— Ha, chalkash hodisa… Qo‘limdan kelgancha harakat qilaman, lekin biror ish chiqishiga kafolat berish qiyin.
Shunday deb, mashhur advokat uchinchi bor tutun halqachasini chiqarib, suhbatni o‘zi uchun yengil va yoqimli bo‘lgan gonorar masalasiga ko‘chirdi.
VI. SUD PROTSESSI
Oskar Gotlibning Elza Glyuk bilan bo‘ladigan sud protseyesi katta shov-shuv qo‘zg‘adi. Ish yutib chiqilgan taqdirda mashhur advokat Lyuders oladigan yirik gonorar, Gotlib vasiyat qilib qoldirgan katta mablag‘, vasiyatnoma yozilganidan so‘ng bir oy o‘tgach, Gotlibning to‘satdan halok bo‘lishi — bularning barchasi gazetalar uchun, undan ko‘ra ham uzunquloq gaplar uchun bitmastuganmas mavzu manbai edi. Aql bovar qilmaydigan taxminlar, qizg‘in bahslar olib borilar, garovlar o‘ynalardi. Aka-uka Gotliblarning o‘zaro aloqasi, shuningdek, Elza Glyukning Karl Gotlib bilan Zauyerga munosabati hammani ko‘proq qiziqtirardi. Ularni bog‘lab turgan narsa nima? Oskar bilan Karl Gotlib orasida nima gap o‘tgan? Nima uchun marhum o‘z ukasyni merosdan mahrum qildi? Sudni ham xuddi ana shu masalalar qiziqtirardi.
Oskar Gotlibning advokat Lyuders tomonidan mohirona tuqilgan da’vosiga ko‘ra, Karl Gotlib vasiyatnomani yozgan paytida «es-hushi joyida bo‘lmagan». Buni isbotlash uchun hamma imkoniyatlar ishga solindi. Karl Gotlibning qabrini ochib, eng zo‘r professorlar marhumning miyasini yorib ko‘rishdi. Shu munosabat bilan sudga taqdim etilgan protokolda miyaning vazni, tusi, miyadagi chiziqlarning soni, parishonxotirlikning boshlanayotgani batafsil yozib chiqilgan edi-yu, lekin asosiy vazifa hal etilmagandi.
Ekspertlar Karl Gotlibni uzil-kesil aqldan ozgan deiishga jur’at etisholmasdi, lekin Lyudersning «sharofati» bilan ba’zi bir «nuqsonlar» topishdi.
Ammo Lyudersning ixtiyorida puxta tayyorlangan guvohlar ham bor edi. Lyuders uchun ekspertlarga nisbatan o‘shalar bilan muomala qilish osonroq edi.
Katta ishning boshida turgan Karl Gotlib qo‘lida ozmuncha odam ishlamasdi. Ularning orasidan tuzukroq «cho‘tal» evaziga xohlagan maqomga yo‘rg‘alaydigan guvohlarni yollash unchalik qiyin emas edi. Tajribali qo‘l boshqarib turgan guvohlar Karl Gotlibni jinniga chiqarish maqsadida u bilan bog‘liq har xil mayda-chuyda gaplarni uyib tashlashdi.
Bosh buxgalter marhumning g‘alati bir odati, ya’ni uning haddan tashqari ixtirochilikka berilgani haqida gapirib, zalda o‘tirganlarni xo‘p kuldirdi. Masalan, Karl Gotlib maxsus lift yasattirib, unga yozuv stolining yonida turgan kresloni o‘rnattirgan edi. Lift uchala qavatni birlashtirar edi. Gotlib ikkinchi qavatda joylashgan o‘z kvartirasidagi tugmachani bosib, birinchi qavatga — bankka tushardi. Qog‘ozlarga imzo chekar yoki zarur kishisi bilan gaplashardi-da, yana kresloda o‘tirgancha ikkinchi qavatga, to‘ppa-to‘g‘ri yozuv stolining yoniga ko‘tarilib, ishini kelgan joyidan davom ettiraverardi.
Gotlib ishlab o‘tirgan paytida xizmatchilar yoki malaylarning kirishini yoqtirmasdi. «Xayolni bo‘ladi», — derdi u. Binobarin, uy ichiga doim aylanib turadigan maxsus lentalar — transportyorlar o‘rnatilgandi. Aytaylik, Gotlibga biror kitob yoki issiq kofe kerak bo‘lsa, u o‘sha narsani telefonda buyurar, shu zahotiyoq bir stakan kofe, kitob, sigara qutisi qo‘yilgan patnis taransportyorning shovqinsiz aylanadigan lentasida shigillab to‘ppa-to‘g‘ri stolining yoniga kelib to‘xtardi.
— Uning gigiyenaga bo‘lgan e’tiqodi ham vasvaslikdan boshqa narsa esmasdi, — dedi guvohlardan biri. — Hamma xonalarga termometrlar, gigrometrlar va havoning sostavini aniqlab, uni tozalab turadigan murakkab apparatlar o‘rnatilgandi. Gotlib odatdagi ventilyatsiyani tan olmasdi. «Chang va benzin hidiga to‘yingan ko‘cha havosi bilan uy havosini tozalab bo‘lmaydi», — derdi u. Shuning uchun uy havosi kimyoviy yo‘l bilan tozalanardi. Maxsus bir odam uydagi harorat o‘n ikki daraja bo‘lishini nazorat qilib turardi: yozda havo quruq ham, nam ham bo‘lmasligi hamda unda kislorod kamayib, karbonat angidrid ko‘payib ketmasligi uchun harorat sun’iy ravishda o‘n ikki daraja qilib sovitilib, havo muttasil ozonlashtirib turilardi.
