurak shod o‘lub, quvong‘aykim, Io‘q ixtiyor o‘zida, zarra yuq qaroru sukun.
Esin yo‘qotganidan yor etar talab Hofiz, Chunonchi, istadi yo‘qsil xazinai Qorun.
* * *
Dil — saroyi muhabbatidur uning, Kuz — yoritg‘uchi tal’atidur uning.
Ikki dunyoga boshni egmasdan Gardanim uzra minnatidur uning.
Senu to‘bi-yu, men — qaddig‘a asir, Kim na fikr etsa, himmatidur uning.
O‘tti Majnun zamoni — gal bizga, O‘tkazar, kimki navbatidur uning.
Men netay xilvati aroki, sabo Pardador o‘ldi — hurmatidur uning.
Ishqning mulki-yu, quvonch ganji Menda bor, bu — inoyatidur uning.
Yo‘q zarar dil bilan men o‘lsak ham, Qasdimiz tan salomatidur uning.
Bo‘lmagay hech xayoli ko‘zdan uzoq, Chunki bu burchak xilvatidur uning.
Bersa oro chamanga har yangi gul, Bori ta’sir suhbatidur uning.
O‘zi yo‘qsil ko‘rinsa ham Hofiz, Ko‘ksi ganji muhabbatidur uning.
* * *
Zohido, aylama rindlarga gunohkorcha xitob, Boshqalarning gunohi-chun seni qilmaydi itob.
Yaxshiman, xoh yomonman — o‘z ishingni o‘ngla, Hosil ekannikidir, sen bu uchun olma hisob.
Mastu hushyor — hama odamga talabdur dildor, Farqi yo‘q — sevgi uyi masjidu ham dayri xarob.
May uyining eshigi tuprog‘iga bosh tutdim, Kimki so‘z uqmasa, xisht-la boshiga ursa savob.
Meni qo‘rqitma azal yozmishin aylab takror, Ma’lum ermas senga kim yaxshi erur, kim nobob.
Zuhdu taqvodan uzoq bo‘lg‘uchi yolg‘iz men emas,
Balki jannatdan otam chetlatgali qildi shitob.
Toating maqtama, ey so‘fiyki, taqdir qalami Na bilursan, nima deb noming atab yozdi kitob?
Yaratilmoqda bu bo‘lsang — juda toza asling, Bu esa senda tabiat juda ham olijanob.
Bo‘lsa jannat bog‘i ham qancha yoqimli, lekin, Biclass="underline" g‘animat senga tol soyasi ham jomi sharob.
Hofizo, olsang o‘lim chog‘ida qo‘lg‘a bir jom,
Borasan to‘g‘ri bihisht bog‘iga — ko‘p chekma azob.
* * *
Sharobu aysh nadur yoshrin aylamak bunyod, Qo‘shildik rind safiga — endi foydasiz faryod.
Yurak tugunlarini yech, falakni o‘ylama hech, Yecholmadi bu tugunni biror yetuk ustod.
Qadahni tutgil adab shartlarin rioya qilib, Bu kosa tarkibi Jamshidu Bahrom ila Qubod.
Qayonga Jamshidu Kay ketdilar — birov bilmas, Kim anglagay — ne uchun bo‘ldi taxti Jam barbod?
Ko‘zimning oldidakim: Shirin ishqu hasratidan Yetardi lolazor ichra vatan tutib Farhod.
Magarki lola jahon bevafoligin bildi Kelib-ketib, qo‘lidan shisha bo‘lmadi ozod.
Uzoqqa ketgali menga ijozat bermaslar, Ko‘ngilda zavqi Musalloyu nahri Ruknobod.
Dafu chang ovozi ostida sof bodani ich, Sevinch inaklaridan qildi pardasin ijod.
Yetishdi ishqi g‘amida ne yetsa Hofizga, Zamonaning ko‘zi oshiqqa solmasin bedod.
* * *
Yuzlaring aksi tushib boda to‘la jom ichra, Kuldi may, so‘fiyni qo‘ydi tama’i xom ichra.
Topdi may shu’lasidan xonish ila nag‘ma rivoj Tushdi bir nurki soqiy yuzidan jom ichra.
G‘ayrati ishq kesar xos kishilarning tilini, Yo‘qsa kim fosh etadur sirni elu om ichra.
Bag‘ri yongan men-u, dilbar qarashi boshqa menga Bu gadoga nima loyiq ko‘rur in’om ichra.
To‘g‘ri ko‘rguchi yetar poklik ila maqsadga, Egri ko‘rguchi tushibdur tama’i xom ichra.
Uynab-o‘ynab, uni g‘am tig‘ini kutmak lozim, Kim uning-chun bo‘ladur yaxshi saranjom ichra.
Osilib zulfingga ul chohi zanaxdon chiqdi, Ohki, choxdan qutulib, tushdi yana dom ichra.
Meni ko‘rsang kerak, ey so‘fiy, ibodat uyida, Fikrimiz soqiy yuziyu ko‘zimiz jom ichra.
Men xarobot sari ketmasdim ibodat uyidan, Soldi taqdir meni bu qolga elu om ichra.
Na qilur yurmasa gardish chetida pargordek, Tushsa har kimsaki bu gardishi ayyom ichra.
So‘fiylar barchasi bir fikrdadirlar, lekin,
Qoldi bu o‘rtada Hofiz nomi badnom ichra.
* * *
Dilbar ketib, asirlariga qilmadi xabar, Yo‘ldoshu tenglarin unutib, aylamish safar.
Baxtim unutdi yoki muhabbat yo‘sinlari, Yo tashlamas nigor xaqiqat sori nazar.
Men sham’dek turib tiladim: jon fido qilay, Men sori tong shamoli kabi esmas u magar.
Qilsam fig‘on — bo‘lurmi dili mehribon? — dedim, Yomg‘ir u tosh yurakka qilurmi ekan asar?
Har kim yuzingni ko‘rsa, uni bo‘sa etdi ko‘z, Ushbu bahona birla ko‘zim bo‘ldi bahravar.
Hayronman — ulfat o‘ldi nechun u raqib bilan, Bir joyda saqlamas-ku kishi munchog‘u gavxar.
Hofiz, tili kesik qalaming anjuman aro
Aytmas siringni kimsaga, bosh ketsa ham agar.
* * *
Har nafas xajr alamidan chekaman yuz faryod, Senga yel nolami yetkurmasa, g‘am menga ziyod
Ne qilay aylamayin nolayu faryodu fig‘on, Bo‘lmasin hech kishining va’zi meningdek barbod.
Tunu kun qon yutaman — boshqa ilojim yo‘qdir, Oy jamolingdan uzoq mumkin emas bo‘lmoq shod.
Sen qachon bo‘lding uzoq men kabi dilso‘xtadan, Qon bulog‘ini ko‘zim qildi ko‘zimda bunyod.
Kiprigim reshasidan qon tomadur yuz qatra, Ayriliqiing g‘amidan cheksa dil ohu faryod.