Выбрать главу

Ayzek Azimov

Koinot oqimlari

Ilmiy-fantastik roman

MUQADDIMA. BIR YIL ILGARI

Yerlik odam bir qarorga keldi. Bu qaror asta-sekin pishib yetilgani uchun juda qatiy edi.

Mana necha haftadirki, u qadrdon kemasini tashlab bu yoqlarda yuribdi. Hozir u o‘ziga doim el bo‘lgan, qop-qora va sovuq fazoga boqishsan ham mahrum. U Yudsuzlararo Koinot Tadqiqoti Byurosiga shoshilinch xabar bermoqchi, so‘ng darrov iziga qaytmoqchi edi. Biroq, bu yerda ancha ushlanib qoldi. U o‘zini dushman qo‘liga tushgan asirdek his etardi.

U choyini oxirigacha ichdi-da, stolning narigi tomonida o‘girgan odamga yuzlandi:

— Bo‘ldi, men bu yerda ortiq qololmayman!

U kishi ham bir qarorga kelgandi. Qaror esa asta-sekinlik bilan pishib yetilgani uchun juda qat’iy edi. Vaqt kerak, juda ko‘p vaqt kerak. Yuborilgan xatlarga hamon javob yo‘q. Demak, Yerlik odamni qo‘ldan chiqarmaslik zarur. U cho‘ntagidagi qora rangli silliq sterjenni ushlab ko‘rdi.

— Siz bu muammoning o‘ta nozikligini sezmayapsiz, shekilli?

— Gap butun boshli sayyoraning yo‘qotilishi haqida ketyapti, — e’tiroz bildirdi Yerlik. — Shuning uchun, siz bir gaini Sarkka, unda yashayotganlarga yetkazishingizni istayman.

— Biz bunday qila olmaymiz, vahima ko‘tarilishi mumkin.

— Lekin, siz va’da bergansiz.

Men yana o‘ylab ko‘rdim. Hozirgina tushundimki, bu aslo mumkin emas ekan.

— YUKTB vakili-chi, u hali yetib kelmadimi? — bir ozdan so‘ng so‘radi Yerlik.

— Yo‘q. Ular zarur chora-tadbirlarni ko‘rish bilan ovoralar. Yana bir-ikki kun…

— Yana bir-ikki kun?! Nahot, ular shunchalik bandlarki, men uchun bir necha daqiqa vaqt ajrata olmaydilar? Ular, hatgo mening hisob-kitoblarimni ko‘rganlari yo‘q.

— Sizga, o‘sha hisob-kitoblaringizni menga bering, ularga o‘zim ko‘rsataman degavdim. Siz esa rozi bo‘lmadingiz.

— Hali ham rozi emasman. Ular mening oldimga kelishsin, yoki men o‘zim boray o‘sha yoqqa. Siz Florinaning halokatga uchrashiga ishonmayapsiz, shekilli.

— Men sizga ishonaman. Behuda qizishmang.

— Nega qizishmas ekanman?! Buning hech hayron qoladigan joyi yo‘q! Siz, bu odam haligiday bo‘lib qolgan, unga koinot ta’sir qilgan, deb o‘ylayapsiz! Meni esi og‘ganga chiqaryapsiz!

— Qo‘ysangiz-chi, bekor gap!

— Tilyog‘lamalik qilmang. Men, xuddi mana shuning uchun ham YUKTB dagi biror kimsa bilan uchrashishim kerak, Mening aqldan ozgan-ozmaganligimni ana o‘shalar hal qiladilar.

— Siz kasalsiz. Sizga yordam zarur.

— Yo‘q. Yordamingiz o‘zingizga buyursin! — jazavaga tushib qichqirdi Yerlik. — Men hozir ketaman. Agar meni ushlab qolmoqchi bo‘lsangiz, faqat o‘ldiribgina niyatingizga yetasiz. Lekin, bunga haqqingiz yo‘q. Agar mening jonimga qasd qilsangiz, Florina aholisi qonining gunohi sizning gardaningizga tushadi!

— Men sizni o‘ldirmayman!

— Unda nima, bog‘lab qo‘ymoqchimisiz? Yoki qamoqqa tiqasizmi? Niyatingiz ma’lum? Lekin, bilib qo‘ying, YUKTB meni qidira boshlasa, qiyin ahvolga tushib qolasiz. Men vaqti-vaqti bilan ma’lumot yuborib turishim kerak.

— Siz bexavotir joyda, ya’ni menikida ekanligingizni Byuro biladi.

— Biladi deyapsizmi? Aynan shu sayyoraga qo‘nganligimni ham biladi dersiz? Mening yuborgan ma’lumotlarim yetib ham bormagandi…

Uning boshi aylanar, vujudi titray boshlagandi.

Suhbatdoshi o‘rnidan turdi. U katta stolni aylanib o‘tib, Yerlikka yaqinlasha boshladi. So‘zlari haddan ziyod muloyim edi.

— Men faqat sizning foydangizni ko‘zlayapman.

Uning qo‘lida qora sterjen paydo bo‘ldi. Yerlikning ovozi bo‘g‘iq chiqsi:

— Ruhiyat zondi-ku!

U o‘rnidan turmoqchi bo‘ldi, lekin qimirlashga majoli yetmadi. Tirishib qolgan tipshari orasidan arang tovush chiqardi:

— Giyohmi?

— Ha, choyga giyoh soldim, — tasdiqladi narigi kishi. — Menga qarang. sizga ziyon-zahmat yetkazish niyatim yo‘q. Biroq, siz qattiq hayajonlanib xavotirga tushgansiz. Men vujudingizdagi xavotirlik hissini yo‘qotaman, xolos. Faqag xavotirlikni.

