Выбрать главу

Bu xabarni eshitib, darrov Tonyani esladim. Uni balki uzoq muddatga tashlab ketarman. Mensiz uning holi nixma kecharkin…

— Biologning nima keragi bor? — so‘radim men, — Oy butunlay o‘lik sayyora-ku.

— Shunday deb o‘ylash mumkin. Ammo-lekin… Yaxshisi, bu haqda astronomimiz bilan gaplashing, uning o‘z taxminlari bor. — Direktor kulimsiradi. — Chol bir oz telbaroq. Uning bitta falsafasi — «Harakat falsafasi» bor. Gapiraverib sizni charchatib qo‘ymasa deb qo‘rqaman. Lekin o‘z sohasining juda yirik olimi. Iloj qancha? Qariganda ba’zi odam sergaproq bo‘ladi deyishadi. Hozir Tyurinning oldiga borib, u bilan tanishasiz. G‘alati chol. Faqat hadeb falsafa sotishiga yo‘l qo‘ymang.

Direktor qator tugmachalardan birini bosdi.

— Kramer bilan tanishsiz. Hozir chaqiraman, u observatoriyaga kirishda sizga yordam beradi. Yedingizda bo‘lsin, u yerda hozirgi arzimas ogirlik kuchi ham yo‘q.

Kramer uchib kirdi. Direktor unga hamma gapni tushuntirdi, Kramer bosh irg‘ab, meni yetaklab oldi. Biz yo‘lakka chiqdik.

— Bu galgi uchishda sayyorlararo bo‘shliqda mustaqil harakat qilishni o‘rganib olishga tirishaman, — dedim men.

— Ma’qullayman! — dedi Kramer. — Hozir biz oldiga boradigan chol badjahlroq. Sirkasi suv ko‘tarmaydi. U falsafaga tushib ketganda gapini bo‘la ko‘rxmang. Aks holda avzoyi buzilib, Oyga yetguncha yo‘l bo‘yi. tutun qaytaradi. Umuman olganda esa ajoyib kishi. Biz uni yaxshi ko‘ramiz.

Men ikki o‘t orasida qoldim. Direktor, falsafa sotishiga yo‘l qo‘ymang, degan edi. Kramer, keksa astronom-faylasufni ranjitmang, deydi. Ustomonlik qilishga to‘g‘ri keladi.

XI. URGIMCHAK OLIM

Fazoviy kostyumda, orqamizga ixcham raketa-jildlar osib atmosfera kamerasidan o‘tdik, eshikni ochib tashqariga chiqdik. Havosiz bo‘shliq qa’riga uchib ketish uchun oyoqni salgina turtish kifoya qilardi. Ko‘kda yana «yer to‘lishgan» payt edi. Ulkan, yaltiroq Yer gardishi osmon ufqining yarmini egallab turardi: «Yuz o‘n ikki gradus», deb tushuntirdi Kramer.

Men Yevropa va Osiyo shaklini, oppoq bulut bilan qoplangan shimolni ko‘rdixm. Shimoliy qutb dengizlaridagi muzlar yarqirardi. Osiyoning qop-qora toglari orasida qor cho‘qqilari oqarib turibdi. Quyosh Baykal ko‘lida jilva qiladi. Uning qiyofasi juda aniq ko‘zga tashlanadi. Ko‘xm-ko‘k dog‘lar oralab kumushrang Ob va Yenisey daryolari ilonizi bo‘lib cho‘zilib ketgan. Kaspiy, Qora va Urta dengizlari aniq ko‘rinyapti. Eron, Arabiston, Hindiston, Qizil dengiz va Nil daryolari haxm «xmanaman» deb turibdi. G‘arbiy Yevropaning shakli esa alkash-chalkash. Skandinaviya yarixm orolini bulut qoplagan. Afrikaning g‘arbiy va janubiy qisxmi haxm yaxshi ko‘rinmaydi. Hind okeanida Madagaskar noaniq, chaplangan dogga o‘xshaydi. Tibet tiniq ko‘rinadi, lekin Osiyoning sharqiy qisxii tuxman ichida. Sumatra, Borneo, Avstraliyaning garbiy sbhillari oqarib ko‘rinadi… Yapon orollari bazo‘r ko‘zga chalinadi. Ajabo! Men bir vaqtning o‘zida Yevropaning shixmolini na Avstraliyani, Afrikaning sharqiy sohillari hamda Yaponiyani, qutb dengizlari va Hind okeanini ko‘rib turardixm. Odamlar hali hech qachon bir qarashda bu qadar ulkan Uaydonni ko‘zlari bilan ilg‘ab ololmaganlar. Agar Yerda har gektar yerni ko‘zdan kechirish uchun bir sekunddan vaqt sarflanganda ham, butun Yer yuzini ko‘rib chiqish uchun to‘rt-besh yuz yil ketgan bo‘lardi — u shu qadar bepoyon.

