Выбрать главу

— Tayyor, — dedi u yon daftarchani belidagi sumkaga solarkan; bu sumka uning uchun yozuv stoli g‘aladoni xizmatini o‘tardi. — Yevgenyev bilan gaplashmoqchimisiz? Urinib ko‘ramiz.

— Qiyin emasmi? — so‘radi Tonya.

— Yo‘q, qiyin emas lekin bugun uzoq to‘lqinli peredatchigim ishlamayapti, qisqa to‘lqinda esa Yerdan ilon izi yasab aylanib ko‘tarilayotgan raketani topish ancha qiyin. Hozir raketaning uchib ketayotgan joyini aniqlab, aloqa o‘rnatishga harakat qilib ko‘raman…

Lekin shu payt uning oyog‘i qo‘qqisdan devorga tegib ketib, o‘zi nari uchib ketdi. Uni radionaushnikning simlari ushlab qoldi va radist bir zumda yana o‘z o‘rniga qaytdi. U yon daftarchasini chiqarib, xronometrga qaradi va allanimalarni hi oblay ketdi. Keyin apparatning qulogini buray boshshdi.

— Allo… Allo! Kets Yulduzi gapiryapti! Ha. Ha. Yevgenyevp i chaqirvoring. Yo‘q deysizmi? Bo‘lmasa, aytib qo‘ying, kelganidan keyin Kets Yulduzini chaqirsin. U bilan Kets Yuldu: shning yangi xodimi gaplashmoqchi. Familiyasi…

— Antonina Gerasimovna, — dedi Tonya shoshib.

— O‘rtoq Gerasimova. Eshityapsanmi? Xo‘p. Ko‘pmi? Ov yaxshi bo‘ldimi? Tabriklayman.

U apparatni o‘chirib, dedi:

— Yevgenyev raketada yo‘q ekan. U sayyoralararo bo‘shliqqa ovga chiqib ketibdi, uch soatlardan keyin qaytarkan. Mayda asteroidlarni tutish bilan mashg‘ul emish. Ajoyib qurilish materiali. Temir, alyuminiy, granit… Yevgenyev radiotelefon yoniga kelganda sizni chaqiraman.

IX. KUTUBXONADA

Kechqurun choy ichib o‘tirsam, oldimga Kramer uchib keldi.

— Bugun kechqurun bo‘shmisiz? — so‘radi u va tushuntira ketdi: — Ajablanmang, Yulduzda bir kecha-kunduz yuz minutdan iborat, lekin biz odat bo‘yicha ish kunini yer vaqti bilan hisoblaymiz. Deraza qopqoqlarini berkitib, «Tun» yasaymiz va yulduz vaqti bilan olti-yetti kecha-kunduz uxlaymiz. Hozir Moskva vaqti bilan kech soat sakkiz. Kutubxonamiz bilan tanishishni istamaysizmi?

— Jonim bilan, — javob berdim men.

Kets Yulduzidagi hamma xonalar kabi kutubxona ham silindr shaklida edi. Deraza degan gap yo‘q. Yen tomondagi devorlar yashiklar bilan qoplangan. Silindrning ko‘ndalang o‘qi bo‘ylab — eshikdan to ro‘paradagi devorgacha — to‘rtta ingichka sim tortilgan. Kutubxonaga keluvchilar ana shu simlarni ushlab, bu o‘ziga xos yo‘lakda u yoq-bu yoqqa yurib turishadi. «Yo‘lak» bilan yon devorlar orasidagi bo‘sh joyga qator qilib to‘r karavotlar qo‘yilgan. Xona pokiza, nina bargli daraxt hidi anqib turgan toza havo. Yashiklar orasiga o‘rnatilgan gaz naychalari jilosiz, yoqimli nur sochadi. Jimjitlik. Ba’zi karavotlarda boshiga qora quti kiygan odamlar yotishibdi, ular qutining yonidan chiqib turgan dastalarni ahyon-ahyon burab qo‘yishadi.

G‘alati kutubxona! Bu yerga odamlar yytob o‘qish uchun emas, balki davolanish uchun kelganday tuyuladi»

Simdan ushlagancha Kramerning orqasidan kutubxonaning narigi boshiga qarab ketyapman. Ro‘paramda, qora yashiklar oldida qip-qizil shohi ko‘ylak kiygan bir qiz ivirsib yuribdi.

— Kutubxonachimiz, Elza Nilson. Tanishinglar, — dedi Kramer va hazillashib meni qizning oldiga qarab otib yubordi. U kulib turib, meni havodayoq ilib oldi. Biz tanishdik.

— Qanaqa kitob o‘qimoqchisiz? — so‘radi u, — Bizda deyarli hamma tildagi million nusxa kitob bor.

Millioi nusxa! Shuncha kitob bu yerga qanday qilib sig‘adi? Ammo keyin fahmladim:

— Filmotekami?

— Ha, kitoblar plyonkalarga yozilgan, — dedi Nilson. — Ularni ekranda katta qilib ko‘rsatadigan asbob yordamida uqishadi.

— Qulay va ixcham, — qo‘shib qo‘ydi Kramer. — Har sahifasi plenkaga olingan, butun bir tom bitta g‘altakdan ortiq joy egallamaydi.

— Gazetalar-chi? — so‘radim men.

