Выбрать главу

— Juda irimchi bo‘lib ketyapsiz, Otto. Shtirner bizni chaqirish uchun Falkni yuborgan bo‘lsa kerak.

II. POYEZD TAGIDA

Kabinet eshigi ochilib, shaxsiy sekretari Lyudvig Shtirner hamrohligida bankir Karl Gotlib ko‘rindi.

Devorlari yaxlit oynadan ishlangan xonani charog‘on etgan quyosh nuri Karl Gotlibning tilla ko‘zoynagida yarqirardi. Bankir ko‘zlarini qisgancha kulimsirab turardi. Oltmishlarga borib qolgan bo‘lishiga qaramay, naqsh olmaday yenoqlari, oppoq yuzini ko‘rgan odam uni shuncha yoshga kirgan deb aslo o‘ilamasdi. Soqoli yaxshilab qirtishlangan, qimmatbaho sovun, xushbo‘y sigara va atir hidi anqib turgan, hamisha quvnoq, mamnun va serharakat Gotlibning butun qiyofasida o‘ziga to‘q odamlarga hos bir tarovat yog‘ilib turardi.

— Xo‘sh, kechagi sayr qalay bo‘ldi? — so‘radi u Glyuk, Fit va Zauyerning qo‘lini navbat bilan qisarkan, — Durustmi? Baliq tutdinglarmi? Lekin havo ajoyib bo‘ldi-da, a? Iltimos, Zauyer, mana bu telegrammalarni jo‘natib yuboring. Birja byulleteni keldimi? Bugun dollarning kursi qanaqa? Xo‘sh… Xo‘sh Paxta aksiyalari-chi? Baland deng? Juda soz! «Tyopfer va K» bankirlar uyining mana bu veksellarini rad eting. Ortiq yen bosolmayman. Bugun juda ochilib ketibsiz, Fit xonim… Siz nega buncha xayol surib qoldingiz, Glyuk xonim? He-he!

Shunday dyob, u barmog‘i bilan yo‘lga po‘pisa qildi.

— Ha-a, sezib turibman. Bahorning ta’siri-da bu. Ha-ha! U qora suyurtugining yoqasiga qistirilgan binafsha bog‘lamini to‘g‘rilab, soatiga qaradi. — Hozir soat o‘n. Poyezd o‘nu qirq beshda jo‘naidi. Men ketyapman, soat ikkidan o‘n besh minut o‘tganda shu yerda bulaman. vodni qabul qilib olishim kerak. Shtirner ikkovimiz rasmii tomonlarini birpasda to‘g‘rilaymiz. O‘ziyam ko‘p o‘tirib qoldim, bir oz shamollab ham kelaman. Mashina tayyormi? Ketdik, Shtirner. Bankir Gotlib yengil qadam tashlab chiqib ketdi, eshik ortidan ovozi eshitildi:

— Qayoqdasiz, Shtirner?

— Hozir! — Shtirner yon xonaga kirib kuchuklarini chaqirdi: — Falk! Brut!

Uning istiqboliga sayrda birga bo‘lgan iskovuch bilan rut ismli tusi yo‘lbarsnikiga o‘xshagan ulkan dog chopib chiqdi. Shtirner Glyukning yonidan o‘ta turib, sal engashdi-da, kulimsirab so‘radi:

— Haliyam hal qilganingiz yo‘qmi?

— Nimani?

— Menga turmushga chiqish masalasini…

U xaxolab kulgancha, kuchuklarni ergashtirib xo‘jayinning orqasidan yugurdi.

Elzaning qovog‘i uyildi. Stol ortida o‘tirgan Zauyer bip nimalar deb to‘ng‘illadi.

Deraza ortidan mashina ovozi eshitildi.

Xonaga sukunat cho‘kdi. Fit indamay mashinkasini chiqillatar, Zauyer esa asabiylik bilan allaqanday qog‘ozlarni titkilardi.

— Itboqar! — dedi u yana to‘ng‘illab.

— Nimalar deyapsiz? — so‘z qotdi Glyuk.

— Nuqul itlari bilan o‘ralashgani o‘ralashgan, — dedi Zauyer kuyunib. Sira toqatim yo‘q bu ikkiyuzlamachi janobga Qarzdorlarga nisbatan qattiqqo‘lligini nazarda tutib bo‘lsa kerak, kecha Gotlibni sal bo‘lmasa odamxo‘rga chiqarib qo‘yuvdi bugun esa ko‘rdinglarmi? Xo‘jayinning tovonini yalashga tayyor Ko‘zlariga xuddi Falkka o‘xshab tikiladi! Kuchuklarini bekorga olib ketdi deb o‘ylaysizlarmi? Tabiat qo‘ynida cholni zeriktirmaslik uchun olib ketdi…

UoDa kekchi bo‘lib ketibsiz, Zauyer! — dedi Elza. — «Tyopfer va K» ni bo‘lsa Gotlib rostdan ham yutib yubordi — Shtirner to‘g‘ri aytgyn ekan.

— Veksellarni undirishga Gotlibni Shtirnerning o‘zi ko‘ndirgan bunga shubha yo‘q, — javob berdi Zauyer bo‘sh kelmay

— Zauyer hasad qilyati! — dedi Fit kulib.

— Marhamat qilib mana bu vedomostni ko‘chirib bering! — dedi Zauyer ensasi qotib, Fitga bir varaq qog‘ozni uzatarkan.

