Выбрать главу

O‘tgan galdagi uchrashuvda Skvayr Fayf Galaktikada badavlatlik bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turuvchi sayyoraning (birinchilikni, yarim million olamlardan boj-xiroj olib turuvchi Trantor egallardi) o‘zidan boshqa xo‘jayinlariga shunday degandi:

Men juda g‘alati xabar oldim. Qarshi bo‘lmasangiz, uni o‘qib beraman. — U hayajonlanib, o‘zining mayin ovozi bilan o‘qiy boshladi: «Siz — Sarkning Buyuk Skvayrisiz. Boyligingiz va amalingiz barchanikidan a’lo. Biroq bu amal va boylikning tagi omonat. Siz, balki, butun umr dunyodagi kirt yetishtirishning yagona xo‘jayini bo‘lib qolaman deb o‘ylayotgandirsiz. Biroq o‘zingizdan so‘rab ko‘ring: Florina yana qancha yashaydi? Eh! Cheksizmi? Yo‘q! Florina ertagayoq halok bo‘lishi mumkin. Bunga mening daxlim yo‘q, lekin u shunday ro‘y beradiki, siz buning na oldini ololasiz, na biror chora topasiz. Florina halokati to‘g‘risida o‘ylab ko‘ring. Shuningdek, o‘z boyligingiz va ta’siringizning yo‘qolib bo‘lgani haqida ham fikr yuriting. Hali o‘ylashga vaqt bor, lekin ko‘p emas.

Agar paysallasangiz, men butun Galaktikaga bu haqda xabar qilaman, va ayniqsa, butun Florinaga uning halokati yaqinligi to‘g‘risidagi haqiqatni yetkazaman. Shundan so‘ng sizda na kirt, na amal, na boylik qoladi. Bu narsalar menda ham bo‘lmaydi, lekin men azob chekmayman, chunki ularga o‘rganmaganman.

Talabim shu: mulkingizning katta qismini menga berasiz. Shundan so‘ng, o‘zingizda qolgan mulkka bexavotir egalik hilishingiz mumkin. Bu, har holda, hechdan ko‘ra yaxshiroq. Shunday qilsangiz, Florina mangu yashaydi, siz esa juda dabdabali bo‘lmasa ham, ancha yaxshi hayot kechirasiz».

— Alomat xat, — tugatdi Skvayr Fayf. — Imzo yo‘q, ohangi esa, eshitganingizdek, takabburona hamda juda g‘ayritabiiy. Xo‘sh, Skvayrlar, siz bu xat to‘g‘risida nima deysiz?

— Shunisi aniqki, bu xatni telbanamo odam yozgan. — Runening hip-qizil yuzida norozilik ifodalandi. — U xuddi tarixiy roman bitishga o‘rganayetgan kishiga o‘xshaydi. To‘g‘risini aytsam, Fayf, qit’alar muxtoriyatini buzib, shunday bo‘lmag‘ur narsa tufayli nega bizni bezovta hilganingizni aslo tushuna olmadim.

Fayf kalta barmoqlarini musht hilib tugdi.

— Men sizlarni bir telbaning xatini o‘qib berish uchun yig‘ganim yo‘q. Buni yaxshi yanglayotgan bo‘lsangiz kerak. Oldimizda jiddiy muammo tug‘ilganga o‘xshaydi. Nega endi bu ish faqat menga tegishli bo‘lishi kerak? Albatta, men Skvayrlarning eng badavlatiman, biroq men kirt savdosining faqatuchdan bir qismini boshqaraman. Qolgan qismi esa sizlarniki. Ushbu xabar bitilgan nomani bir nusxa yozish nima-yu, besh nusxa tayyorlash nima?!

— Ko‘p gap — eshakka yuk, — g‘o‘ldiradi Bort. — Men ham bu xatning bir nusxasini oldim va ishonchim komil, qolganlarda ham bu maktub mavjud. Bilasizmi, men o‘zimdagi nusxani nima qildim? Tashlab yubordim. Qayerga? Axlatga! Sizga ham shuni maslahat beraman. Bo‘pti. Tugata qolaylik. Men charchadim.

Uning qo‘li aloqani uzish va Fayfning xonasidagi tasvirni o‘chirish tugmasiga cho‘zildi.

— Shoshmang, Bort! — Fayfning keskin tovushi yangradi. — O‘chirmay turing. Gapim hali tugamadi. Ko‘riladigan chora-tadbir va chiqariladngan qarorlar maslahatida ishtirok etmaslikni istamasangiz kerak. Ishonchim komil, istamaysiz.

— Skvayr Bort, sabr qilib turaylik-chi, — maslahatomuz, yumshoqqina so‘z qotdi Rune, lekin uning kichik, yog‘ bosgan ko‘zlari aslo muloyim emasdi. — Skvayr Fayf arzimas narsaga bunchalar qattiq bezovtalanayotganiga g‘oyat taajjubdaman.

— Xo‘sh, — dedi Balle huruqhina hilib, — balki, Fayf bizga noma bitgan do‘stimizda Trantorning Florinaga uyushtirajak hujumi hahida ma’lumot ber, deb o‘ylayotgandir.