— Gazetaning o‘rnini radio bilan televizor bosadi, — javob berdi Nilson.

— Plyonka kitoblar — yangilik emas, — dedi Kramer. — Bizda bundan ham qiziq narsalar bor. O‘rtoq Artemyev uchun qanday kechki programma tuzamiz? Qeling, bunday qilamiz: avval dunyo yangiliklari bilan tanishtiramiz. Kets Yulduzida turib ham dunyo voqealaridan bexabar qolmayotganimizni bir ko‘rsatib qo‘yaylik. Keyin «Quyosh ustuni» ni berasiz…

— Yangi romanmi bu? — so‘radim men.

— Ha, shunday desa ham bo‘ladi, — javob berdi Kramer kulib. — Yeki, mayli, «Atmosfera elektrostansiyasi» ni bera qoling.

Nilson bosh silkib, yashikdan doira shaklidagi silliq metall qutilarni oldi.

Kramer karavotga yotishimni so‘radi. Keyin qutilarni dastali yashikka joylab, boshimga kiygizib qo‘ydi.

— Bemalol eshitib, ko‘rib yotavering, — dedi u.

— Yetibmanu lekin hech narsani ko‘rmayapman ham, eshitmayapman ham. Butunlay jimjitlik, qop-qorong‘i.

— Dastani o‘ngga burang, — dedi Kramer.

Men buradim. Bir nima shirqilladi, keyin asta shig‘illagan ovoz eshitildi. Kuchli nurdan ko‘zim qamashib ketdi. Men bir daqiqa ko‘zimni yumdim, shu payt qulog‘imga bir tovush chalindi:

«Afrikaning tropik changalzorlari madaniy dehqonchilik uchun tozalanmoqda».

Ko‘zimni ochib, Afrika quyoshidan yaltirab turgan zangori okean sirtini ko‘rdim, unda jangovar safga tizilgan kattakon flot: drednoutlar, linkorlar, kreyserlar va har xil tur va sistemadagi qiruvchilar. Bu yerda yo‘g‘on mo‘rilaridan qora tutun burqsitayotgan eski harbiy kemalar ham, nisbatan yangiroq, ichdan yonadigan dvigatelli va so‘nggi — elektr dvigatelli teploxodlar ham bor edi.

Bu manzara shu qadar kutilmagan ediki, men beixtiyor seskanib ketdim. Nahot yana urush bo‘lsa? Butun dunyoda kapitalizm Drednout — zirhli eng katta harbiy kema.

gugatilgan-ku, yana qanaqa urush bo‘lishi mumkin? Oqibati renolyutsiyaga olib kelgan so‘nggi urush vaqtidagi eski filmni berishmadimikan menga?

«Qirg‘in qurolli bo‘lgan harbiy flotni biz yuk tashuvchi transportga aylantirdik», — davom etdi haligi ovoz.

— Ha-a, gap bu yoqda ekan-da! Boya o‘tkir nurdan ko‘zim qamashib, dahshatli dengiz to‘plari o‘rnatilgan jangovar bashnyalar olib tashlanganini payqamagan ekanman. Ularning o‘rniga kemalarga yuk ko‘taradigan kranlar o‘rnatilgan edi. Kemalarning «jangovar» safi bilan yangi qurilgan gavan o‘rtasida yuzlab sayiqlar, shatakchi katerlar, barjalar qatnab turibdi. Gavanda yuk tushirish qizg‘in davom etyapti.

Men dastani yana buradim. Iye… bu ham urushga o‘xshaydi-ku.

Kattakon qarorgoh, oq chodirlar va oq tusga bo‘yalgan faner uylar. Uy va chodirlar oldida oq kostyum kiygan odamlar — yevropaliklar va qora tanlilar. Qarorgoh ortida ko‘kka o‘rlayotgan hammayoqni tutun bosib ketgan…

Yangi «kadr» — odam bolasi o‘tolmaydigan tropik o‘rmon alanga ichida. Kultepa ustida bahaybat furgonlar — po‘lat ustunlarga simto‘r tortib ishlangan kattakon yashiklar turibdi. Ularning ichida odamlar ixcham mashinalar bilan to‘nka Qo‘porishyapti.

«Tropik changalzorlar — Yer yuzining eng serquyosh yerlari. Lekin bu joylar ilgari madaniy dehqonchilik uchun qo‘l yetmas joylar edi. O‘tib bo‘lmas o‘rmonlar, botqoqlik, yirtqich hayvonlar, zaharli ilonlar, qurt-qumursqalar, omonsiz bezgak… Endi ularning hozirgi qiyofasini ko‘ring…»

Tep-tekis voha. Traktorlar yer haydayapti. Qora tanli traktorchilar oppoq tishlarini yarqiratib jilmayishadi. Ufqda ko‘p qavatli uylar, ko‘m-ko‘k bog‘-rog‘lar… «Changalzorlar millionlab kishilarni boqadi… Siolkovskiy g‘oyasi ro‘yobga chiqmoqda…»

«Iye-ye, shu yerda ham Siolkovskiymi? — ajablandim men. — Kelajak insoniyatga qanchalab g‘oya tashlab ketishga ulgurdi u!»

Xuddi o‘z savolimga javob olganday. Yerni Siolkovskiy g‘oyalari bo‘yicha o‘zgartirishning ajoyib manzaralarini ko‘rdim.