Выбрать главу

Nihoyat, halqada Yevgenyev paydo bo‘ldi. Men uni darrov tanidim.

— Xo‘sh, bir ko‘rishda tanirmiding uni? — deb so‘radim Tonyadan. Tonya jilmaydi.

— Soqolsizlar orasida — tanirdim, lekin o‘ziga o‘xshagan soqol qo‘yganlar orasida bo‘lsa, tanish qiyin. Aerodromga ketayotgan paytida bir ko‘zim tushgandi, xolos.

Yevgenyev gap boshladi. Birinchi so‘zlarini eshitiboq Tonyaning rangi oqarib qetdi.

— Senga nima bo‘ldi? — deb so‘radim o‘takam yorilib.

— Axir bu Paley-ku! Ovozi o‘shaniki… Qanday o‘zgarib ketibdi-ya! Paley-Yevgenyev… tushunolmay qoldim!

Mening rangim Tonyanikidan ham oqarib ketgan bo‘lsa kerak: bu yangilik meni qattiq hayajonga soldi.

— Gapirib bo‘lganidan keyin oldiga boramiz! — dedi Tonya qat’iy ohangda, — Balki, bir o‘zing borganing ma’quldir? Gaplaring yig‘ilib qolgan harholda.

— Bizning oramizda sir yo‘q, — javob berdi Tonya. — Shunaqa bo‘lgani yaxshi. Yur!

Qarsaklar tinib, qorasoqol «stol» dan nari ketishi bilan Tonya ikkovimiz uning oldiga qarab yurdik.

Majlisning tantanali qismi tugayozgan edi. «Pashsha galasi» harakatga keldi. Orkestr kuy boshladi. Hammamiz jo‘r bo‘lib «Yulduz gimni» ni ijro etdik. Gullar karnavali boshlandi.

Olomon orasidan bazo‘r o‘tib, nihoyat Paleyga yaqinlashdik. U Tonyani ko‘rib kuldi, va:

— Nina! O‘rtoq Artemyev! Salom! — deb qichqirdi.

— Tinchroq joyga o‘taylik. Sen bilan gaplashishim kerak, — dedi Tonya Paleyga va havoda uchib yurgan bir tutam xushbo‘y binafshani ilib oldi.

— Mening ham gaplarim bor, — javob berdi Paley.

Biz zalning narigi burchiga qarab jo‘nadik, lekin u yer ham shovqin edi. Tonya kutubxonaga o‘tishni taklif qildi.

Paley-Yevgenyevning kayfiyati yaxshi edi. U bizni, garchi zarurati bo‘lmasa ham, stulga o‘tirishga taklif qildi. O‘zi nihoyatda chaqqonlik bilan havoda suzib yurgan stulni ilib olib, ostiga qo‘ydi. Biz ham shunday qildik, lekin unga yetishishimpg ga ancha bor edi. Tonya yonboshlab qoldi — Paley uning stulkchk o‘ziniki bilan yonma-yon qo‘ydi. Men oyog‘im osmonda bo‘lib, ularning oldida boshim bilan turib qoldim, lekin o‘zimning qo‘pol harakatlarim bilan Paleyga kulgi bo‘lmaslik uchun holatimni o‘zgartirmadim.

— Shunday tursam qiziqroq bo‘ladi, — dedim men.

Talay vaqtgacha hech birimizdan sado chiqmadi. Paleyning ko‘rinishi quvnoq bo‘lishiga qaramay, hayajonlanayotgani sezilib turardi. Tonya haqida ham shunday deyish mumkin. Mening ahvolim esa ularnikidan battar edi. Rost gap, ularning gapini eshitmaslik uchun jon deb nari uchib ketgan bo‘lardim. Paley men tomonga bosh irgab, Tonyadan:

— O‘rtoq Artemyev qallig‘ingmi? — deb so‘raganida yana ham noqulay ahvolga tushdim.

Nazarimda qulab ketayotganday bo‘ldim. Lekin, yaxshiyamki, odam hushdan ketganda ham bu yerda qulamaydi. Tonya nima derkin? Men unga qattiq tikilib qolgan edim.

— Ha, — deb javob berdi u ikkilanmay.

Men yengil tortib, havo stulida o‘zimni tetikroq his qildim.

— Men adashmabman, — dedi sekin Paley, uning ovozida ma’yuslik bor edi chamamda.

Demak ularning o‘rtasida ilmiy manfaatdan bo‘lak narsa ham bor, deb o‘ylab adashmagan ekanman.

— Sening oldingda gunohkorman, Nina… — dedi Paley bir oz jimlikdan so‘ng.

Tonya ma’qullab bosh silkidi.

Paley menga qaradi.

— Biz — o‘rtoqlarmiz, — dedi u, — o‘rtoqlar bilan esa ochiqchasiga gaplashaverish mumkin. Men seni yaxshi ko‘rardim, Nina… Sen shuni bilasanmi?

Tonya boshini quyi egdi.

— Yo‘q.

— Ishonaman. O‘z hislarimni yashirishni bilardim. Sen-chi? Sen menga qanday qararding?

— Men uchun sen do‘st va hamkasb o‘rtoq eding.

Paley bosh silkidi.

