Выбрать главу

Men xavotirlanib, seskanibroq vagonga o‘tirdim. Biz yo‘lga tushdik.

«Uchar poyezd» ning tezligi haqiqatan ham juda katta ekan. Deraza ortidagi manzara sariq-kulrang tusga kirgan. Faqat osmon ko‘m-ko‘k ko‘rinar, oppoq bulutlar esa shiddat biln orqaga uchar edi. Rostiii aytsam, bu yangi transport vositasining hamma qulayliklariga qaramay, qisqa safarimizning tezroq tugashini kutardim. Mana birdan ostimizda daryo yaraqlab qoldi, ko‘priksiz bu daryodan ko‘z ochib-yumguncha sakrab o‘tib ketdik. Men dodlab beixtiyor o‘rnimdan turib ketdim. Mening bu qadar qoloqligimni ko‘rib, yo‘lovchilar xaxolab kulib yuborishdi. Tonya bo‘lsa quvnab chapak chalar va:

— Mana bu menga yoqadi! Buni tezlik desa bo‘ladi! — derdi.

Men entikkancha derazadan tashqariga qarab-qarab qo‘yardim: bu yakrang manzara qachon tugarkin?

Andijonga yetkanimizda men rahm-shafqat so‘radim. Shuncha mashaqqatlardan keyin bir oz dam olish kerak-ku, axir. Ammo Tonya buni eshitishni ham xohlamasdi. U hamon qaynab-toshib turardi.

— Butun grafikni buzib yuborasiz. Men hamma narsani mi nutigacha hisobga olganman.

Shunday qilib, biz yana xuddi yov quvganday aerodromga qarab yugurdik.

Andijondan O‘shgacha oddiy aerotslanda uchdik. Uning tezligi ham chakana emas — soatiga to‘rt yuz ellik kilometr — lekin, bu uchish ham Tonyaga toshbaqa yurish bo‘lib tuyuldi. Baxtga qarshi, motor xirillab, yerga qo‘nishga majbur bo‘ldik. Bortmexanik motorni tuzatguncha, kabinadan chiqib, qum ustiga cho‘zildim. Lekin qum haddan tashqari issiq edi. Quyosh ayovsiz olov purkardi, binobarin, yana dim kabinaga qaytib kirishga to‘g‘ri keldi.

Terga pishib o‘tirarkanman, sayohatimizni ich-ichimdan so‘kar va Leningradning huzurbaxsh mayin yomg‘irini orzu qilardim.

Tonya Ushdan uchadigan dirijablga kechikishdan ko‘rqib, asabiylashardi. Baxtga qarshi, kechikmadik, dirijabl uchishidan yarim soat ilgari aerodromga kelib ko‘ndik. Taram-taram po‘latdan yasalgan bu bahaybat metall qush bizni Kets shahriga eltib qo‘yishi kerak edi. Biz dirijabl turgan machta yoniga chopib borib, liftda tezlik bilan yuqoriga ko‘tarildik va gondola ichiga kirdik.

Dirijabldagi sayohat menda iliq xotira qoldirdi. Gondola kayutalari salqin, hammavaqt shamollatib turilarkan. Tezlik — soatiga bor-yo‘g‘i ikki yuz yigirma kilometr. Silkinish ham, chayqalish ham, chang-chung ham yo‘q. Biz shinam kayut-kompaniyada yaxshilab ovqatlandik. Ovqat ustida Oloy, Qorako‘l, Xorog kabi talay yangi so‘zlarni eshitdim…

Pomir yuqoridan menda noxush taassurot qoldirdi. Bu «dune tomi» ni «o‘lim supachasi» deb bejiz aytishmagan. Muz daryolari, tog‘lar, daryolar, har xil tepaliklar, qop-qora tosh tishlari chiqib turgan qor devorlari — bari motamsaro. Faqat olisda, juda pastda yashil yaylovlar ko‘zga tashlanadi.

Bir yo‘lovchi alpinist ko‘kimtir muz bilan qoplangan tog‘ni ko‘rsatib, Tonyaga tushuntirib borardi:

— Mana bu tekis muzlik, anovinisi ignasimon, narigisi gadir-budur, undan narida to‘lqinsimon, zinapoyali…

Birdan ko‘l sathi yarqirab ko‘rindi…

— Qorako‘l. Dengiz sathidan uch ming to‘qqiz yu’ to‘qson myotr llandda, — dedi alpinist.

— Qarang, qarang! — deb qoldi menga Tonya.

Pastga qaradim. Oddiy ko‘l. Yarqirab turibdi. Toiya esa gaavqavqdan entikadi.

— Qanday go‘zal!

— Ha, ajoyib ko‘l, — dedim men ham Tonyani rangjitmaslik uchun.

III. MEN IZQUVARGA AYLANDIM

Mana, nihoyat, pastlay boshladik. Dirijabldan butun shahar ko‘rinib turibdi. U qor cho‘qqilari orasidagi juda uzun, ensiz, baland tog‘ vodiysiga joylashgan. Vodiy g‘arbdan sharqqa qarab cho‘zilib ketgan. Shaharga yaqinlashganda esa kengayadi. Vodiyning janub tomonida kattakon tog‘ ko‘li bor. Alpinistning aytishicha, u juda chuqur emish.