Kramer bilagimni siqib, olisda porlab turgan nuqtani — qozir boradigan joyimizni ko‘rsatdi. Yer jamolidan ko‘z uzishga to‘gri keldi. Men Kets Yulduziga va to‘lin oyga o‘xshagan raketodromga qaradim. Juda olisda, osmon qa’rida qip-qizil yulduzcha goh yonar, goh so‘nardi. Darrov fahmladim: raketodromga Yerdan uchgan raketa yaqinlashyapti. Kets Yulduzi atrofida, zim-ziyo bo‘shliqda yaqii turgan yulduzlar ko‘p edi. Ularga razm solib, barining inson qo‘li bilan yaratilganiga ishonch hosil qildim. Bular direktor aytgan «yordaxmchi korxonalar» edi, men hali ularni bilmasdim Ko‘ichiligi yarqiroq silindr shaklida edi, lekin kub, shar, konus, piramida nusxalari ham bor edi. Ba’zi inshootlar qo‘shimcha qurilmalarga ega: ulardan tirsak, mo‘ri, gardishga o‘xshagan narsalar chiqib turibdi, bularning nimaga xizmat qilishini hali-hozircha bilmayxman. Ba’zi «yulduz» lardan vaqtivaqti bilan nur otilib chiqadi, «yulduz» larning bir qismi harakatsiz, ayrimlari asta suzib yuribdi. Bir-birining atrofida harakat qilayotganlari ham bor, aftidan ular ko‘rinmas sim yoki tros bilan bog‘langan bo‘lsa kerak. Bunday aylanma harakat natijasida, nazarimda, sun’iy tortishish kuchi hosil bo‘ladi.

Kramer yana diqqatimni tortdi, Observatoriyani ko‘rsatib, skafandrini menikiga yaqinlashtirdi va dedi:

— Tomosha qilishga ulgurasiz. Ko‘krakdagi halqani bosib turib, oting. Vaqt ziq.

Men halqani bosdixm. Orqaxmga bir narsa urildi-yu, umbaloq oshib ketdim. Ko‘z oldimda butun koinot aylana boshladi. Goh zangori Qo‘yosh, goh ulkan Yer shari, goh rang-barang yulduz sochilgan osmon bo‘shlig‘i ko‘rinadi menga. Ko‘zim tinib, boshim aylanib ketdi. Qayoqqa uchayotganimni, Kramerning qayerda qolganini ham bilxmasdim. Munday qarasam, to‘ppa-to‘g‘ri raketodroxm ustiga qulab tushyapman. Shoshib boshqa tugxmachani bosdixm» biqinimga turtki tekkach, chap tomonga qarab uchib ketdim. Juda og‘ir ahvolda qoldim! Eng xmuhimi, qo‘limdan hech narsa kelmasdi. Men tinimsiz buralar, aylanar, g‘ujanak bo‘lardim, lekin foyda chiqxmasdi. Nihoyat ko‘zimni chirt yumib, yana tugmachani bosdim. Orqaxmga yana turtki tegdi… Observatoriyani allaqachon ko‘zdan qochirgan edim. Pastda Yer ko‘kimtir jimirlab turardi. Uning cheti qoraya boshlagandi: qisqa tun yaqinlashmoqda edi.

