Выбрать главу

Shuning uchun, u nazoratchilar o‘zlari kabi kiyingan kimsani qidirishayotgan, qavo mashinalari hamon uchib yurishgan bo‘lsa-da, aslo qayajonlanmay ko‘chaga chiqdi.

Terensning manzili ma’lum edi. Florinaning fazo bekatlari orasida faqat bittaginasi oddiy sayohatchilarga, kambag‘alroq sarkliklarga, florinalik xizmatchilarga va Florinaga ruxsat olishga muvaffaq bo‘lgan o‘zga sayyoraliklarga mo‘ljallangan.

Bekat darbozasi yonida turgan tekshiruvchi yaqinlashib kelayotgan Terensga qiziqsinib qarab turardi.

— Salom, janob, — dedi u. Uning tovushida jur’atsizlik oqangi sezilib turardi. — Shaharda katta g‘alayon bo‘lyaptimi?

Terens qarmoqqa ilinmadi. U shlyapasining qayrilgan ayvonini pastroqqa tushirib, ko‘ylagining yuqori tugmasini taqib oldi.

— Bu yerdan Voteksga yo‘l olgan ikki kishi — erkak va ayol o‘tmadimi? — so‘radi u do‘q aralash.

Tekshiruvchi hayratga tushdi. U bir tomoq qirib oldi-da, itoatkorona so‘z qotdi:

— O‘tdi, ofitser. Yarim soatcha bo‘ldi. Balki undan kamroqdir. — U birdan qizardi. — Ularning anavi… ishlarga aloqasi yo‘qmi? Ofitser, ularning pattasi joyida edi. Men begonalarni tegishli ruxsatnomasiz o‘tkazmayman.

Terens unga boshqa e’tibor qilmadi. Tegishli ruxsatnoma! Novvoy uni bir kechada topibdi. O, Galaktika, o‘yladi u, Trantorning josuslari Sark ma’muriyati orasiga shunchalik kirib olganmi?

— Ularning ismi qanday ekan?

— Xaret va Xansa Barn.

— Kema uchib ketdimi? Tez ayt!

— Yo‘q, janob.

— U qaysi maydonda?

— O‘n yettinchida.

Kemaning asosiy eshigi oldnda ofitser kiyimndagi sayyoralararo parvoz xizmatchisi turardi. Terens qarsnllab nafas olar ekan, xizmatchini savolga tutdi:

— Kemaga Xaret va Xansa Bern chiqishdimi?

— Yo‘q, chiqishmadi, — dedi sovuqqonlik bilan ofitser, U sarklik bo‘lgani uchun nazoratchi — bor-yo‘g‘i maxsus kiyimli oddiy odam edi.

— Nahotki, chiqishmagan bo‘lsa? — betoqatlik bilan qayta so‘radi Terens.

— Aytdim bor gapni. Biz ularnn kutmaymiz. Kema jadval bo‘yicha uchadi.

Terens yana tekshiruvchining yoniga qaytdi.

— Ular uchib ketishdimi?

— Uchib ketishdi? Kim, o‘zi ular, janob?

— Barnlar. Voteksdan kelganlar. Ular kemaga chiqishmabdi. Orqaga qaytib ketishmadimi?

— Bu yerdan qech kim chiqmadi, janob!

— Ular o‘tib ketishgan paytdan beri biron-bir kema uchmadimi?

Tekshiruvchi jadvalga qaradi.

— Uchdi, — dedi u. — «Dovyurak» kemasi. — Va tutoqib turgan nazoratchining kayfiyatini yaxshilash niyatida qo‘shimcha ma’lumot berdi. — «Dovyurak» maxsus reys bilan Oliyzot Samiya Fayf qizini Florinadan Sarkka olib ketyapti.

