U raketaga sakramoqchi bo‘lgan edi, Sokolovskiy norozilik bilan bosh chayqadi:
— Bugunga yetadi, — dedi u. — Dam olish kerak.
— «Bugunga» deganingiz nimasi? — e’tiroz bildirdi Tyurin. — Oyning bir kuni Yerdagi o‘ttiz kunga baravar. O‘ttiz kun bir joyda qimirlamay o‘tiraverasizmi?
— Yo‘q, o‘tirmayman, — javob berdi Sokolovskiy murosaga kelib. — Ammo manavi jahannamdan chiqishda rulda siz o‘tirganingizda edi, mening ahvolimni tushungan va bunday taklif kiritmagan bo‘lardingiz.
Tyurin Sokolovskiyning horg‘in chehrasiga qarab, indamay qoldi.
Biz skafandrlardagi kislorod zapasini yangilab, bir-birimizdan ko‘pam uzoqlashmagan holda tevarak-atrofni ko‘zdan kechirishga qaror kildik.
Men yal-yal tovlanib turgan eng yaqin daraga qarab yo‘l oldym. U yerdagi qoyalar pushtirang va qizg‘ish tusda edi. Ana shu fonda to‘q ko‘k dog‘lar, aftidan boshqa jins qatlamlari bo‘lsa kerak, yaqqol ajralib turardi. Ranglar o‘zaro juda chiroyli birikib ketgan edi. Men tobora daraning ichkarisiga kirib borardim. Daraning bir devorini Quyosh ravshan yoritib turibdi, ikkinchi devorga esa nur qiya urilib, pastda ensizgina soya hosil qilgandi.
Kayfiyatim yaxshi edi. Kislorodning mast qiluvchi oqimi o‘pkamga quyilib turardi. O‘zimni g‘oyat yengil his qilardnm. Ba’zan bularning hammasini tushda ko‘rayotganday bo‘lardim. Maroqli, ajoyib tush!
Yen tomondagn daralardan birida mangu qotib qolgan ranglar «shalolasi» yarqirardi. Ular mening diqqatimni tortdi, darhol o‘ngga burildim. Keyin yana va yana burilishga to‘gri keldi. Nihoyat, daralarning butun bir yig‘indisi oldidan chiqib qoldim. Bu yerda adashib ketish hech gap emas edi, lekin men yo‘lni eslab qolishga harakat qilardim. Hamma yerda o‘sha dog‘lar. Yerug‘ joyda to‘q ko‘k tusda, soyaga o‘tilsa to‘q sariq, yarim ko‘lankada esa — och kulrang. Ajabo, ranglarning turlangani qiziq: axir oyda rangni o‘zgartiruvchi atmosfera yo‘q-ku. Men ana shunday dog‘larning biriga yaqinlashib, razm soldim. Yo‘q, bu tosh jinsi emas. U qabariq va mening nazarimda, namatday yumshoq edi. Bir toshga o‘tirib, dog‘ni ko‘zdan kechirishga tutindim.
Shu iayt, kutilmaganda, u soya joydan yorug‘ tomonga sal siljiganday tuyuldi. Ko‘zim aldayapti. Men unga juda uzoq tikilib qoldim. Fikran bir nuqtani belgilab, kuzatishda davom etdim. Bir necha minutdan so‘ng shubhaga o‘rin qolmadi: dog‘ o‘rnidan siljigan edi. U soya joydan chiqib, ko‘z oldimda ko‘k tusga kira boshladi.
Urnimdan sakrab turib, devor oldiga chopib bordim. Qoya qirrasiga tirmashib, yaqin turgan bir dog‘dan yumshoq, namatsimon parchani yulib oldim. U archa nusxa nozik iplardan iborat edi. Usimlik-ku! Ha, albatta o‘simlik-da! Oy yo‘sini. Mana sizga kashfiyot! Kulrang dog‘dan yana bir tutam yuldim. Bu tutam qupquruq edi. Uning ildiz tomoniga ko‘z yugurtirib, oxiri mayda so‘rg‘ichlar bilan tugovchi oqish «yong‘oqcha» larni ko‘rdim.
Biologik muammo. Ko‘rinishidan yo‘singa o‘xshaydi. Lekin so‘rg‘ichlari nimasi? «Ildizoyoqlar!» Qoya bo‘ylab Suyosh nuriga ergashib yura oladigan o‘simlik. Uning ko‘k tusdaligi, albatta, xlorofilldan. Nafas olish, namlik-chi? Ularni qayoqdan oladi?.. Men Kets haqidagi, sostavidan ham kislorod, ham suv ajratib olish mumkin bo‘lgan osmon toshlari to‘g‘risidagi gaplarni esladim. Albatta, Oydagi toshlarda ham birikkan holda kislorod bilan vodorod — havo va suv sostaviga kiruvchi elementlar bor. Nega bo‘lmas ekan?.. Axir Yerdagi o‘simliklar g‘oyat murakkab kimyoviy ishlab chiqarishga ega bo‘lgan ajoyib «fabrika» emasmi? Qurg‘oqchilik va jaziramadan tamom qovjirab keyin suvga solsang qaytadan ko‘karib ketadigan o‘simliklar Yerda yo‘qmi? Bor. Bu yerdagi o‘simliklar ham Oyning sovuq tunlarida uyquga ketadi. Quyosh chiqishi bilai «kimyoviy fabrika» harakatga kelib, hayot uchun zarur bo‘lgan hamma narsani ishlab chiqaraveradi. Ularning harakat qilishi-chi? Yerda ham bunday o‘simliklar yo‘q emas. Organizmning moslashish qobiliyati chegarani bilmaydi.
