Hamma sukutda edi. Daryo sokin oqardi. Ahyon-ahyon mayda baliqchalar oynaday suv sathidan otilib chiqardi-da, tangalarini bir yarqiratib, yana sho‘ng‘ib ketardi.
— Men sizni bu qadar shuhratparast deb o‘ylamagan edim, — dedi Zauyer jimlikni buzib. — Shunchalik ekan, ilmiy martabani tashlab, Gotlibning bizga o‘xshagan odmi xizmatchilari safiga o‘tishga sizni nima majbur qildi? Akar yanglishmasam, siz miyani o‘rganish bo‘yicha anchagina ishlar qilgansiz, hatto muvaffaqiyatli tajribalar o‘tkazganingiz haqida gazetalarda bir qancha maqolalar o‘qiganman… Siz shug‘ullangan fanning nomi nima edi? Refleksologiyami?
— Bu fanning nimaligiga mening ham unchalik aqlim yetmaydi, — dedi Elza.
— Muhtaram janoblar va muhtarama xonimlar! — deb gap boshladi Shtirner xuddi oliy martabali kishilarga leksiya o‘qiyotganday. — Refleksologiya, bu — insonning va umuman, har qanday tirik mavjudotning tashqi muhit ta’siriga aks javobini o‘rganadigan, shuningdek, umuman, tirik mavjudot bilan tashqi muhit o‘rtasidagi barcha munosabatlarni o‘z ichiga olgan fandir. Tushunarlimi?
— Sirayam tushunmadim! — dedi Elza.
— Bo‘lmasa, soddaroq qilib tushuntirishga harakat qilaman. Refleks, bu — organizmning bir nuqtasida yuz bergan qo‘zgalishni markaz, ya’ni miya orqali badanning ikkinchi bir nuqtasiga yetkazilishidan iborat. Tashqaridan bo‘ladigan har qanday ta’sir sezish organlari orqali miyada refleks uyg‘otib, badanning u yoki bu organlarini harakatga keltiradi, boshqacha qilib aytganda, reaksiya qo‘zg‘aydi. Bola qo‘lini olovga cho‘zadi. Olov kuydiradi. Olovning teriga ko‘rsatgan bu ta’siri nerv orqali miyaga yetib boradi, miyadan esa darhol qo‘lga aks javob keladi: bola qo‘lini olovdan tortadi. Olov tushunchasi bolada og‘riq gushunchasi bilan boglanib ketadi. Binobarin, har gal olovni ko‘rganida bola qo‘rqib, qo‘lini tortibroq turadi. Bu hodisa ilmiy tilda shartli refleks, deb ataladi. Boshqa, murakkabroq misol keltiraman. Siz kuchukka ovqat berasiz, har gal u ovqatlanayotgan paytda tepasida sivizg‘a chalib turasiz. Ovqat vaqtida kuchukning og‘zidan so‘lakayi oqadi. Oradan biror muddat o‘tgach, sivizg‘a sadosi kuchukning ongida ta’m sezgisi bilan chambarchas bog‘lanib ketgandan keyin, sivizg‘a chalishingiz bilan o‘z-o‘zidan kuchukning so‘lakayi oqyb tushaveradi. Shartli refleks, deyishadi buni! Qizig‘i shundaki, insonning burch, sadoqat, majburiyat, vijdon kabi eng «muqaddas» tuyg‘ulari ham xuddi kuchukning so‘lakayiday shartli refleksdan iborat. Bunday reflekslarning paydo bo‘lish jarayoni murakkabrok, ammo mohiyati o‘sha-o‘sha. Shu jihatdan qaraganda, rostini aytsam, haligi yuksak fazilatlarga ko‘pam e’tiqodim yo‘q. Nazarimda, ana shu so‘lakaynamo xislatlardan kimlardir manfaatdorga o‘xshab tuyuladi ba’zan, kimdir din, axloq, burch, vijdon sivizg‘asini chaladi-yu, biz esa ahmoq bo‘lib so‘lakayimizni oqizib o‘tiramiz. Bu ko‘hna tuyg‘ulardan voz kechib, eski axloq nag‘masiga o‘ynashni bas qilish vaqti yetmadimikin?
Zauyer gapni boshqa yoqqa burish uchun yana Shtirnerdan nima uchun olimlikni tashlab ketganini so‘radi.
— Shunaqa narsalarri bilasizki, Shtirner, — dedi u. — Ehtimol ilm olamida tezroq nom chiqarib, mashhur bo‘lib ketarmidingiz.
— Olimlikdan voz kechganimning sababi bor, muhtaram Zauyer, — javob berdi Shtirner ko‘zlarida mug‘ambirona ifoda bilan. — Men mingga yaqin odamning miyasini yorib ko‘rganman, lekin ishonasizmi, birortasida ham aql degan narsaga duch kelganim yo‘q. Shundan keyin miyani chiroyli qilib qovursagina durust bo‘lar ekan, degan xulosaga kelganman.
— Yana aljyyapsiz! — Fitning ovozi eshitildi orqadan.
