Ko‘z yoshi yoqutu- la’lidan xazinamdir to‘la,
Bas, quyosh fayzu zarini ne uchun darkor etay?
Qoshlaring mehrobiii baxtimdan aylarman tatab,
Unda Majnun yanglig‘ ishqing darsini takror etay.
Ushbu lablar ishva aylar erdi Hofizga mudom,
Ne uchun afsonaga bovar qilar, iqror etay?
* * *
Tong otdi, soqiy, jomni liq-liq sharob qil.
Charx aylanishnga hech bir ishonch no‘q — shitob qil.
Foniy jahon xarob o‘ladur, undan ilgari
Gulrang bodalar bila bizni xarob qil!
Xurshidi may chiqardi boshni shisha sharqidan,
Quvnoq bo‘lishni istar esang, tarki xob qil.
Ul kunki, loyimizni falak ko‘za aylagay,
Albatta. boshimiz kosasin liq sharob qil.
Biz lofu tavba parhez etuvchi kishi emas,
Toza sharobu jom ila bizga xitob qil.
Och ko‘zni, yaxshi boq: ko‘piribdir qadah yuzi.
Dunyo asosini shu ko‘pikdek hisob qil.
Gul mavsumi-yu, umr o‘tishga shoshildilar,
Gulrang mayingni sungali soqiy, shitob qil!
Hofiz, eshitki, mayga topinmoq erur savob,
Tur, vaqtni qochirma-yu, tezda savob qil.
* * *
Etdim tabibg‘a g‘amlarni chandon,
Miskin g‘aribga qilmaydi darmon.
Har dam tikonning qo‘lida bo‘ldi
Bulbulga boqmay gul yuzli jonon.
Biz dardimizni dilbarga aytdik,
Yo‘qdir tabibdan yoshrishga imkon.
Do‘stlar yuzini ko‘rsin yana do‘st,
Yo Rab, omon tut, qil lutfu ehson!
Ishq sandig‘iniig kulfi buzilmish,
Yetkuzmasin qo‘l ag‘yori nodon.
Ey yor, vasling ne’matlaridan
Bizga nasiba afsusu armon.
Bo‘lmasdi Hofiz dunyoga shaydo,
Dono so‘zini olganda har on.
* * *
Yana rindlar sari bir ayla nazar yaxshigina,
Yana mayxona tomon ayla guzar yaxshigina.
Meni xaqqimda labing shul qadar etgan ehson,
Juda ham yaxshi bir oz oshsa agar yaxshigina.
Ey jahonning chigalin yechguchi dono odam,
Fikr ber, ayla bu ishlarni basar yaxshigina.
Dedi nosihki: Nedir ishqda g‘amdan o‘zga?
Dedim: Ey mullai g‘ofil, shu hunar yaxshigina!
Gar desam senga qadah ol-u, piyola labin o‘p,
Mendan o‘zga bera olmas bu xabar yaxshigina.
Terib olgil, beradur mevaki, Hofiz qalami,
Yo‘q bu bog‘ mevasida bundan o‘tar yaxshigina.
* * *
Qorong‘umizni eshikdan kirib munavvar qil,
Shu majlis ahli dimog‘ini ham muattar qil.
Dilu jon etdim u jononni qosh-ko‘ziga fido,
Kel, ey nigor, tamoshoyi toku manzar qil.
Shu husn ila shu go‘zallikki, senda bor, kelgil,
Faqirlar ayshiga jon kirgizib, tavongar qil!
Bihisht xoziniga ayt, bu bazm tuprog‘ini
Bihisht ichra olib bor-u, udi-anbar qil.
Visol naqdin umid aylamoqqa yo‘qdir hadimiz.
Labingga izn berib, komimizni shakkar qil.
Chaman go‘zallari husningga bo‘ldilar maftun.
Sumanga noz-u, qading bandasi sanobar qil.
Bu hajr oqshomi yulduzlari yorug‘ bermas.
Chiq endi tom uza — oy sham’ini munavvar qil!
Hikoyat aylar o‘ziga bino qo‘pib soqiy,
Ishingni buzma, xayoling sharobu sog‘ar qil.
O‘pib piyola labin, mastlarga sun o‘sha dam,
Aql dimog‘ini shu lutf ila muattar qil!
Nasihat etsa, may ichmang, der ersa donishmand,
Piyola sungil-u, etgiclass="underline" tomog‘ingni tar qil!
Yuzingni shu’lasidur sezgi ko‘ziga parda,
Quyoshni chodiriga bas kelib, munavvar qil!
Nigor ishratu ishqin bajo ketir, so‘ngra
O‘zingga Hofizi Sheroz she’rin az bar qil!
* * *
Bu jandapo‘shlar ila bo‘lma hamdam,
O‘girma rindlardan yuzni har dam.
Erur bu janda to‘n g‘oyatda iflos,
Erur pok mayfurush ko‘ngli, dili ham.
Qilursan mastlik, yoshrin o‘turma —
Ichirding boda, yutdirma zahar ham.
Chidolmaysan — tanang g‘oyatda nozik,
Hazar qil — malla to‘nlar mushti bardam.
Erur bedard bu so‘fiynamolar,
May ichganlar bo‘lishein shodu xurram!
Labi maygun-u, mastona — ko‘zing och,
Sening shavqingda may qaynar damodam.
Kelib bu hiylagarlar yolg‘onin ko‘r:
Qadahning bag‘ri qon, cholg‘uda motam.
Hayiq Hofizdagi o‘tli yurakdan,
Qozondek ko‘ksi qaynar, ko‘nglida g‘am.
* * *
Xo‘blar shahi, bir boq — bu gadoyingai rizo qil,
Kuygan bosh-oyoqsizga karam ayla, vafo qil.
Bir boqmog‘ing orzusi bu yo‘qsil dilidadir,
Boq g‘amzadaga: mast ko‘zing och — ramzu imo qil.
Bahslashsa go‘zallikda jamoling-la to‘lin oy,
Ko‘rsat yuzung-u, xalqqa tanit, yuzi qaro qil.
Ey sarvi ravon, bir nafase bog‘u chamandan
Bazm ichra kelib deki: to‘ning yirt-u, qabo qil!
Parvonavu sham’u gulu bulbul yig‘ilibdur,
Yolg‘uzlama, jono, kelib ayshimni raso qil!
Dil berguchiga tokay o‘lur jabru jafolar,
Bir ayla vafo Tangri uchun, tarki jafo qil!
Tangri haqi, dushmanlaring ig‘vosin eshitma,
Hofiz kabi o‘z yo‘qsilingga lutfu ato qil!
* * *
Dilim zulfing uchida tutdi maskan,
Quyi solma, sinur, dilbarlik et fan.
Agar zulfing kabi tortsa ko‘ngul bosh,
Qo‘lingga ol, oyoqqa solma boshdan.
Agar tunda kelur bo‘lsang charog‘dek,
Ko‘zim bo‘lgay jamoling birla ravshan.
Guliston endi menga zavq bermas,
Yuzingni ko‘rsam — olam menga gulshan.
Qading sarvini vasfiga tutinsam,
Tanim bori til o‘lgay misli savsan.
Qachon qo‘ngay shakar solgan idishga,
Chibin andisha qilsa yelpig‘ichdap.