Ko‘ngilchanroq yoki bo‘lmasa, Lyuders tomonidan og‘zi tuzukroq moylangan yangi ekspert-psixiatorlar ana shu ko‘rsatmalarga asoslanib, marhum Gotlib chindan ham sog‘ bo‘lmagan, degan xulosani yozib berishdi. Endi tarozining posangisi Oskar Gotlib foydasiga og‘a boshladi. Sudni hukm chiqarishda qiynab turgan byttagina masala qolgan edi — u ham bo‘lsa Karlning Oskarga munosabati masalasi edi. To‘gri, bu masalada ham bir talay guvohlar so‘zga chiqib, Karl bilai Oskarning orasidan qil ham o‘tmas edi, degan mazmunda gapirishdi. Biroq aka-ukaning orasi hatto yaqin kishilari ham sezmagan biron-bir sabab tufayli buzilgan bo‘lishi ham mumkin-ku. Oskarning baxtiga, ularning o‘rtasida janjal bo‘lganini hech kim isbotlab berolmadi. Lyuders yutib chiqayotganini ko‘ngli sezib, oladigan katta gonorarini xayolan xomcho‘t qilib o‘tirardi. Natssada hashamatli bog‘… Yangi avtomobil… Mariett… U o‘z-o‘zidan jilmayib, rohatlanib kerishdi. Ha, bunaqa ishda ekspertlaru guvohlar bilan har qancha ovora bo‘lsang arziydi! Lyuders ham bor iste’dodi va notiqlik talantini namoyish qildi.
Sud hukm chiqaradigan kuni zalga odam sig‘may ketdi. Ba’zilar olazarak bo‘lib Elza Glyukni qidirishardi, ammo u ko‘rinmasdi. Qizning manfaatini Zauyer himoya qilayotgandi.
Lyuders sudda ajoyib nutq so‘zladi. U guvohlar bilan ekspertlarning ma’lumotlarini nozik tahlil qilib berdi, kutilmagan qiyoslar keltirib, xulosalar chiqardi, tund Zauyerning gaplarini ustalik bilan rad etib tashladi. Lyuders nutq so‘zlayotganda bir necha marta gulduros qarsaklar chalindi, aftidan, qarsak chalganlarning aksariyati «qonuniy merosxo‘rlar», ya’ni Oskar Gotlib tomonida turgan kishilar edi. Sudyalar o‘zlarini sirtdan har qancha xotirjam tutganday qilib ko‘rsatmasinlar, ularning ham Gotlib tomoniga og‘ayotganliklari shundoq sezilib turardi.
— Marhum Karl Gotlibning men vakolatini olgan Oskar Gotlibga munosabati masalasiga kelsak, — dedi so‘zining oxirida Lyuders, — buning hech qanday ahamiyati yo‘q, axir, aqldan ozgan odam birovni yaxshi ko‘rdi nima-yu, yomon ko‘rdi nima? Zauyer Karl Gotlibni katta ishni boshqarardi, dedi. — Lyuders yelkasini qisdi. — Nima qipti? Tarixda ahmoq podsholar kattakatta davlatlarni boshqarganiga, xalq esa bundan mutlaqo bexabar ekaniga misollar ko‘p.
Zalda o‘tirganlarning bir qismi chapak chalib yubordi. Sud raisi qo‘ng‘iroqni jiringlatdi.
Shu payt Oskar Gotlib o‘rnidan turdi. Uning ko‘rinishi uyqusiragan odamnikiga o‘xshardi. U oyoqlarini bazo‘r sudrab, sudyalar o‘tirgan stol yoniga keldi-da, bo‘shashibgina:
— Menga so‘z beringlar, — dedi.
Zalga og‘ir sukunat cho‘kdi.
Oskar Gotlib xuddi bir narsani eslashga urinayotgandai, faromush bir holatda, qiynalib gapira boshladi.
— Yelg‘on… Lyuders yolg‘on" gapiryapti. Karl soppa-sog‘ edi. U meni merosdan mahrum etib, to‘g‘ri ish qildI. Men uning oldida gunohkorman.
Zaldagilar dong qotib qoldi. Lyuders avvaliga kalovlanib, so‘ng Oskar Gotlibning oldiga chopib keldi-da, jonholatda yengidan torta boshladi:
— Nimalar deyapsiz! Esingizni yig‘ing! Hamma ishni rasvo qildingiz! Girt jinni bo‘libsiz! — dedi u jig‘ibiyron bo‘lib cholning qulog‘iga. m Oskar qo‘lini siltab tortdi-da, kutilmagan bir asabiilik bilan qichqira ketdi.
— Nima deb pichirlayapsiz? Xalaqit bermang! Boring! Karl oldida gunohkorman. Buni ochiq aytolmayman. Oilaviy sir bu. Lekin buning ahamiyati yo‘q.
Hatto sudyalar ham gangib qolishdi.
— Nima uchun buni faqat endigina aytyapsiz? — deb so‘radi sud raisi.
— Chunki… Chunki… — Gotlib fikrini yo‘qotib qo‘yganday o‘ylanib qoldi, so‘ng davom etdi: — Chunki ba’zi bir narsalar marhum akamga ma’lum bo‘lib qolganidan bexabar edim. Buni faqat bugun bildim. Men emas, Elza Glyuk merosga haqli.