Men sumkamni yo‘singa to‘ldirdim-da, o‘z «boyligim» bilan tezroq maqtanishni o‘ylab xursand bir kayfiyatda izimga qaytdim.
Yen tomondagi daraning oxirigacha borib, o‘ngga, undan keyin yana o‘ngga burildim. Bu yerda men yarqirab turgan yoqut va olmoslarga duch kelishim kerak edi, lekin ularni ko‘rmadim… Orqaga qaytib, boshqa daraga burildim… Butunlay notanish joy!
Qadamni tezlatdim. Endi yurib emas, sakrab borardim. Jarlik chetiga yetganda hayratdan qotib qoldim. Qarshimda tamom ingi manzara ochilgan edi. Jarlikning narigi tomonida tog‘ tizmasi bo‘y cho‘zgan. Bir xil balandlikda uchta cho‘qqi alohida ajralib turibdi. Ular chaqmoq qandday yarqiraydi. Men bunaqa oppoq cho‘qqilarni umrim bino bo‘lib ko‘rgan emasman. Albatta, bu qor emas. Oyda qor yog‘maydi. Balki, bular bo‘r yoki gips tog‘laridir. Lekin gap tog‘da ham emas. Men butunlay adashib ketganimga ishonch hosil qildim.
Yuragimni vahima bosdi. Go‘yo birdan bu ajoyib Oy dunyosi menga ters o‘girilib oldi. U insonga naqadar yot edi shu tobda! Gul va ko‘katlari, son-sanoqsiz parranda va hayvonlari bo‘lgan bizning o‘rmonlarimiz, dala va yaylovlarimiz bu yerda yo‘q.
Bu yerda turli-tuman baliqlarga to‘la daryo va ko‘llar yo‘q. Oy shunaqa xasis, u odamga non ham, suv ham bermaydi. Yerda adashib qolgan kishi hech bo‘lmaganda o‘simlik ildizini yeb ham bir necha kun yashashi mumkin. Bu yerda-chi? Yalang‘och qoyalardan bo‘lak hech narsa yo‘q. Yo‘sinlar-chi? Ular qumday gap, ularni yeb bo‘lmaydi. Mabodo, atrofimda sut daryolari oqib yotganda ham baribir men ochlik va suvsizlikdan o‘lib ketgan bo‘lardim: axir skafandrimni yecha olmayman-ku.
Skafandr! Men uni eslab, xuddi vujudimni asriy muzlik chirmab olganday, titrab ketdim. Menga nafas olish va yashash imkonini beradigan butun «atmosfera» yelkamdagi kichkina ballonga joylashgan. U olti soatga yetadi; yo‘q, ozroq: kislorod zapasini yangilaganimdan beri ikki soat o‘tdi. Keyin nima bo‘ladi? Bo‘g‘ilib o‘laman… Kislorod zapasi va madorim qurimay turib, tezroq katta daraga chiqib olishim kerak!
Men yana orqamga qaytib, chigirtkaday sakrab ketdim. Yaxshi hamki bu yerda sakrash odamni Yerdagiday charchatmaydi…
Mana, dara ham tugadi. Qarshimda Quyosh nuri yoritib turgan, gilam yozilganday ko‘m-ko‘k yangi dara. Aftidan, soya joydagi hamma yo‘sinlar o‘rmalab chiqib olganga o‘xshaydi. La’nati yo‘sinlar! Ularni ko‘rishga ko‘zim yo‘q edi, lekin qayoqqa qaramay, ko‘k rang «manaman» deb turardi…
Balki bu o‘zim kelgan o‘sha daradir? Ko‘karib qolgani uchun taniyolmayotgandirman?
Yana burildim — qop-qorong‘i tor bir dara. Quyosh qizdirgan kostyumdan badanimga sovuq o‘tganday bo‘ldi. Yeki asablarim charchadimi?..
Endi qayoqqa yurish kerak? Orqada, ikki marta burilganingdan keyin, chuqur jarlik. Oldinda — zim-ziyo, tor dara.
Men behad darmonsizlanganimni his qildim, dag‘al bir toshga bo‘shashibgina o‘tirib qoldim. Birdan ostimdagi tosh qimirlab, o‘rmalab ketdi… Bir narsa chaqib olganday sapchib o‘rnimdan turdim. Asablarim g‘oyat notinch edi. Jonli tosh! Yangi jonivor! Yangi kashfiyot! Ammo shu daqiqada kashfiyot haqida o‘ylaydigan ahvolda emas edim. Urnimdan turdimu oldinga otildim.
Qayoqqa ketayotganimni hatto o‘ylamasdim ham. Ba’zan menga ballondagi kislorod tugayotganday, hali-zamon nafasim bo‘g‘ila diganday tuyulardi. Shunday paytlarda to‘xtab, ko‘kragimni ushlardim. Bu ham o‘tardi. Asablar, asablar! Mayli, nafas olishga yaroqsiz bo‘lsa ham, Oyda atmosfera bo‘lganda edi! Toshni birbiriga urishtirib, yordamga chaqirardim. Atmosfera orqali aks nur-raketa projektorlarining shu’lasi o‘tgan bo‘lardi. Darvoqe, hozir buning ham foydasi tegmasdi: ko‘kdan ko‘zni oluvchi quyosh nuri yog‘ilardi. Agar skafandrning ko‘kishtob oynasi bo‘lmasa ko‘r bo‘lib qolish ham hech gap emasdi.