Yagona mantiqiy xulosa shu: Trantor Florinani egallab olishi mumksh. Agar, ular boshqa yo‘ldan borsalar, ya’ni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qujum uyushtirsalar, Trantor tasarrufiga o‘tmagan butun ozod Galaktika o‘zlarini kelgusida saqlash uchun ham biz tomonga o‘tadilar.
— Bu narsalarga koinot tadqiqotchisining qanday aloqasi bor? — so‘radi Rune. — Agar taxminingiz to‘g‘ri bo‘lsa, siz buni ochiqroq tushuntirishingiz lozim.
— Taxminim to‘g‘ri. Koinot tadqiqotchilari odatda betayin bo‘ladilar, bu tadqiqotchi esa ahmoqona xomxayolini o‘rtaga tashlayapti. Trantor buni e’lon qilolmaydi, aks holda Koinot Tadqiqoti Byurosi uning dabdalasini chiqarishi turgan gap. Biroq, agar ular tadqiqotchini ushlab olib, qandaydir tafsilotlarni bilib olishgan bo‘lsa, bu narsa ularga — nomutaxassis kishilarga katta ahamiyatga molik hodisadek tuyulgan taxminni aniqlash imkonini beradi. Ular ana shu uydirmaga haqiqat to‘nini kiydirib, undan foydalanishadi. Ilmiynamo mish-mishlar tarqalgach, Byuroning rad javoblari bu yolg‘onga qarshi kurashda yetarli kuchga ega bo‘lmay qoldi. Lekin biz xavfdan o‘z vaqtida xabar topdik. Eplolsak, koinot tadqiqotchisini topamiz. Biz, barcha o‘zimiz bilgan Trantor josuslarini o‘zlariga sezdirmay sinchiklab kuzatib borishimiz zarur. Shu yo‘l bilan ularning maqsadlarini aniqlash mumkin. Florinadagi sayyora halokati to‘g‘risida paydo bo‘lgan har qanday mish-mishni tag-tugi bilan kuritish lozim. Birinchi shivir-shivirdayoq biz keskin harakat qilmog‘imiz darkor. Hozircha, anavilarning keyingi yurishini kuzatamiz…
Bu suhbat bir yil avval bo‘lib o‘tgandi. Ular tarqalishdi, shundan sung Skvayr Fayf hayotida hech vaqt duch kelmagan sirli, kutgshmagan muvaffaqiyatsizlik ro‘y berdi.
Ikkinchi yurish qilishmadi. Hech kim boshqa qech qanday xat-xabar olmadi. Koinot tadqiqotchisi topilmadi, Trantor esa soxta qidirishlarini davom ettira berardi. Florinada qiyomat-qoyim yaqinligi to‘g‘risidagi mish-mishlardan asar ham yo‘q edi. Kirt terimi va qayta ishlanishi qar doimdagidek bekamu-ko‘st borardi.
Fayf yana majlis chaqirdi. Skvayrlar o‘z vaqtida paydo bo‘ldilar. Birinchi navbatda lablari qimtilgan, ikki-uch kundan beri olinmagan soqolini bir chekkasi singan qalin tirnog‘i bilan qashlayotgan Bort yetib keldi. Keyin, yuzidagi upa-elakni hozirgina yuvib tashlagan, rangpar, kasalvon Stin o‘z o‘rnini egalladi. So‘ngra, vujudini charchoq hamda loqaydlik qamrab, iyaklari ichiga botgan, yostiqqa suyangan Balle kosadagi suti bilan birga paydo bo‘ldi. Oxirgi navbatda, ikki daqiqaga kechikib, nimadandir norozi qiyofada lablari nam Rune yetib keldi. Fayf so‘z boshladi:
— Skvayrlar! O‘tgan gal men sirli va uzoq kelajakda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan xavf to‘g‘risida gapirgandim. Men yanglishgan ekanman. Xavf mavjud, lekin u bizdan uzoq emas ekan. U juda, juda ham yaqin. Men nima haqda so‘zlayotganimdan har biringiz xabardorsiz. Qolganlar ham tez orada buni biladilar.
— Siz nima to‘g‘risida gapiryapsiz o‘zi? — keskin so‘radi Bort.
— Davlat miqyosidagi xiyonat haqida!
QOCHOQ
Mirli Terens fazo bekatyni tark etgach, nihoyat Pastki Shahar qa’riga kirib oldi. U neyrotayoqni mahkam ushlab, nazoratchilarga xos takabburlik va o‘ziga ishonch bilan qadam tashlardi. Ko‘chalar bo‘m-bo‘sh. Mahalliy xalq kulbalarga yashirinib olgan. Bu qaytaga yaxshi. Uni hech kim bezovta qilayetgani yo‘q. Hech kim uni florinaliklarga xos oq yuziga tuzukroq nazar tashlash uchun to‘xtatmayapti. Qop-qora, kumush tugmali xos kiyimning o‘zi yetarli.
Biroq endi nazoratchilik qiyofasidan chiqish zarur.