— Uzr, uzr! Lekin ishontirib aytamanki, bizning Gotlib odam go‘shtini iste’mol qilmaydi. Lekin majoziy ma’noda, ha-ha! Masalan, u ertaga ertalab bankirlar «Tyopfer va K°» uyini yamlamay yutilishini sezib turibman. O‘rta asr hukmdorlari ilm bilan bemalol shug‘ullanishgan, chunki ularning qorni to‘q, usti but bo‘lgan, demoqchiman-da. Endi esa… mana men bilan Zauyer bankirning oddiy xizmatchilarimiz, xolos, hatto siz ham, muhtarama xonim, uning mashinistkasi va stenografistkasi bo‘la turib, uncha-muncha fan doktoridan ko‘proq maosh olasiz. Ko‘rib turibsizki, hammasini ochiq-oydin gapiryapman. Insoniyatning baxt-saoddti deb yovg‘on oshni afzal ko‘rgan odam yolg‘iz men emas bu dunyoda. Tag‘in kim biladi deysiz? Maktabda bizga, to‘g‘ri chiziq — ikki nuqta orasidagi eng qisqa masofa, deb o‘rgatishardi. Ammo, bu hisob-kitob — girt mavhumotdan iborat. Hayotda to‘g‘ri chiziqlar bo‘lmaydi… Mana yetib keldik! Endi, — Emma Fitga murojaat qildi u, — qo‘lingizni bering va stansiyagacha kuzatib qo‘yishga ruxsat eting.
Shtirner bilan Fit oldinroq ketishdi.
Zauyer prokatga olingan qayiq haqini to‘ladi-da, Elzani qo‘ltig‘idan olib, temir yo‘l stansiyasi tomon jo‘nadi.
Qorong‘i tushdi. Osmonda yulduzlar jimirlay boshladi. Io‘l kimsasiz edi.
— Havoning avzoyi buzilyapti, yomg‘ir yog‘adiganga o‘xshaydi… dedi Zauyer.
— Ha, bir amallab yetib olamiz, — javob berdi Elza.
— Bugungi sayrdan xursandmisiz, Elza?
— Ismimni sal betakallufroq tilga olmadingizmi? — dedi kulib Elza va Zauyerni gapirtirishga qo‘ymay, o‘zi davom;tdi: — O‘zingizni oqlamay qo‘ya qoling. Anavi vaysaqi Shtiriyer bo‘lmaganida yanayam xursand bo‘lardim. Shunaqayam quruq bo‘ladimi odam! Qaqillayverib quloq-miyani yevordi-ya. Tag‘in nuqul osmondan keladi!
— Ha, sergaplikka sergap, — dedi Zauyer xayol surgancha. — Ammo-lekin, Elza, u vaysaqdan ehtiyotroq bo‘lishni maslahat berardim.
Elza Zauyerga taajjublanib qaradi.
— Biror ehtiyotsizlik qildimmi? — shunday deb, u qah-qah otib kuldi. — Yo‘q, Otto, siz shunchaki rashk qilyapsiz. Lekin rashk qilishga barvaqtroq emasmikin? Hali sizga va’da berganim yo‘q. Aynab qolishim ham mumkin.
— Qo‘ying, qaltis hazil qilmang… Hali uni vaysaqi dedingiz. Vaysaqiligi to‘g‘ri, lekin es-hushi joyida. Vijdon va: gri chiziq haqidagi gaplarini eshitdingizmi? Bu juda xatarli falsafa. Rostini aytsam, undan qo‘rqaman, sizni va qariyamiz Gotlibni o‘ylab xavotirlanaman. U vaysaqining gaplari bejiz emas. So‘zlarida jon bor. Nimalarni o‘ylayapti u? Magyudo biror dahshatli ishni qilib qo‘yganida ham sira taajjublanmayman…
Elza Shtirnerning birday qarilik ifodasi ingan, botayotgan quyoshning qizg‘ish nurlari yoritib turgan o‘ychan chehrasini ko‘z oldiga keltirib, eti seskanib ketdi. Beixtiyor Zauyerning bilaklarini mahkam qisdi.
— Gotlibning ichiga kirib olganini aytmaysizmi! U Shtirperni bir qadam ham yonidan nari siljitmaydi, uyiga ko‘chirib «shkevoldi… Kechqurunlari Shtirner o‘rgatilgan kuchuklari bilan cholni ovutib o‘tiradi…
— Lekin tan berish kerak, Otto, kuchuklari haqiqatan ham — Men buni inkor etmayman. Uning kuchuklari har qanday o‘rgatilgan hayvonlardan ustun turadi. Ayniqsa Falk degani.
— Qora ko‘ppagi-chi, — dedi Elza, — sanashni biladi, al(|avitdagi Hamma harflarni taniydi, uning har qanday buyrugini so‘zsiz tushunadi. Ba’zan o‘ylasam, yuragim orqamga tortib ketadi…
— Ha, ko‘ppak rostdan ham balo. Ehtimol, Shtirner nihoyatda aqlli va talantlidir. Lekin yovuz talant ikki baravar xatarliroq bo‘ladi. — Shunday deb, Zauyer Elzaga ma’nodor qarab qo‘edi.
— Mendan xavotir olmang, Otto. Menga uning sehri mutlaqo ta’sir qilmaydi. Shu paytgacha u menga befarq qarardi. Dmmo bugun, yuziga qarab turib… Nima deyishimni ham bilmayman… Ehtimol, biz nohaqdirmiz. Voy, nima u?…
Qorong‘ilik qa’ridan Falk shovqinsiz chiqib kelib, Elzaning etagidan tishladi-da, g‘ingshib oldinga tortqilay boshladi.
Zauyerning jahli chiqib, itni haydashga tushdi. Uning bu ishidan Elza kulib yubordi.