Yaxshilik islari kelmoqda jahonda menga ham:
Gul quvontirdi meni, bodi sabo ayladi shod.
Ey sevinchlar kelini, qilma zamondan hasrat,
Pardalar tut, bezat uyniki, kelibdur domod.
Dilni band etgan o‘simlik bori ziynatlanmish,
Yorimiz husni erur aslida ham shuncha ziyod.
Uzining yuklari ostida qolib barcha daraxt,
Xayriyat, g‘am yukidan sarv bo‘libdir ozod.
Uqi, ey cholg‘uchi, Hofiz g‘azalin yaxshisini,
Toki avvalgi quvonchli chog‘imi aylay yod.
* * *
Qo‘l tortmagum tilakdan lutf ztmaguncha dilbar,
Yo jon ketar tanimdan, yo vasl bo‘lur muyassar!
Ulgach, ochib mazorim, boqqil o‘lik tanimga,
Bag‘rim yonib, kafandan ko‘kka chiqar tutunlar.
Ko‘rsat yuzingni, jonon, tang qolsin ahli olam,
Och labni — er-asllar qilsin fig‘on barobar.
Jon labga keldi, ko‘ngul hasratdadir labingdan,
Maqsadga vosil o‘lmay jon chiqmog‘i muqarrar.
Og‘ziigni shavqi birla qiynaldi xasta jonim,
Yo‘qsillar ul og‘izda hech yod etilmagaylar.
Yed aylasa oshiqlar yaxnsh sifatlarini,
Har yerda, har yig‘inda Hofizni nomi yangrar!
* * *
Umrim yuzingni nuri bilan doimo bahor,
Kel, kel, yuzingsiz o‘ldi xazon ushbu lolazor.
Bir zarra tashvish etmas o‘limda u kimsakim,
Topgan esa labing mayidan umriga mador.
Loyiq agar ko‘zimdan oqar sel bo‘lib yoshim,
Jonim yashin kabi g‘amu dardingda beqaror.
Beumr men tirikman — ajablanma bunga hech,
Kim ayriliqni umr debon berdi e’tibor?
Poylaydi har tarafda falokat qo‘shinlari,
O‘tmakda umr, qolmadi ilgingda ixtiyor.
Diydor agar bir-ikki nafas bo‘lsa muddati,
Bir yulni topki, umri aziz o‘tmagay bekor.
Mayxo‘rlik ila tong chog‘i uyqu qachongacha?
Uyg‘onki, umr o‘tib boradir olmayin qaror.
Sur’at bilan o‘tar edi, boqmasdi qayrilib,
Umr o‘tdi-yu, dil o‘lmadi bir zarra baxrador.
Hofiz, gapir, bu olamaro so‘z durini soch —
Dunyoda qolg‘usi qalamingdan shu yodgor.
* * *
Ey sabo, yor hididan ruhi ravonimni ketur,
Xastaman qayg‘u bilan — rohati jonimni ketur.
Tilak oltinlariga to‘ldir bu yuqeil dilni,
Ya’ni do‘st dargohidan yaxshi nishonimni ketur.
Muntazir ko‘z uiga, ko‘nglimda urush etdi davom,
Qosh ila g‘amzasidan o‘qu kamonimni ketur.
Kimsasizlik g‘ami ham hajr bilan keksaydim,
Tez menga boda to‘la jomi javonimni ketur.
Inkor etguchiga sun bir-ikki jom bu maydan,
Istamas bo‘lsa, menga ruhi ravonimni ketur,
Soqiyo, ertaga qo‘yma bu kun ayshin zinhor,
Yoki taqdir qo‘lidan xatti amonimni ketur.
Qolmadi dilda qaror ilgaridan. Hofiz der:
Ey sabo, yor hididan ruhi ravonimni ketur!
* * *
Turgil, oltin kosani may quyib, obod ayla,
To‘lajak bosh kosasi tuproq ila — yod ayla.
Oxiri manzil ekan bizga shu jimlik vodiy,
Yeru osmonga solib g‘ulg‘ula — faryod ayla!
Shu boshing hurmati, ey sarv, gar o‘lsam tuproq,
Nozni qo‘y, soya solib, tuprog‘imi shod ayla!
Dilga yetgan sening ul zulfing ilonidan alam,
Qil labing unga shifo, dardidan ozod ayla!
Ko‘z yoshim birla yuvindim, bunga der darveshlar:
Tozalan avval o‘zing, pokni keyin yod ayla!
Yo Rab, ul zohidi injiqki, ko‘rur aybni faqat,
Fahmu idrok yo‘liga uni irshod ayla.
Fikri iflosning ko‘zi tushmas ul jonon yuziga,
U go‘zal yuzni diling nok tutib yod ayla.
Guldek ul gul isidan tunni qabo qil, Hofiz,
Tunni poyandozi ul qomati shamshod ayla.
* * *
Bu jahon gulshanidan ul yuzi gul ra’no bas,
Bu chamanda u qadi sarvi ravon tanho bas.
Tilagim ahli riyo yeuhbatidan bo‘lmoq uzoq
Ham yoqimsiz kishidan menga qadah sahbo bas.
Qilmishingga yarasha bergusidir jannatni,
Biz gado — rindga mug‘ dayridagi ma’vo bas.
Bir arig‘ning labida o‘ltir-u, ko‘r umr o‘tishin,
Dunyo qanday o‘tishiga shu qadar imo bas.
Boq jahon holiga ham ko‘rgil uning ozorin,
Senga kam bo‘lsa, menga foyda-ziyon savdo bas.
Yor men birla erur — boshqa na bo‘lsin tilagim,
Davlati bazmi agar bo‘lsa ko‘nguloro bas.
Quvma, Tangri haqi, jannat sari dargohingdan,
Ostonang menga borliqdan erur a’lo bas.
Menga yolg‘iz seni vasling-u, yo‘q o‘zga havasim,
Ayladim ikki jahon moli bilan savdo bas.
Hofiz, o‘z taqdiridan ranjimak insofsizlik,
Men uchun tab’i ravon-u, g‘azali zebo bas!
* * *
Tol osti, suv labida she’r ila oldingda yor o‘lsin!
Ham ulfat dilbari shirin-u, yori gul’uzor o‘lsin!
Ayo, ey baxt ila davlat, shu davlat qadriga yetgil,
Muborak bo‘lsin ayshing, ham bu damlar poydor o‘lsin!
Kelin tab’imga nozik fikr durru gavharin taqdim,
Zamona boqsa — bo‘ynimda ilondek zulfi yor o‘lsin!
G‘animat angla suhbat tunlarin, bo‘l doimo dilxush,
Ochilmish lola, oydin tunda ishrat barqaror o‘lsin!
Nechuk maydur u soqiy ko‘zlarining kosasi ichra —
Ki, oqillarcha mast etsin, shirin unda xumor o‘lsin!
U odamlarki, bir dilbarning ishqin dilda saqlabdir,
Degiclass="underline" isriq tutatsin, ko‘zlaguchi sharmsor o‘lsin!
O‘tibdir umr, ey Hofiz, kel, etgil, azmi mayxona,
Ish o‘rgat mastlarga — yaxshi ishlarda baror o‘lsin!
* * *
O‘z baxtimizni biz sinadik bu shahar aro,
Tortib olish kerak — u yotar xavfli jar aro.
Barmoqni tishlab oh chekarman, shuning uchun
O‘tlar yoqildi gul kabi jonu jigar aro.