Bu masalada ham xato qilmabman. Sen ishga berilib ketding. Men bo‘lsam o‘z o‘timda o‘zim qovrildim! Uzoq Sharqqa jo‘nash haqidagi taklifni qanday quvonch bilan qabul qilganim yodingdami? Men o‘ylovdimki, agar sen yonimda bo‘lmasang…

— Ishimiz eng qiziq joyida to‘xtab qolganidan qattiq ranjidim. Hamma yozuvlarni sen qilayotgan eding. Formulalar ham senda edi. Ularsiz men hech narsa qilolmasdim.

— Faqat ana shu formulalarni deb meni yeru ko‘kdan izlab yuribsanmi?

— Ha, — javob berdi Tonya.

Bu gal Paley yurak-yuragidan kuldi.

— Mayli, hammasi yaxshilikka bo‘lsin. Siz hamma narsaga tez beriladigan odamsiz, deb menga ko‘p ta’na qilganean, Nina. Hayhot! Bu mening kamchiligim, lekin ayni vaqtda fazilatim ham… Ana shu ishqivozligim bo‘lmasa, bugun Parxomenko aytgan ishlarni qilolmagan bo‘lardim. Darvoqe, hammamizni mukofotga taqdim qilishmoqchi. Bu mukofot ham ishqivozligim evaziga… Shunday qilib, — davom etdi u, — Uzoq Sharqqa jo‘nab ketdim va u yerda… Sonyani sevib qoldim, unga uylandim, hozir ajoyib qizcham bor. Hotinim bilan qizim Yerda, yaqinda bu yoqqa kelishadi.

Men yana ham yengil tortdim.

— Nega sen Yevgenyev bo‘lib qolding? Yevgeniy Yevgeiyev? — so‘radi Tonya.

— Yevgeniy Yevgenyev — bu tasodif. Sonyaning familiyasi — Yevgenyeva. U juda g‘alati-da. «Nega sen mening familiyaga o‘tmaysan?» deb qoldi ZAGSga borishdan oldin. «O‘tsam o‘taveraman-da», deya rozi bo‘ldim men ham. Paleyga achinmayman: u hamma narsaga ishqivoz odam. Ishni eng qiziq joyida tashlab ketaveradi… Balki, Yevgenyev durustroq xodim bo‘lar?

— Nega yozuvlarni menga jo‘natib yubormading?

— Birinchidan, shu qadar baxtiyor edimki, hamma narsani unutib yubordim. Ikkinchidan, o‘zimni sening oldinda gunohkor his qilardim. To‘satdan jo‘nab ketganimdan keyin Leningradda ikki marta bo‘ldim. Bir gal seni o‘rtoq Artemyev bilan ko‘rdim. Uning familiyasini aytib chaqirganingni eshitganman. Darrov o‘rtalaringizdagi munosabatni tushundim. U paytda Kets sistemasida ishlay boshlagan edim, yangi ish meni butunlay o‘ziga rom qilib qo‘ygan edi. Men faqat osmon tashvishi bilan yashardim. Sen bilan boshlagan ishimizga, rost gap, tamoman qiziqmay qo‘ydim. Yezuvlarni senga qaytarishim kerakligini bilardim… Shu orada o‘rtoq Artemyevni ko‘rib qoldim. Lekin juda tig‘iz payt edi. Leningraddan uchib ketishimizdan bir soatgina oldin to‘satdan telegramma kelib qoldi. Unda Leningrad zavodlari chiqargan ba’zi bir yangi fizik uskunalarni xarid qilish topshirilgan edi. Sherigim bilan olinadigan narsalarni taqsimlab, Uchinchi Iyul ko‘chasi bilan Yigirma Beshinchi Oktabr ko‘chasi mutolishida uchrashishga kelishdik. Shuning uchun ham adresimni aytishga ulgurmay, shoshilinch jo‘nab ketdim. Faqat: «Pomir, Kets!» — deb qichqirishgagina ulgurdim. Pomirga kelgandan keyin esa ish bian o‘ralashib qoldim. Keyin Kets Yulduziga uchib ketdim, bu yerdan esa — sayyoralararo sayohatga… Bor gap shu. Aybdorman, g‘oyatda aybdorman!

— Qani o‘sha yozuvlar! — deb xitob qildi Tonya.

— Faqat stuldan uloqtirib yuborma, chilparchin bo‘lib ketaman, — dedi kulib Paley. — Hayhot! Hayhot! Buning uchun osmonga uchib chiqishing shart emas edi. Yezuvlar Leningradda, senga deyarli qo‘shni turadigan singlimnikida qolgan.

— Ikki enlik xat yozib yuborsang bo‘lmasmidi! — dedi Tonya ta’na bilan.

— Egilgan boshni qilich kesmas, — dedi Paley-Yevgenyev, qopqora sochli boshini Tonya oldida xam qilib.

Tonya jilmayganicha barmoqlarini uning quyuq sochlari orasiga suqib yulqiladi. Bu harakatdan ikkovlari ham charxpalak bo‘lib ketishdi.

— Senga mukofot berish kerak emas, aksincha, jazolash kerak!

— Nimaga jazo berishsa, shunga mokofot ham berishadi, — deb e’tiroz bildirdi Paley kulib.

Tonya birdan menga o‘girilib, dedi:

— Endi Yerga uchamiz, Lenya!