Buning boshlanganiga ancha bo‘lgandi. Ko‘pchilik kirtni faqat zaruriy narsagina deb hisoblasa-da, Samiya esini tanigandan beri unga butun mehr-muhabbatini bag‘ishlagandi. Kirt! Matolar podshohi, hukmdori, xudosi!
Kimyoviy tomondan u faqat sellyulozaning bir turi edi. Kimyogarlar bu haqda hatto qasam ichishlari mumkin edi. Biroq, o‘zlarining barcha asbob-uskunalari-yu, nazariyalari bilan nega butun Galaktika qa’ridagi barcha sayyoralar orasida Florinada, faqat Florinada sellyulozaning kirtga aylanishini tushuntirib berolmasdilar. Hamma balo fizik holatda, derdilar ular. Ammo ulardan, kirtning sellyulozadan farqi nima, deb so‘rang-chi, og‘izlariga talqon solib olardilar.
Qachonlardir u kirt tolalarining jshosidan xayratlanib, o‘z enagasidan so‘ragandi:
— Ena, nega u yaltirzydi?
— Chunki, u — kirt, Samiya begim.
— Ena, nega boshqa narsalar bunchalik yaltiramaydi?
— Boshqa narsalar kirt emas, Samiya begim.
Xullas, bor savol-javob shunaqa bo‘lardi. Bu mavzuga bag‘ishlangan ikki jildlik risola uch yilgina avval chop etilgandi. Qiz uni diqqat bilan o‘qib chiqdi. Undan chiqarilgan xulosa enaga fikri bilan bir xil edi. Kirt — bu kirt, chunki u kirt.
To‘g‘ri, kirt o‘z-o‘zicha yaltiramasdi. maxsus usul qo‘llab, to‘qilsa, quyosh nurida istalgan rang yoki birato‘la kamalakning barcha ranglarida tovlanardi. Boshqa bir usul esa tolaga olmos jilosini berardi. Oddiygina ishlov berish orqali matoni.
Oxiri 600 gradusgacha chidamli va barcha kimyoviy moddalarga nisbatan inert holiga keltirish mumkin edi. Tolalardan yupqa mato to‘qish uchun uni o‘ta ingichka ipga ham aylantirardilar, bu tolalarning mustaqkamligiga hech bir po‘lat qotishma tenglasholmasdi. Odamzotga ma’lum bo‘lgan narsalarning ichida kirt o‘zining turli-tuman jabhalarda va juda keng qo‘llanilishi bilan ajralib turardi. Agar kirt bunchalik bo‘lmaganida uni behisob texnika sohalarida qo‘llaniluvchi shisha, plastmassa yoki metall o‘rniga ishlatish mumkin edi. U optik asboblarda yagona ipli xoch sifatida, giperatomli yuritgichlarda ishlatiluvchi gidroxron qoliplar uchun, xullas, qaysi jabhada temir haddan ziyod mo‘rt va og‘ir deb hisoblansa, o‘sha yerda xizmat qilardi.
Lekin kirt oz edi, juda ham oz edi. Kirt xirmonining asosiy qismi Galaktikadagi eng antiqa kiyimlar tikiluvchi matolarga sarf bo‘lardi. Florina millionlab sayyoralardagi aslzodalarni kiyintirardi, shuning uchun yetishtirilgan hosil juda oz-ozdan tarqatilardi.
Samiyaning yoshi ulg‘aygach, u otasiga murojaat qildi.
— Dada, kirt nima?
— U — non bilan yog‘, Samiya.
— Men uchunmi?
— Fakat sen uchun emas, Samiya. U — butun Sark uchun non bilan yog‘.
Qiz Galaktikadagi har bir sayyora o‘z yerida kirt o‘stirishga urinib ko‘rganini bilib oldi. Avvaliga, Sark kim kirt urug‘ini o‘g‘irlagan bo‘lsa, uni o‘lim jazosiga hukm qilish haqida qonun chiqardi. Biroq, bu kontrabandani to‘xtatolmadi va Sark qonunni bekor qilish lozimligini anglab yetdi. Endi, har bir kimsa, u qayerdan kelgan bo‘lmasin, kirt urug‘ini sotib olishi mumkin edi, leknn kirt matosining og‘irligi narxida pul to‘lashi shart edi. Chunki, Galaktikadagi Florinadan boshqa sayyorada kirt o‘rniga oddiygina oppoq, jozibasiz, tolasi bo‘sh, befoyda paxta o‘sib chiqardi.
Ming xil usul qo‘llab ko‘rilgandi. Florina tuprog‘idan namunalar olindi. Florina quyoshi nurlari spektr[5]ini beruvchi sun’iy yorug‘lnk manbalari qurildi. Tuproqlarga Florina bakteriyalari yuqtirildi. Kirt esa pinak buzmay oppoq, jozibasiz, tolasi bo‘sh va befoyda bo‘lib o‘sib chiqaverdi.
Besh Yildirki, Samiya Fayf qizi kirt haqida, ya’ni u o‘sayotgan sayyora, uni undirayotgan kishilar to‘g‘risida kitob bitishni orzu qilardi.
Bu orzu atrofdagilarning masxaraomuz kulgusiga sabab bo‘lsa ham, Samiya uchun ezgu niyat edi. U Florinaga uchaman deb turib oldi. Florinada qiz butun mavsumni dalada o‘tkazib, so‘ngra fabrikadagi ishlarni kuzatmoqchi edi. U istardiki…
Uning nimalarni istash-istamasliganing nima farqi bor? Qizga qaytish buyurilgandi. Hozir uning Sarkka uchishdan bo‘lak iloji yo‘q. Lekin, — u — Samiya Fayf qizi, Florinaga albatta qaytadi. Balki bir kun, balki ikki kun, balki bir haftadan so‘ng!
