Выбрать главу

Quyosh energiyasidan foydalanish yo‘li bilan sahrolarni yashnayotgan vohaga aylantirish; qadam yetmas tog‘lar bag‘rini turarjoy va yam-yashil bog‘lar uchun moslashtirish, quyosh dvigatellari, suvning ko‘tarilishi, qaytishi va dengiz to‘lqinlari kuchi bilan ishlaydigan mashinalar; quyosh energiyasidan ko‘proq bahra oladigan yangi xil o‘simliklar…

Endi bu yog‘i mening soham. Bu sohadagi yutuqlardan xabardorman.

Dunyo kino yangiliklari tugadi. Bir minutlik tanaffusdan keyin yana ovoz eshitildi. Bu hikoya ipidan-ignasigacha ko‘z oldimdan o‘tdi.

«Men yangn tipdagi aerochanalarning sinov poygasida ishtirok etganman, — deya gap boshladi ovoz. — Oldimizga ogir vazifa qo‘yilgan edi: biz qutb doirasi ortida tundra oralab yuzlab kilometr yo‘l bosishimiz kerak edi.

Men poyga boshligi edim, kolonnani boshqarib borardixug. Biz to‘ppa-to‘gri shimolga qarab borardik.

Hammayoq ziz-ziyo. Ko‘kda shimol yog‘dusi ko‘rinmaydi. Io‘limizni faqat chana chiroqlari yoritib turibdi. Ellik daraja sovuq. Tevarak-atrof kimsasiz qor sahrosi.

Biz kompasga qarab ikki kun yo‘l bosdik.

Birdan ufq qizarganday tuyuldi menga.

— Shimol yog‘dusi boshlanyapti. Yurish yengillashadi, — dedi chanamizni haydab borayotgan hamrohim.

Yarim soatlardan keyin shimol ufqi yana ham qizaribroq ko‘rindi.

— G‘alati yog‘du, — dedim men sherigimga. — Mutlaqo tovlanmaydi. Rangi ham boshqacha. Odatda shimol yog‘dusi avval zangori tusga kirib, keyin qizgish rangda jilvalanardi. Bu nur esa tong shu’lasiga o‘xshaydi, buning ustiga qimir etmaydi. U faqat oldynga yurganimiz sayin kuchaya borib, qizg‘ish rangdan asta-sekin oq tusga kiryapti.

— Balki bu burj yorug‘ligidir? — dedi hamrohim.

— Joy jihatdan ham, vaqt jihatdan ham to‘g‘ri kelmaydi. Bunga aslo o‘xshamaydi ham. Razm soling — nur yo‘li tepadan ufqqa tomon xuddi konusday asta-sekin kengaya borgan.

Biz kutilmagan bu sirli osguxon jumbog‘iga shu qadar berilib ketibmizki, oldimizdan chiqib qolgan tik bir pastlikka tushib ketib, chaiani majaqlashimizga ham oz qoldi.

Bir necha minutdan keyin jardan chiqib olib, havoning iliy boshlaganini sezdik. Termometr o‘ttiz sakkiz daraja sovuqni ko‘rsatardi, atigi bir soatgina oldin esa ellik daraja sovuq edi.

— Balki bu nurdan issiqlik taralar? — dedim men.

— Agar shunday desak, bu holni sira tushunib bo‘lmaydi, — deya e’tiroz bildirdi hamrohim. — Tundrani isitadigan nur ustuni!

U kulib yubordi.

Nur ustuni bizning marshrutimiz bo‘ylab yastangan edi. Binobarin, ana shu nurli konusga qarab yurish va iloji bo‘lsa, nima gapligini bilishdan boshqa choramiz qolmadi.

Io‘l yurganimiz sayin atrof isib, yorug‘lasha borardi. Ko‘p o‘tmay hamrohim chiroqlarni o‘chirdi: bunga ehtiyoj qolmagan edi. Keyin biz nur konusi tomon havo to‘lqinining kuchayib borayotganini payqadik, uning tepasida esa, xuddi durbin orqali ko‘rinadigan Zuhra hiloliday ko‘zni qamashtiruvchi nozik hilol jilvalanardi.

Hayhot, jumboq yechilish o‘rniga borgan sari battar chigalchashib borardi.

— Bu nur quyosh nuriga o‘xshab ketyapti, — dedi boshi qotgan amrohim.

Hademay kun xuddi kunduzgiday yorishdi. Ammo o‘ngu so‘limiz, orqa tomonimiz ufqqa qarab qorong‘lashib ketgan edi. Yer bashrlab esayotgan shamol qor zarralarini To‘zgitib tobora kumayardi. Biz qrr to‘zoni oralab yo‘lda davom etardik.

Bu orada harorat juda tez ko‘tarilib borardi.

— O‘ttiz daraja sovuq… Yigirma besh… O‘n yetti… To‘qqiz… — derdi hamrohim. — Nol… Ikki daraja issiq… Ellik daraja sovuqdan keyin-a! Endi shamolning sirini tushuna boshladim. Aftidan, «quyosh ustuni» havo bilan tuproqni qattiq qizdiradi, patijada, harorat ana shunday keskin farq qiladi. Sovuq havo pastdan issiq zonaga kirib boradi, yuqorida esa qarshi tomonga eyeuvchi issiq havo oqimi bo‘lsa kerak.

