Выбрать главу
Qilolmas ishqbozlik mojarosin Jahonda kimsa Hofizdek muayyan.
* * *
Ey ko‘zlarimni nuri, eshitgil so‘zim bu dam, Ichgil to‘liq piyolani, ber so‘ngra menga ham.
Aytdimki, tajriba bila so‘zlaydi keksalar, Tingla nasihat, o‘g‘lim-u, bo‘l piri muhtaram.
Eslik kishi oyog‘iga ishq urmadi kishan, Oshiq bo‘lishni istasang, aqlingni ayla kam.
Bermaydi mastlik kayfini tasbehu malla to‘n, Bu ishda may sotuvchiga bo‘yningni ayla xam.
Jon birla molni do‘st qilur do‘stga fido, So‘z tinglaguchi yorga yuz jonni bersa kam.
Sevgi yo‘lida devlarnnig ig‘vosi ko‘p erur. Aqlingga kel, xato sariga qo‘ymagil qadam.
Sarg‘aydi bargu qolmadi shodlikni cholg‘usi. Tosh, ayla nola, doira, g‘avg‘oni ayla zam.
Bo‘lsin hamisha toza maning jom ila to‘la, Soqiy, sharob qoldig‘ini bizga qil karam.
Zarbof to‘n ichra mastlik ila tushsa gar yo‘ling, Nazr ayla bo‘sa Hofizi eski choponga ham.
* * *
Xirqamni garov qo‘ygum — bir kosa sharob avlo! Bema’ni nasihatdan menga mayi nob avlo!
Har qanchaki ko‘z tutdim — behudaga umr o‘tdi, Bas, menga faqirlik-la bir kunji xarob avlo!
Zohidni yurak sirrin xalqqa demagayman xech, Bu qissani aytmoqqa chang ila rubob avlo!
Shunday falak axvoli: bosh ham so‘nggi yo‘q, bundan — Soqiyning xayoli-la qo‘llarda sharob avlo!
Bir sen kabi dilbardan ko‘nglimni uzolmasman, Sendan bosh agar tortsam, bo‘ynimga tanob avlo!
Keksayding, ayo Hofiz, tark et mayu mayxona, Yoshlikda xdvaskorlik, rindlik, mayi nob avlo!
* * *
Sen, ey zohid, o‘z orzuying sari bor, Mening ham xuddi shunday maqsadim bor.
Qadah bo‘sh doimo lola qo‘lida, Kel, ey soqiy, ketur har narsaki bor!
Meni tort endi devona safiga,
Shu mastlik yaxshidur bo‘lguncha hushyor!
Hazar qil mendan, et, ey so‘fiy, parhez, Ki parhezdan qilibman tavba ming bor.
Kel, ey ko‘ngil, uning zulfiga bog‘lan, Xalos bo‘lmoqqa gar bo‘lsang havaskor.
Qo‘yib tur tavbani gul mavsumida, Davom etmas — o‘tar gul fasli nochor.
Chaman atrofidan yel o‘tganidek, Umrning ko‘klami o‘tmoqda, ey yor.
Kel, ey Hofiz, eshit achchiq nasihat, Nechun g‘aflatda o‘tsin umr bekor.
* * *
Bu yurt to‘la harifdir, har bir tarafda dilbar, Qo‘shgaysiz ishqqa hissa, ishlang bu haqda, do‘stlar!
Charx ko‘zi ko‘rgan ermas bundap qiziq harifnn. Hech ovchi qilmagandir bunday bir ov musaxxar.
Bog‘ ichra barcha guldan husn ila nozaninsan, Pok etaginga aslo yopishmasin tikanlar!
Kimning ko‘zi ko‘ribdur, kim jondan ishlagan tan, Gard yuqmagan taniga bir yori hur paykar.
Mendek dili yarimni quvding nega yoningdan? Bo‘lgaymi bo‘sa yoxud quchmoq menga muyassar?
Tez kel, ko‘ngil ochar may, shodlik nafas g‘animat, Kelgusi navbahordan kimda umidu bovar?!
Bo‘stonda tengu to‘shlar gul birla lola yanglig‘, Har birlari tutib jom, yor ismi tilda az bar.
Gar bu tugunni yechsam, bu sirni fosh qilsam, Ishlar chatog‘-u, dardlar ezmakda to barobar.
Hofiz tanida har tuk ul sho‘x nari qo‘lida, Mushkul turish bu yanglig‘ bir yurtda, e birodar!
* * *
Bo‘ldi yana gul birla chamanlar bihishtoso, Gulgun may ila jomni to‘lat, soqiyi zebo!
G‘am zangini dildai yo‘qotar ushbu qizil may, Qutlar edi bu so‘zni baland tab’li dono!
Man’ aylaguchi may qovog‘in tosh bila ursa, Sen xisht ila yor boshini — rahm aylama aslo!
Ongsizligimi — ilmingga boqmaydi falak hech, Chunki ko‘zi yo‘q: yaxshi-yomon unga muammo.
Hur ila bihisht naqd bo‘libdir menga, zohid, Nechun qilayin nasya hikoyat sari parvo?
Ul xoja kamol ahlidur, aylab yo‘lini pok, Oltun yo‘q esa, xisht-la yo‘lin bergumiz oro.
Tarsobachaye kechagina derdiki: Hofiz, Afsuski, butxona aro ayladi ma’vo.
* * *
Ey bod, nishoni yor erursan, Dilbar soridan chopor erursan.
Zinhor qo‘lingni cho‘zma, saqlan — Zulfin silab, aybdor erursan.
Ey gul, yuziga ne nisbating bor? U mushku tikanga yor erursan.
Rayhon, nimasan, qaro xatin ko‘r: U toza-yu, ssn g‘ubor erursan.
Nargis, qanisan, u mast ko‘zlar Kayfin surar-u, xumor erursan.
Ey sarv, u baland qad oldida sen Bog‘ ichra kame’tibor erursan.
Ey aql, uning ishqiga berilding, Bu choqda beixtiyor erursan.
Hofiz, senga vasl o‘lur muyassar Gar sabrda barqaror erursan.
* * *
Umid ila ming urindimki, yor bo‘lsang deb, Bu beqaror dilimga qaror bo‘lsang deb.
Kel endi ishq eli g‘amxonasiga — budir umid, Bu g‘amli ko‘nglima shoyad mador bo‘lsang deb.
Tilayman uyqusi yo‘q ko‘zlarim charog‘i bo‘lib, Umidli ko‘nglima hamdam nigor bo‘lsang deb.
Menga yarim kechada uyqudan murod shudir, Ko‘zim yoshi kabi ko‘kraktumor bo‘lsang deb.
Yurak aqiq labing ishvasi bilan qondur, Shikoyat aylar esam, g‘amgusor bo‘lsang deb.
Malohat iqlimi shohini qulgadur nozi, Bu ishda sendan umid — sulhkor bo‘lsang deb.
Vazifa aylading ikki labingdan uch bo‘sa, Vazifani qil ado: Ol, xumor bo‘lsang! — deb.
Go‘zallar ishq elini qo‘llagan chaman ichra, Umid ila boqaman menga yor bo‘lsang deb.
Shaharda Hofiz o‘lub, arzimasman arpaga ham, Karamlaring kutaman g‘amgusor bo‘lsang deb.