Terens shoshilmay nari ketdi. Umuman iloji yo‘q ishlarni amalga oshirsang, boshqa har qanday mo‘’jiza haqiqatga aylanadi. Rik bilan Valona fazo bekatiga kirishgan. Ular qo‘lga tushishmagan, aks holda buni tekshiruvchi bilgan bo‘lardi. Ular pattalariga yozilgan kemaga chiqishmagan. Ular bekatdan ham qaytib o‘tishmagan. O‘sha damdan beri uchgan yakka-yu yagona kema — «Dovyurak». Demak, Rik va Valona o‘sha kemaga chiqib olishgan. Ular yo asirga tushishgan, yo berkinib yotishibdi.

Ikkala taxminning ma’nosi bir. Agar ular berkinishgan bo‘lishsa ham, baribir tez orada asirga aylanardmar. Zamonaviy kemalarga yashirinib olishning iloji yo‘qligini faqat florinalik dehqon qiz bilan esi oqqan kishigina bilmaydi. Ammo, eng ha{1ratlanarlisi shuki, ular shuncha fazoviy kemalarning ichidan kelibkelib Skvanr Fayfnnng qizi uchayotganini tanlashibdi!

SKVAYR

Skvayr Fayf Sarkning eng birinchi kishisi edi, shuning uchun tikka turishni yoqtirmasdi. Uning yelkalari keng, boshi, shubhasiz, katta bo‘lib, faqat oyoqlari kalta edi, oyoqlar katta og‘irlikni ko‘tarib yurganliklari uchun lapanglardi.

Xuddi shuning uchun Buyuk Skvayr stol ortida o‘tirar, uni boshqa qolatda qizi, shaxsiy xizmatkori, to vafotiga qadar, xotinidan bo‘lak hech kim ko‘rmagan edi.

Skvayr o‘zini boshqalarga faqat shu alfozda ko‘rsatardi. Uning yuzida biron-bir ifoda sezilmas, kalta-kalta barmoqli katta va kuchli qo‘llari sirti silliq, usti bo‘m-bo‘sh — na qog‘oz, na eshitish asbobi, na bir bezak qo‘yilgan stol qirrasini ohista ushlab turardi.

U o‘zining rangpar, baliq go‘shtidek oppoq yuzli kotibiga faqat mexanik yordamchilar va florinalik xizmatchilarga nisbatan ishlatiladigan maxsus, hissiz ohangda so‘z qotdi:

— Xo‘sh, takliflarimning hammasi qabul qilindimi?

Kotib ham xuddi shundek hissizlik bilan javob berdi:

— Skvayr Bort aytdiki, avvalgi ishlar yuzasidan olgan majburiyatlari uni soat uchdan oldinroq kelishga imkon bermas ekan.

— Siz unga qanday javob qildingiz?

— Bu maqsadga aslo muvofiq kelmaydi, dedim.

— Natija qanday bo‘ldi?

— U o‘z vaqtida shu yerda bo‘ladi, janob. Boshqalar esa so‘zsiz rozilik bildirishdi.

Fayf jilmaydi. Buyuk Skvayrlar o‘z mustaqilliklarini juda e’zozlaydilar.

U kuta boshladi. Xona katta — joy hammaga yetardi. Ushoqdekkina radioaktiv nurlanish uchqunchasiga ega bo‘lgan, ming yildan beri to‘xtamagan katta vaqt o‘lchagich — xronometr sovuqqonlik bilan aniq vaqtni ko‘rsatib turardi.

Ming Gshl ichida u nimalarni ko‘rmadi. U o‘zining birinchi daqiqalarini sanayotganda, Sark — shaharlari inson qo‘li bilan qurilgan, eski sayyoralar orasida o‘zining shubhali aloqalari mavjudligi bilan ajralib turgan yangi oshiyon edi. Vaqt o‘lchagich o‘sha paytlarda g‘ishtdan qurilgan eski binoning devorida osng‘liq turardi, u g‘ishtlar allaqachon uvalanib, tuproqqa qorishib ketgan. Bu orada Sarkning askarlari besh-oltita qo‘shni sayyoralarni bosib oldi, bir qancha vaqt ular ustidan hukmronlik qildilar. Besh yuz yil avval, u tinch davrni o‘lchayotgan vaqtda, Sark o‘ziga eng yaqin sayyora bo‘lgan Florinada hisobsiz boylik mavjudligini kashf qildi. So‘ngra ikkita muvaffaqiyatli urush ro‘y berdi va tantanali ravishda g‘alaba sulhiga qo‘l qo‘yildi. Sark o‘zining boshqa mustamlakalaridan voz kechib, bor changalini Florinaga botirdi, natijada u shunchalik buyuk kuchga aylandiki, hatto Trantor ham bas kelolmay qoldi.