Xuddi gunoh qilib qo‘ygan boladay Fitning dami ichiga tushib ketdi va qo‘rqa-pisa:

— Xo‘p bo‘ladi, — dedi.

Mashinka yana chiqillay boshladi. Hamma o‘z ishiga kirishib ketdi. Ora-chora telefon jiringlab turardi.

Soat o‘n birlarga yaqin yana telefon jiringladi. Zauyer qandaydir bir xatdan ko‘z uzmay, trubkadagi ovozga quloq tutdi.

— Allo! Ha, ha… Bankir Karl Gotlib shaxsiy sekretariatining kabineti. Nima? Eshitmayapman! Qattiqroq gapiring! Nima bo‘ldi deysiz? Qanday qilib? Bo‘lishi mumkin emas!

Zauyerning qo‘lidan avtoruchka tushib ketdi. Rangi quv o‘chdi. Ovozidagi g‘ayritabiiy o‘zgarishni sezgan Glyuk bilan Fit ishlarini tashlab, uning og‘ziga tikilib qolishdi.

— Poyezdning tagida qoldi?… Qanday qilib?… Kechirasiz, surishtirmasdan bo‘ladimi?… Xo‘sh… xo‘sh… ma’qul… xo‘p… Hammasini to‘g‘rilaymiz!

Zauyer trubkani qo‘edi-da, qo‘li bilan sochlarini tarab, o‘rnidan turdi.

— Nima gap, Zauyer? — deb so‘radi Fit tashvishlanib. — Kim poyezdning tagida qolibdi? Gapirsangiz-chi, tezroq!

Ammo Zauyer o‘zini yana kresloga tashlab, bir oz indamay o‘tirdi.

— Ha… Bir falokat bo‘lishini ko‘nglim sezuvdi, — dedi u nihoyat va o‘rnidan sapchib turib, tez gapira ketdi: — Hozirgina telefonda aytishdi, Karl Gotlib poyezdning tagida qolibdi…

— Tirik ekanmi? — baravariga so‘rashdi Fit bilan Glyuk.

— Tafsiloti ma’lum emas…

— Tafsiloti emish! — dedi Fit. — Tirikmi, o‘lganmi?

— So‘ragan edim, hozir tushuntirib o‘tiradigan payt emas, darrov karavotni hozirlab, vrachlarni chaqirish kerak, deb javob berishdi.

— Demak, tirik ekan-da? — dedi Glyuk.

— Ehtimol… — Zauyer qo‘ng‘iroq tugmachasini bosib, xizmatkorlarni chaqirdi-da, tegishli ko‘rsatmalarni bergach, vrachlarga telefon qila boshladi. Uy ichi bir zumda to‘s-tupolon bo‘lib ketdi. Hovliqib ekonomka chopib keldi.

Gotlib so‘qqabosh edi, binobarin, butun xo‘jalikni frau Shmitgof ismli saranjom-sarishta bir kampir boshqarardi.

Shum xabarni eshitib u tamom dovdirab qoldi. Elza anchagacha kampir bilan ovora bo‘ldi.

Ko‘chada avtomobil ovozi eshitildi.

— Doktor! — xitob qildi Fit.

— Yo‘q, bu o‘zimizning mashinani ovozi, — javob berdi Zauyer. _ Gans, tezroq yo‘lakka chiqing!

Xizmatkor Gans oqsoqlangancha tashqariga yugurdi. Xonaga og‘ir kutish daqiqalari cho‘kdi. Qo‘rquv va hayajondan holsizlangan frau Shmitgof kresloda harsillab o‘tirardi. Nihoyat ko‘cha yoqdagi xonalardan palapartish qadam tovushlari eshitildi.

— Opkelishiyapti… — Shivirladi Fit. — Ishqilib tirik bulsin…

Eshiklar lang ochildi.

To‘rt kishi Karl Gotlibning qonga belangan jasadini ko‘tarib kirdi.

Shmitgof chinqirib bir dod soldi-yu, hushidan ketdi. Gotlibning oyoqlari tizzasining yuqorisidan kesilib ketgan edi.

Temiryo‘lchilar formasidagi beshinchi kishi allaqandai tugun ko‘tarib olgan edi. Fit bilan Glyuk Gotlibning jun yoping‘ichini darrov tanishdi. Tugunning chetidan banyirning yaltiroq botinkalari ko‘rinib turardi.

«Oyoqlari. Uning oyoqlari… Qanday dahshat! — ko‘nglidan kechirdi Glyuk. — Nega opkelishyapti? Endi nima keragi bor?»

Gotlibning yuzi uncha o‘zgarmagan, ammo dokadek oqarib ketgan edi.

«Ko‘p qon ketibdi!» — o‘yladi Elza.

Yana bir narsa uni larzaga soldi: Gotlibning yoqasidagi binafshalar qanday bo‘lsa shundayligicha turgandi. Murdaning ko‘ksidagi bu gullar negadir Elzani entiktirib yubordi.

Murdani ko‘targan odamlar kabinetdan o‘tib, Gotlibning yetoqxonasiga qarab yurishdi. Parket polda qip-qizil qon tomchilari qoldi.

Gotlib jasadi ortidan Shtirner borardi. Uning yuzi sal oqarinqiragan bo‘lsa-da, xotirjam edi. U polga tomchilagan qonni bosmaslik uchun avaylab qadam tashlar, go‘yo yo‘l ustidagi ko‘lmaklardan sakrab-sakrab o‘tayotganday taassurot qoldirardi.