O‘ng toxmonimda olov lipilladi, Kramerning raketasidan chiqqan bo‘lsa kerak. Yo‘q, endi behudaga otavermayman. Taxmom uxmidsizlikka tushib turgan paytimda birdan Kets Yulduzini ko‘rib qoldim, lekin u xmen taxxmin qilgan joyda exmas edi. Sevinganimdan o‘zimni yo‘qotib qo‘yib, shaxt bilan yana otdixm-u, haligidan battar umbaloq oshib ketdim. Yuragim qinidan chiqib ketayozdi. Bunaqa mashqlarni sirk o‘yinchilariga chiqazgan ekan… Shu payt oyog‘imga, keyin bilagimga bir narsa urildi. Nahot asteroid bo‘lsa?.. Agar kiyixmim yirtilgudek bo‘lsa, shu zahotiyoq bir parcha xmuzga aylanib qolaman, bo‘g‘ilib o‘laman. Etim jimirlab ketdi. Balki kostyumim teshilib, badanimga fazoviy sovuq kirayotgandir? Nafasim bo‘g‘ilayotganday tuyuldi. O‘ng qo‘lixmni nimadir qisdi. Skafandrimga bir narsa urildi-yu, shu on Kraxmerning bo‘g‘iq tovushini eshitdim:

— Xayriyat-e, nihoyat ushlab oldim sizni… O‘takamni yorib yubordingiz-ku. Men sizni bundan ko‘ra epchilroq, deb o‘ylagan edim. Iltimos, boshqa ota ko‘rmang. U yoqdan-bu yoqqa uchaverib qiynavordingiz. Ko‘zdan yo‘qotishimga sal qoldi. Unda tamom bo‘lardingiz.

Kramer meni chirmab tashlagan oq plashni olib tashladi. Quyosh nuri badanimga darrov harorat baxsh etdi. Garchi kislorod apparati joyida bo‘lsa ham, hayajondan zo‘rga nafas olardim. Kramer raketadan birinchi bor tushganimizdagi kabi xmeni qo‘lgiqlab olib, har tomondan ota boshladi. Biz olg‘a uchib ketdik. Darvoqe hech qanday harakat sezilmasdi, faqat haxmxma narsa o‘z o‘rniga tushib qolganini payqadixm. Kets Yulduzi haxm xuddi pastga qulab tushayotganga, observatoriya yulduzchasi esa shiddat bilan biz toxmonga uchib kelayotganga o‘xshardi. U daqiqa sayin kattalashib va ravshanlashib borardi.

Ko‘p o‘txmay observatoriyaning tashqi qiyofasi ko‘zga tashlandi. Bu g‘alati inshoot edi: to‘rt qirra, qirralarning har biri uch burchak shiklida. Uch burchakli bu piraxmidalar ustiga duxmaloq oynali kattakon metall sharlar o‘rnatilgan. Sharlar o‘zaro quvurlar bilan ulangan. Keyin bilishixmcha, bu quvurlar bir shardan ikkinchisiga o‘tish uchun yo‘lak vazifasini o‘tar ekan. Qar bir shardan teleskop-reflektorlar chiqib turibdi. Ulkan botiq oynalar sharlarga yengil alyuxmin dastalar bilan ulangan. Yerdagi teleskoplarda bo‘ladigan odatdagi truba «havo» teleskopida yo‘q. Bu yerda u kerak exmas: atmosfera yo‘q, binobarin, yorug‘likning sochilishi yuz berxmaydi. Katta! teleskoplardai tashqari sharlar ustiga nisbatan kichikroq astronoxmik asboblar: spektograflar, astrograflar, geliograflar o‘rnatilgan.