Samiya, Florina to kichkina ilg‘ar-ilg‘amas pufakchadek bo‘lib ko‘ringuncha illyumtgnatordan qarab turdi…
— Xonim, siz o‘z bo‘lmangizga kirmaysizmi?
Qiz kapitan Reystiga qaradi-da, kinoya bilan javob berdi:
— Kapitan, yana qanday buyruqlar oldingiz? Mabodo, men asira emasmanmi?
— Yo‘q, albatta. Bu faqat ehtiyotkorlik. Uchishimiz arafasida fazo bekati negadir bo‘m-bo‘sh edi. Ehtimol, anavi florinalik yana kimnidir o‘ldirgan bo‘lsa, fazo bekati bo‘linmasi ham nazoratchilarga qo‘shilib jinoyatchini qidirayotgandir.
— Bunga mening qanday daxlim bor?
— Menimcha, kemamizga begona shaxslar kirib olishgan.
— Nega?
— Hozircha, bu menga noma’lum.
— Kapitan, siz bularni to‘qib chiqaryapsiz.
— Unchalik emas, xonim. Bizning quvvat o‘lchagichlarimiz Florina quyoshi burji, ya’ni sayyoraviy masofalar ichida befoyda edi, hozir esa aniq ishlayaptilar va, menimcha, ehtiyot qismlar omboridan ortiqcha issiqlik taralyapti.
— Jiddiy gapiryapsizmi?
— Taralayotgan quvvatning kattaligi, ikki kishi vujudidan chiqishi mumkin bo‘lgan issiqlik miqdoriga teng.
— Bu balki, kimdir o‘chirishni unutib qo‘ygan isitish qurilmasidir.
— Xonim, bizning ehtiyot quvvatlarimiz zarracha ishlatilmagan. Har holda, biz tekshiruv o‘tkazishga tayyormiz, biroq avval siz o‘z bo‘lmangizga kirishingiz kerak.
Qiz indamay bosh irg‘adi-da, ichkariga kirib ketdi.
Nazoratchilar kiyimtvdagi Mirlin Terens ko‘chada Novvoyni, Nikni va Valonani birga ko‘rib qolganida tez va keskin harakat qilish lozimligini angladi. Uning boshqa gshoji yo‘q edi: qo‘liga qurolni olgan zahoti Novvoy til tortmay, dahshat bilan quladi.
Keyin, xaloyiq orasida g‘ala-g‘ovur ko‘tarilib, Rik bilan Valona olomon ichida yo‘qolib ketdilar. Yuqorida esa haqiqiy nazoratchilarning uchar mashinalari kalxatdek charx ura boshladi, u esa nima qilishni bilolmay gangib qoldi.
Avvaliga u Rik bilan Valonaga yetib olmoqchi bo‘ldi, biroq bu rejadan tezda voz kechishga to‘g‘ri keldi. Esini yo‘qotgan olomon orasidan o‘tib bo‘larmidi? Buning ustiga xavf katta, uni birpasda tutib olardgshar! Rezident qarama-qarshi tomonga — novvoyxonaga qarab yo‘l oldi.
U erta tongda nazorat stansiyasiga yaqinlashdi. Zerikib o‘tirgan yolg‘izgina navbatchida bee’tiborlik bilan qaxr-g‘azabning aralashmasidan iborat kayfiyat zohir edi. Terensga o‘z shaxsini va ish joyini tasdiqlash buyurildi. Rezident cho‘ntagidan xujjat o‘rniga shahar atrofidagi qandaydir yarim xaroba kulbadan sug‘urib olgan playetmassa bo‘lagini chiqardi.
U nazoratchining boshiga ana shu bo‘lak bilan tushirdi va uning kiyimlari bilan qurolini yechib oldi. U, nazoratchi hushini yo‘qotdigina emas, o‘lganini ham sezib uncha tashvishlanmadi, chunki shundoq ham jinoyatlari ko‘payib qolgandi.
U hamon ozodlikda yurar, nazorat oliy sudining zanglagan mashinasi uni qidirib bekorga g‘irchillardi.
Terens novvoyxonaga yaqinlashdi. Novvoyning ostonada turgan keksa yordamchisi nazoratchining dahshatli kiyimini ko‘rib, chinqirdi-da, o‘zini lip etib do‘konga urdi. Rezident unga otilib, un yuqi yoqasidan ushlab tortdi.
— Novvoy kani?
Chol lablarini juftladi-yu, ammo tovush chiqarolmadi.
— Gapir. Ikki daqiqa ilgari men odam o‘ldirdim. Yana bir kishini gumdon qilish menga hech gap emas.
— Shafqat qiling, janob! Men bilmayman.
— Bilmasang, o‘lasan.
— U menga hech narsa demadi. Men faqat uning Voteks va qandaydir fazoviy kema to‘g‘risida gapirganini eshitib qoldim.
Terens uni itarib yubordi.
Demak, Novvoy ularga patta olib bergan. Kema kutib turadi. Rik boshan Valona o‘sha yoqqa yo‘l olishgan. Bormasliklarining iloji yo‘q. Ammo qanday qilib u — Rezident kuppa-kunduzi fazo bekatiga boradi?… Vaziyat juda mushkul edi. Agar u Rikdan, ya’ni Sark istibdodiga qaratilgan katta qudratli quroldan ayrilsa, uning hayoti sarkliklar uchun pashsha umridek arzimas bo‘lib qoladi. Shuning uchun qozir eng ahamiyatlisi Rik…