Nihoyat biz yorug‘lik nuri bevosita tushib turgan nuqtaga yaqinlashdik. Shamol uchirib kelgan qor uchqunlari erib borardi; bo‘ron yomg‘irga aylandi, ammo u osmondan tushmay, orqadan urilardi; yerdagi qor tez erib, pilchillab yotibdi. Tepaliklarning yonbag‘irlari va pastqamliklarda jildirab suv oqyapti. Chana yurolmay qoldi. Izg‘irin qutb qishi, xuddi ertakdagiday, bir zumda bahorga aylandi.

Yo‘lda davom etish xavfli edi: chanalar ishdan chiqishi mumkin. Men to‘xtadim. Ketimdan butun kolonna to‘xtadi. Aerochanalardan poyga qatnashchilari — haydovchilar, injenerlar, muxbirlar, kinooperatorlar sakrab tusha boshladilar. Hamma favqulodda bu hodisadan gungu lol edi.

Men shamoldan saqlanish uchun bir necha chanani ko‘ndalang silib qo‘yishni buyurdim, keyii kengash boshladim. Kengash ko‘pga cho‘zilmadi. Hamma oldinga yurish xavfli, degan fikrni quvvatladi. Men bir necha kishini olib, piyoda ekspediyatsiga boradigan, boshqalar chanalar bilan shu yerda qoladigan bo‘lishdi. Viz nima gapligini aniqlab qaytamiz, keyin hammamiz «quyosh ustuni» ni aylanib o‘tib, poygani davom ettiramiz degan qarorga keldik.

Biz to‘xtagan joyda termometr sakkiz daraja issiqni ko‘rsatib turardi. Binobarin, po‘stinlarimizni yechib, ov etiklari va charm kostyumlar kiyib oldik, o‘zimiz bilan bir oz oziqovqat, asbob-uskunalar olib yo‘lga tushdik.

Bu yo‘l juda mashaqqatli bo‘ldi. Avvaliga oyoqlarimiz ho‘l. qorga botib ketaverdi, keyin loy kechishga to‘g‘ri keldi. Biz ariq va botqoqliklar, kichkina ko‘llarni aylanib o‘tishga majbur bo‘ldik. Baxtimizga, balchiqzor u qadar keng emas ekan. Ko‘p o‘txmay ko‘m-ko‘k o‘t va gullar bilan qoplangan quruq «sohil» ko‘rinib qoldi.

— Qutb doirasi ortida dekabrning oxirida — yog‘du, issiqlik va ko‘kat. Quloqlarimni ishqalang, sal o‘zimga kelay! — xitob qildi hamrohim.

— Lekin bu bahor emas, qahraton qutb okeani o‘rtasidagi qandaydir g‘aroyib ko‘klam orolchasi, — dedi ikkinchi hamrohim. — Agar haqiqiy bahor bo‘lganda edi, bu yerdagi hamma botqoqlik va ko‘llarda son-sanoqsiz parranda va qushlarni ko‘rgan bo‘lardik.

Kinooperatorimiz apparatini o‘rnatib, surat olish harakatiga tushib qoldi. Ammo shu payt shamol ko‘tarilib, uni apparat-mapparati bilan yerga ag‘dardi. Kinooperatorning kattakon jun sharfini shamol chirpirak qilib osmonga uchirib ketdi.

Dovul tobora zo‘rayar va bizni qadam bosgani qo‘ymasdi. Bu yerda, endi shamolning aniq yo‘nalishi ham yo‘q edi: u goh ro‘paradan, goh orqadan kelib urilar, goh quyunday aylanib, osmonga uchirib ketay derdi. Aftidan, biz sovuq havo oqimi bilan issiq oqim to‘qnashib, girdob hosil bo‘layotgan nuqtaga tushib qolgan edik. Bu «Quyosh ustuni» ta’sirida paydo bo‘lgan bo‘ron chegarasi edi.

Biz endi tik turib emas, balki jonholatda bir-birimizga yopishib, loy ustida emaklab borardik…

Nihoyatda holdan toyib, oxiri quruq yerga chiqib oldik, bu joy butunlay osoyishga edi. Jazirama yoz kuni yerdan ko‘tariladigan hovurday, iliq tuproqdan yengil bug‘ ko‘tarilardi. Harorat yigirxuga darajaga yetgan edi.

Bir necha minut ichida kiyimlarimiz qurib, tugmalarimizni yechib tashladik. Bahor yozga aylandi.

Sal narida ko‘m-ko‘k o‘t, rang-barang gullar va mayda qutb qayinlari bilan qoplangan kichkina tepalik ko‘rinib turardi. Atrofda hayotbaxsh nurdan bahra olib kapalaklar, chivin va pashshalar uchib yurardi.

Biz tepalikka chiqdigu hayratdan qotib qoldik. Ko‘rganlarimiz sarobga o‘xshardi.

Qarshimizda bugdoyzor chayqalib turibdi. Ayrim paykallarda kungaboqar, makkajo‘xori bo‘y cho‘zgan. Uning ortida — karam, bodring, lavlagi, pomidor ekilgan paykallar, qulupnay va zemlyanika pushtalari. Undan narida esa — butali ekinlar, smorodina, krijovnik va hatto uzum boshlari oltinday tovlanib turgan tokzor. Butazor orqasida — mevali daraxtlar: nok, olma, olcha, olxo‘ri, undan narida — mandarin, o‘rik, shaftoli va nihoyat, vohaning markaziy qismida, aftidan u yerda harorat juda baland bo‘lsa kerak, apelsin va limon daraxtlari, kofe, kakao va choy butalari o‘sib yotardi.