Выбрать главу
May ichki, shayxu Hofizu muftiyu muxtayeib Aldarlar, anglasang, ko‘rinur makrlari ayon.
* * *
Dilim olg‘ach, yuzini qildi pinhon, O‘yin qilmas bu xil do‘stga qadrdon.
Meni yolg‘iz topib, qasd ztdi jonga, Xasli qildi menga katta ehson.
Boshim bo‘ldi og‘ir nargislaridan, Nega dil bo‘lmasin lola kabi qon?
Sabo, gar chora bo‘lsa, vaqti — ko‘rsat, Bu mushtoqlikni tortib, bitdi darmon.
Meni bir sham’dek kuydirdi, menga — Surohiy yig‘lab, etdi cholg‘u afg‘on.
Demak mumkin emas hech mehribonga Bu xil so‘zlar, bu xil ish qildi jonon.
Qilolmas bunday ish Hofizga dushman: Qachon yo(y) qoshlar otsa tiri mujgon.
* * *
Ul kimki, ehson yo‘lidan menga vafodorlik qilur, Mendek yomonlik o‘rniga, bir lahza g‘amxorlik qilur.
Soz aylab avval nag‘mani, dilbar so‘zin menga degay, Ul dam sunib bir kosa may, menga xaridorlik qilur.
Dilbarki, jonim yoqdi u, kuttglimga to‘lgan orzu, Budir umid — ul javrjo‘, shoyadki, dildorlik qilur.
Dedim: Yurakda g‘am tugun, zulfing yana aylar zabun. Dedi: Men aytdim, shul uchun ul senga tarrorlik qilur.
Ul malla to‘n kiygan dag‘al, sevgi ishidan bexabar: Ber unga mastlikdan xabar, to tarki hushyorlik qilur.
Mushkul topishlik oshno, mendek nishonsiz bir gado, Sulton qachon ko‘rib ravo, rindlar-la mayxorlik qilur.
Mayli, necha ko‘rsam sitam, ul jingalak sochdan bu dam, Zanjir zulfidan, ne g‘am, har qancha ayyorlik qilur.
Ul ko‘zda ko‘p nayrang bor, Hofiz, hech etma ixtiyor, Tundek qaro sochli nigor har turli makkorlik qilur.
* * *
Sarvi ravonim ne uchun qilmaydi hech mayli chaman? Bo‘lmaydi hamdam ul bilan, yodiga kelmaydur suman?
Ko‘p vaqt erur daydi dilim bog‘landi-ketdi zulfiga, Ushbu uzoq sayridan u qilmaydi hech azmi vatan.
Yo qoshlarin qarshisida qancha xushomadlar qilay? Bermaydi hech so‘zga quloq, doim tag‘oful qildi fan.
Garchi binafsha zulflar to‘zdi shamol ila bu choq,
Ko‘nglim uning yodi bilan qashmaqdi hech o‘z ahdidan.
Yog‘di etaklardan gulob, hayron erurmankim, sabo O‘tgan yo‘lin tufroqlarin qilmas nega mushki Xo‘tan?
Loyiq ko‘rib soqiy agar sunsa to‘la kosa zahar, Kim may kabi ichmas uni, bo‘lmay og‘iz jonu badan?
Ruxsori orzusida dil jon birla hamdam bo‘lmadi — Tan xizmatin qilmaydi hech, jondir uning shavqi bilan.
Men zulfidan qildim gila, hiyla yo‘li-la u menga Dediki: Bu egri qora olmas so‘zimni hech qachon.
Tortg‘il qo‘ling, qilma jafo, oqmish ko‘zimning yomg‘iri — Ko‘z yoshlarim qilmay madad, bo‘lmaydi hech durri Adan.
G‘amzangga bo‘lmishdir fido, Hofiz o‘gitni tinglamay, Tig‘ ila o‘lmakka sazo har kimki so‘z uqmas ekan.
* * *
Domlalar minbar uza so‘z qilsa takror o‘zgacha, Aylagay xilvatda turli fitna bedor o‘zgacha.
Ushbu majlisning bilimdoniga bor mushkul savoclass="underline" Tavba berguchiga tavba ne uchun or, o‘zgacha?
Mildir o‘z eshshaklariga yangi boylarni bu choq, Qul xachirga faxr etib, noz aylar izhor o‘zgacha.
Xonaqohning soili, kel, o‘tparastlar dayrida Bir qadah-la dilni ayla boyu dedor o‘zgacha.
Husni bepoyoni qancha oshiqin qilsa halok, Yangi oshiqlar kelib, bo‘lgay giriftor o‘zgacha.
Dod shu gavhar bilmagan sarroflarning dastidan — Kim, eshakmunchoqni dur dsb, qildi bozor o‘zgacha.
Arshdan tong chog‘ida keldi tovush, aql unga der: Yod olur ko‘kda malak Hofizdan ashor o‘zgacha!
* * *
Go‘zal gul chog‘i yashnar tog‘u cho‘llar, Kerak bu chog‘da bo‘lsin qo‘lda sog‘ar.
Ko‘ngilni aylagil bir lahza xursand, Sadafda doimo bo‘lmaydi gavhar.
G‘animat bil — guliston ichra may ich, Ikkinchi hafta gulning holi digar.
Qiziq sevgi yulikim, ushbu yulga Bosh urganlarda bosh qolmaye muqarrar.
Menga hamdars esang — yiqqil varaqni, Bu ishq ilmini bildirmas u daftar.
Ushanday yorga dil bog‘lagilkim, Jamoli bo‘lmasin muhtoji zevar.
Kel, ey shayx, boda ich g‘amxonamizda, Uyalsin ushbu maydan havzi Kavsar.
Qizil may birla oltin jomni to‘ldir, Bag‘ishla kimki ehsoningni istar.
Xudo haqqi, kumush tanli butim bor, Bu xil but ko‘rmagandir balki Ozar.
Desa Hofizni she’rin kimki yanglish, Yetishmas aqli: nedir toza gavhar?
* * *
Bu kecha maykadada bazmu aysh farovon edi: Xurushda soqiyu kunduz kabi charog‘on edi.
Emasdur ishq so‘zi ovozu harfga hech muhtoj, Xuro‘shga solg‘uchi nay, daflar etgan afg‘on edi.
Bu telbalar yig‘inida na o‘tsa bahsu javob, U madrasa haqida qilu qolu doston edi.
Ko‘ngil quvonchda edi soqiynipg karashmasidan,
Bu baxt qaytmog‘i bir oz ko‘ngilga armon edi.
Aniqladim: u ikki mast jodu ko‘zlarni Sehrchi somiriyning mingi banda farmon edi.
Dedimki: Menga labingdan havola qil bo‘sa, Kulib dediki: Qachon bizda buncha bo‘lg‘on edi?
Aniqki, baxtu saodat menga yuz ochdi kecha — Oy ila yer yuzi bir-bir bilan gilaxon edi.
Ul oy labi edi Hofizni dardiga darmon, Karam chog‘ida biroq do‘stiga kamehson edi.
* * *
Men nomoz ichra shu qayrilma qoshing etdim yod, Bo‘ldi bir holate — mexrob ham etdi faryod.
Endi, dil, shodligu sabrni mendan kutma, Sabru oromki, ko‘rgan eding — o‘ldi barbod.
Boda — xo‘b, toza chaman, qushlari bo‘lmishlar mast, Ishq eli davri kelib, bo‘ldi hama ish bunyod.