Florina barcha davlatlarga, shuningdek, Trantorga ham kerak edi. O‘tgan bir necha yuz yilliklar mobaynida Florina — koinotdan turli ochko‘z qo‘llar intilayotgan yog‘liq o‘ljaga aylandi. Uni birinchi bo‘lib Sark changalladi. Sark bu o‘ljani qo‘ldan chiqarishdan ko‘ra, But'n Galaktika Urushini boshlashga tayyor edi.

Trantor buni bilardi!

Vaqt o‘lchagichning bir tekisdagi unsiz maqomi Skvayrning ongida xuddi shu naqarotni qaytarayotgandek edi.

Vaqt — 2.23 edi.

* * *

Bir yilcha avval ham bu boshliqning uchrashuvi bo‘lib o‘tgandi. O‘shanda, Sayyora yuzasidagi qit’alarga egalik qilayotgan Skvayrlar hozirgidek uch o‘lchamli tasvirda uchrashgandilar.

Skvayr Runening haqiqiy vujudi hozirgi paytda sayyora shari yuzasining qarama-qarshi tomonidagi tun qa’riga cho‘kkan yagona qit’ada edi. Fayfning katta xonasida uning tasvirini o‘rab turgan to‘g‘ri to‘rt burchak shakldagi fazo tibbiy yorug‘likka nisbatan sovuqroq nur bilan yoritilgandi.

Bu katta xonada haqiqiy vujudi yoki tasviri bilan Sarkning barcha egalari yig‘ilgandi. Rune — xo‘ppa semiz, qip-qizil, ustiga-ustak, kal edi. Balle esa sochlari oq, yuzlarini ajin bosgan, qoqsuyak odam edi. Stinning upa-elik surtilgan, bir oz qizartirilgan yuzlarida kuchdan qolgan, biroq o‘zini bardam ko‘rsatishga urinayotgan odamning jonsiz tabassumi mung‘ayib turar, Bort bo‘lsa o‘zining ikki kundan beri olinmagan soqoli va iflos tirnoqlari bilan sarishtalikka yoqimsiz darajadagi befarqlik bilan qaraydigan kimsa tasavvurini berardi.

Beshovlon Buyuk Skvayr edi.

Ular Sarkdagi uch pog‘onali boshqaruv kuchlarining eng yuqorisi hisoblanardilar. Pastkisi — Florinaning Fuqarolik Xizmati — eng mustahkam hisoblanib, Sarkdagi ayrim oliyzot xonadonlarning muvaffaqiyatlari yoki inqirozlari unga ta’sir o‘tkazmas edi. Aslini olganda ayni shu Xizmat boshqaruv o‘qini moylab, g‘ildiragini aylantirardi. Undan yuqorida, otameros qoluvchi Davlat Boshlig‘i (g‘oyat beziyon kimsa) tomonidan tayinlanuvchi Vazirlar va departament boshliqlari turardilar. Ularning, shu xususda Boshliqning ham bor-yo‘q xizmati faqat rasmiy qog‘ozlarga o‘z ism-shariflarini chekishdan iborat edi. Va nihoyat, mana bular — beshta qit’ani o‘zaro bo‘lishib olgan kishilar — so‘nggi pog‘ona edilar. Ular kirt savdosi bilan shug‘ullanuvchi xonadonlar boshlig‘i edilar. Sarkda amalga o‘tirish ham, siyosatni qanday yuritish ham faqat pulga bog‘liq edi. Ular puldor odamlar edilar. Besh kishining ichida eng badavlati Fayf hisoblanardi…