Ikki yuzga yaqin uyning yasei tunuka tomlari yarqirab turibdi. Tomlarning ko‘ni alyuminday oppoq, lekii qoralari ham bor. Togning shimoliy yonbag‘rida gumbazli ulkan bino qad ko‘targan, aftidan, observatoriya bo‘lsa kerak. Turar joylarningorqasida fabrika binolari ko‘zga tashlanadi.

Biz qo‘nadigan aerodrom shaharning garb tarafida ekan, sharq tomonda esa qandaydir juda enlik g‘alati temir yo‘l. U vodiyning oxirigacha cho‘zilgan, nazarimda o‘gaa yerda uzilsa kerak.

Nihoyat, yerga qo‘ndik.

Mehmonxonaga ketyapmiz. Shaharni tomosha qilishga hol yo‘q: yo‘l ezib tashlagandi. Tonya ham rahmdillik qilib menga ruxsat berdi. Botinkalarimni yechib, keng divanga cho‘zildim. Oh-oh! Qanday rohat! Har turli tezyurar mashinalarning motoridan boshim hanuz guvillardi, ko‘zlarim yumilib ketyapti. Endi bir miriqib Dam olatan-da!

Eshikni birov tiqillatganday bo‘ldi. Yo haliyam boshim guvillayaptimikin?.. Yo‘q, rostdanam tiqillatishyapti. Topgan vaqtlarini qarang-a.

— Kiring! — dedim achchiq bilan va divandan sakrab turdim.

Ostonada Tonya ko‘rindi. U mendan xabar olgani kirganga o‘xshaydi.

— Qalay, yaxshi dam oldingizmi? Yuring endi, — dedi u.

— Qayoqqa? Nega? — dedim qattiq-qattiq gagshrib.

— Qayoqqa bo‘lardi? Bu yerga nima uchun keldik?

Ha, ha. Qorasoqolli kishini qidirish uchun kslganmiz. Tushunarli… Lekin hozir kech bo‘lib qoldi-ku, yaxshisi ertalabdan boshlasak bo‘lmasmikin. Birok, qarshilik qilish befoyda edi. Indamay Leningradda kiyadigan yengil paltomni yelkamga tashladim, ammo Tonya g‘amxo‘rlik bilan ogohlantirdi:

— Po‘stinni kiying. Bir necha ming metr balandlikda turganimizni unutmang. Quyosh ham allaqachon botgan.

Men po‘stinimni kiydim, biz ko‘chaga chiqdik.

Muzdek tog‘ havosi dimog‘imga urilib, nafasim bo‘g‘ila boshladi. Tonya mening qiynalayotganimni ko‘rib, tushuntirdi:

— Siz siyrak tog‘ havosiga o‘rganmagansiz. Hechqisi yo‘q, tez o‘tib ketadi.

— Qiziq, mehmonxonada buni sezmagan edim-ku, — dedim ajablanib.

— Mehmonxonadagi havo kompressor orqali sun’iy ravishda quyuqlashtirilgan, — javob berdi Tonya, — tog‘ havosini hamma ham ko‘tara olmaydi. Ba’zklar butunlay ko‘chaga chiqishmaydi, ular bilan xonada konsultatsiya ochib boriladi.

— Afsus, bu imtiyoz qorasoqolli kishilarni qidiruvchi mutaxassislarga berilmas ekan-da! — deb kesatdim hazil aralash.

Biz toza, yaxshi yoritilgan shahar ko‘chalari bo‘ylab yurib borardik. Dunyodagi eng tekis va eng mustahkam tosh ko‘cha shu yerda — boshdan-oyoq tabiat silliqlagan va tabiat pardozlagan granitdan qurilgan.

Qarshimizdan qorasoqolli kishilar tez-tez chiqib turardi: aftidan, aholi orasida janubliklar ko‘pga o‘xshaydi.

Tonya har qadamda yengimdan tortar va:

— Shu emasmi? — deb so‘rardi.

Men g‘amgin bosh chayqardim. Shunday qilib, ko‘l bo‘yiga borib qolganimizni ham sezmabmiz.

Birdan sirenaning chinqirig‘i eshitildi. Sado atrofga taralib, cho‘chib uyg‘ongan tog‘lardan hazin aks sado qaytdi. Havoda qandaydir yurakni muzlatadigan ohang suzardi.

Sohil bo‘ylab ravshan chiroqlar yondiyu ko‘l yarqirab, xuddi olmos gardishli ko‘zguga o‘xshab qoldi. Chiroqlar ketidan o‘nlab qudratli projektorlar o‘zlarining moviy nurlarini musaffo osmonga qadashdi. Sirenaning Ovozi o‘chdi. Tog‘dagi aks sado ham tindi. Ammo shahar oyoqqa turgan edi.

Ko‘lda sohil bo‘ylab tezyurar kater va gliyerlar suzib yurardi. Odamlar to‘dasi ko‘l tomon oqib kela boshladi.

— Qayoqqa qarayapsiz? — deb qoldi birdan Tonya.

Bu ovoz menga yana o‘zimning dardisar vazifamni eslatdi. Men ko‘l va chiroqlarga shartta orqamni o‘girib, to‘da orasidan soqolli kishilarni qidira boshladim.