Yerlik gapira olmaydigan holga tushdi. U faqat o‘tira olardi. Tili akashak bo‘lganday qotib qolgan, biroq miya hali ishlardi. «Yo Buyuk Koinot, men ne holga tushdim». U baqirishni, qochib ketishni istar, lekin qo‘lidan hech narsa kelmasdi.

Narigi kishi unga yaqinlashdi. U Yerlikka yuqoridan boqib turardi. Yerlik ham unga qaradi. Uning ko‘zlari es-hushli odamga xos xususiyatini hali yo‘qotmagandi,

Ruhiyat zondi avtomatik qurilma edi. Uning bir uchi bosh suyakning ma’lum nuqtalariga tekkiziladi-da, ishga tushiriladi. Yerlik ko‘zlari shishadek qotib qolguncha dahshat bilan qarab turdi. U hatto bosh suyagining ayrim joylariga o‘gkir va ingichka simlar suqulganini ham sezmadi.

U xayolan qichqirardi:

«Nahotki, siz tushunmayapsiz! Bu axir, inson yashaydigan makon-ku! Yuz millionlab insonlar hayoti bilan hazillashib bo‘ladimi?»

Narigi kishining so‘zlari zim-ziyo g‘or ichiga kirib ketayotgandek edi.

— Bu hecham og‘ritmaydi. Bir soatdan keyin yaxshi bo‘lib ketasiz, batamom tuzalasiz. Siz hatto men bilan birga hozirgi holatingizdan kulasiz.

Atrofni qorong‘ulik qamradi. Shu bilan u hech qachon to‘liq tarqalmadi. Bu qorong‘ulik pardasining qisman bo‘lsa-da, ko‘tarilishiga bir yil vaqt kerak bo‘ldi.

TASHLANDI

Rik o‘rnidan turib ketdi. U shunday titrardiki, oppoq devorga suyanishga majbur bo‘ldi.

— Esimga tushdi! — baqirib yubordi u.

Ovqat chaynayotgan jag‘lar shovqini tindi. Hammaning yuzi bir xilda yaltiratib qirtishlangan hamda devorlarning xira yog‘dusidan oppoq bo‘lib ko‘rinardi. Ularning ko‘zlarida hech qaqsay qiziqish ifodasi yo‘q, faqat nogahoniy hayqiriqsan tug‘ilgan oddiy bir e’tibor zohir edi.

Rik yana qichqirdi:

— Xizmat joyim esimga tushdi! Men ishlar edim!

Kimdir unga po‘pisa qildi:

— Jim bo‘l!

Yana kimdir qo‘shib qo‘ydi:

— O‘tir joyingga!

Yuzlar o‘girilib, chaynash jarayoni davom etgirildi. Rik atrofdagilarga ma’nosiz qarab turardi. «He, telba Rik!» degan xitob eshitildi. Kimningdir ko‘rsatkich barmog‘ini chekkasiga tirab aylantirganiga ko‘zi tushdi. Ammo bularning hech biri uning uchun biron ma’no anglatmasdi,

U asta joyiga o‘tirdi. Qo‘liga bir yoni pichoqdek o‘tkir, uchi panshaxaga o‘xshash tishli qoshiqni oddi — bu bilan amallab ovqatni ichish, kesish va sanchish mumkin edi. Paxta plantatsiyasida ishlovchi qullar uchun shuning o‘zi kifoya. U qoshiqni aylantirib, bandiga nazar tashladi. Undan bo‘lak hammaning qoshig‘ida raqam bilan ismlar ham bitilgandi. Unikida esa Rik degan laqabgina bor. Plantatsiyalardagina qo‘llaniladigan alohida tilda, bu taxminan jinni yoki telba degan ma’noni anglatardi.

U, balki, endi ko‘p narsalarni eslay boshlar?! Rik fabrikada paydo bo‘lgandan buyon ilk marta avvalgi hayotiga taalluqli nimanidir esladi. Bir o‘ylab ko‘ring-a!»…

Kechqurun fabrikadan qdytayotganda unga Valona March yetib oldi.

— Nonushta mahalida qandaydir noxush voqea ro‘y berganmish?

— Hech narsa bo‘lgani yo‘q, Lona, — to‘ng‘illab qo‘ydi Rik.

Qiz yana qayta so‘radi:

— Sening yodingga nimadir tushganmish. Shu to‘g‘rimi, Rik?

Valona ham uni Rik deb atardi. U bo‘lsa zo‘r berib o‘z ismini eslashga tirishardi. Bir kuni Valona titshshb ketgan adreslar kitobini topib keldi-da, undagi barcha ismlarni birma-bir o‘qib chiqsi. Ammo kitobdagi ismlarning hech qaysisi unga tanish tuyulmadi.

Rik qizning yuziga tikilgancha dedi:

— Men fabrikadan ketishim kerak.

Valonaning qovog‘i solindi:

— Bilmadim, qo‘lingdan kelarmikan. Bu yaxshi emas, har qalay.

— Men o‘z haqimda ko‘proq o‘ylashim; eslashim kerak.

Valona qurib qolgan lablarini namlab oldi.

— Bilmadim, buning hojati bormikan.

Rik teskari o‘girildi. Ha, bu qiz uni fabrikaga joyladi, hayotini saqlab qoldi. Lekin, har holda u ko‘p narsani yodga tushirishi lozim.

— Yana boshing og‘riyaptimi?