— Fu, — jahl bilan so‘z qotdi Fayf. — U kimki, bu narsadan xabardor bo‘lsin? Bizning xufiyalarimiz o‘z ishiga pishiq, ishonavering. U bizdan urush talab qilar ekan, hujumni qanday hilib to‘xtatadi? Yo‘h. U Florinaning halokati haqida so‘z yuritar ekan, siyosiy inqiroz emas, tabiiy falokat to‘g‘risida gapirayotganga o‘xshaydi.

— Bu g‘irt telbalik, — dedi Stin.

— Rostdanmi? — e’tiroz bildirdi Fayf. — Demak, siz oxirgi ikki hafta mobaynidagi voqealar mag‘zini chaqolmabsiz!

— Qanday voqealar? — so‘radi Bort.

— Bir koinot tadqiqotchisi yo‘qolgan. Bundan hammaning xabari bor. Siz, uning yo‘qolib qolishi oldidan Sarkdagi bazaga yuborgan xabarini o‘qidingizmi?

— Menga ko‘rsatishgandi. Ahamiyat bermadim.

— Boshqalar-chi? — Fayf navbatma-navbat o‘tirganlarga nigoh tashladi: — Bir hafta ilgarigi xat-xabarlarni eslay olasizmi?

— Men o‘qidim, — dedi Rune. — Mening esimda. Haqiqatan ham, xabarda halokat haqida so‘z yuritilgandi. Siz shuni ko‘zda tutyapsizmi?

— Menga qarang, — chinqirayozdi Stin, — u yerda turli noxush shamalar ko‘p, ma’no esa umuman Yo‘q. Bu haqda gaplashish aslo shart emas.

— Ilojimiz yo‘q, Stin, — dedi Fayf. — Biz bu haqda yana gaplashishimiz lozim. Koinot tadqiqotchisi Florinaning halokati to‘g‘risida xabar qilgan. U yo‘qolgan zahotiyoq, biz yana Florinaga xavf solnnayotganligi haqidagi maktubni oldik. Nahotki, bu tasodif bo‘lsa?

— Siz, koinot tadqiqotchisi do‘q-po‘pisali xatlar yuborgan demoqchimisiz? — shivirladi qariya Balle.

— Ehtimoli kam. Nega endi u avvaliga o‘z nomini ochiq ko‘rsatdi-yu, keyin yashirdi?

— Avvaliga, — javob berdi Balle, — u bizlar bilan emas, mahalliy boshliqlar bilan muloqotda bo‘lgan.

— Shunday ham bo‘lsin. Biroq, tovlamachi faqat o‘z qurboni bilangina muzokaraga kirishadi.

— Xo‘sh, u holda nima?

— U yo‘qoldi. Koinot tadqiqotchisini sofdil deb hisoblaylik. U yuborgan xavfli ma’lumotlar yaramas kimsalarning qo‘liga tushib qolgan, ana o‘shalar bizga do‘qpo‘pisa qilib, qo‘rqitmoqchi bo‘lishdi.

— Xo‘sh, ular kim?

Fayf oromkursiga suyanib ma’yuslashdi-da, sezilar-sezilmas so‘z qotdi.

— Siz jiddiy savol berayapsizmi? Bu axir kunday ravshan-ku. U — Trantor!

— Trantor!

— Nega ajablanasiz? Florinaga ega chiqishga bundan yaxshiroq usul bormi? Trantor tashqi siyosatining asosiy maqsadlaridan biri shu-ku. Biron urush-purushsiz niyatga yetish, ayni muddao emasmi? Agar biz ushbu po‘pisa ta’siriga tushsak, Florshadan ajralamiz. Ular bizga biron narsa qoldirishga va’da berishmoqda, biroq uni qancha vaqt asrashga qurbimiz yetarkin? Boshqa tomondan, xatga e’tibor qilmadik deylik — ayni paytda bundan boshqa ilojimiz yo‘q. U qolda, Trantor florinashshlar orasida qiyomat qoyshm yaqshligi to‘g‘risida mish-mish tarqatadi. Natija ma’lum — odamlar vaqimaga tushishadi, buning orqasidan esa halokat yugurib keladi! Ertaga qiyomat qoyim bo‘ladi, deb ishongan kimsani qaysi kuch ishlashga majbur eta oladi? Kirt terilmaydi. Xirmonlar bo‘shaydi. Trantor esa kun-uzzukun Florinada to‘polon chiqnshini poylayapti. Agar Sark kirt yetkazib turishni eplolmas ekan, ular o‘zlaricha tartib deb ataydigan qolatni saqlash uchun bor kuchlarini tashlaydilar. Galaktikaning boshqa ozod dunyolari esa kirt tufayli til tishlab turaberadilar. Ayniqsa, Trantor kirtga bo‘lgan yakkahokimlnkni tugatishga, bahoni pasaytirishga qaror qilsa, lom-mim demaydilar. Keyinchalik, albatta va’dalar unutiladi, biroq bu paytda kech bo‘ladi.