Shu damdan boshlab, u Florinaning hech bir yerida bexavotir yura olmaydi. Nazoratchining joniga qasd qilish — buyuk jinoyat, hatgo ellik yildan keyin ham, agar shuncha vaqt omon-eson qolsa, qidiruv ishlari keng ko‘lamda davom etaberadi. Demak, Florinani tark etishi kerak.
Qanday qilib?
U shunday tavakkal qilishi kerakki, aqsh! — hushi joyida odam bunday qila olmasin…
Rezident chiqqan liftning eshiklari yopilar ekan, u nazoratchilar bo‘shnmasi ayni shu ko‘chaga qarab kelayotganini ko‘rib qoldi. Demak, muntazam qidiruv boshlanibdi.
U Yuqori Shaharning tashqari ko‘chasiga chiqdi. Bu yerda uni — Mirlin Terensni berkitib turishi mumkin bo‘lgan ustunlar, temirqotishma yo‘q edi.
Biron-bir nazoratchi ko‘rinmas, yonidan o‘tayotgan Skvayrlar unga parvo qilishmasdi. U Yuqori Shahar bino, ko‘chalarining joylashishi to‘g‘risida mavhum tasavvurga ega edi. Shu atrofda istirohat bog‘i bo‘lishi kerak. Eng oddiysi — duch kelgan kimsadan yo‘lni so‘rash, keyingisi balandroq binoga ko‘tarilib pastga qarab ko‘rish edi. Birinchisi aslo mumkin emas. Nazoratchiga ko‘rsatmalarning zaruriyati yo‘q. Ikkinchisi haddan tashqari xavfli. Bino ichida nazoratchi, tez ko‘zga tashlanadi.
Qachonlardir uning ko‘zi Yuqori Shaxar xaritasiga tushib qolgandi. U o‘sha bilimi bo‘yicha taxminan yo‘l tanladi. Bu to‘g‘ri bo‘lib chiqdi. Terens tez orada istirohat bog‘iga yetdi.
Florina iqlimining mo‘’tadilligi tufayli istirohat bog‘i doimo yashil libosda edi. U yerda o‘tloqlar, daraxtzorlar, qoyatoshlar ichiga kirib ketgan g‘orlar hamda tilla baliqlar suzib yuradigan kichkina hovuzcha bilan bolalar cho‘miladigan kattaroq hovuz mavjud edi. Kechalari, to yomg‘ir yog‘gunga qadar rang-barang nurlar jilva sochib o‘ynar, odamlar raqsga tushishar, uch o‘lchamli kino tomosha qilishar, daraxtzor ichidagi so‘qmoqlarda esa yoshlar juft-juft bo‘lib sayr etishardi.
Terens yarim soatcha sandiraqlab yurdi. Unga qech kim e’tibor qilmas, biror kishi nazar tashlamasdi. Agar ertaga manavi yonidan o‘tayotgan Skvayrlardan «Siz kecha istirohat bog‘ida nazoratchini ko‘rdingizmi?» deb so‘rashsa, ularning ko‘zlari hayratdan chaqchayadi. Bu savol, ulardan so‘qmoqdan sakrab o‘tgan chigirtkani payqadingizmi deb so‘rash bilan barobar.
Shu payt uning nazari o‘zi izlayotgan kimsaga t'shdi.
Skvayr! U bir chekkada u yoq-bu yoqqa yurar, og‘zidagi sigara tutuninn tez-tez ichiga tortardi. Skvayr chekib bo‘lib, sigara qoldig‘inn qoya yorig‘iga tiqdi, qoldiq bir nafasdan keyin lov etib yondi-yu, kulga aylandi. U soatiga qaradi. Terens undan ko‘zini uzib atrofni kuzatdi. Hech kim yo‘q. Ayni muddao!
U Skvayrga tez yaqinlashar ekan, neytrotayoqni chiqardi. Skvayr buni ko‘rishga ham ulgurmadi. Tayoq ohista vizilladi — Skvayr shu ondayoq qotib qoldi-da, yerga quladi.
Atrofda hech kim paydo bo‘lmadn. Terens ko‘zlari chaqchayib, qotib qolgan jasadni yaqin oradagi g‘ornnng ichiga olib kirdi-da, bir amallab yechintirdi. U o‘zining ter shimgan, chang yuqqan knyimini yechib tashladi va Skvayrning ust-boshini kiyib oldi. Unnng tanasn umrida birinchi marta kirt matosini hns qildi.
Terens ust-boshdan tashqari qalpoqchani ham kiydi. Bu narsa hozirgi vaqtda yoshlar ichida rasmdan chiqib qolayozgandi, lekin ba’zi birlar, baxtiga manavi Skvayr ham, hamon bosh yalang yurishga o‘rganishmagandi. Terensning sochlari oq bo‘lgani uchun qalpoqcha bilan ularni berkitish shart edi. Aks holda florinalik ekanligi sezilib qolardi.
Keyin u to‘pponcha quvvatini eng yuqori qiymatga to‘g‘riladi-da, uchini Skvayrga yo‘naltirdi. Bir ozdan so‘ng jasaddan faqat bir hovuch kul qoldi — bu narsa qidiruvni mushkullashtiradi.
U nazoratchi kiyimini ham yoqdi, kul ichidan qorayib qolgan kumush halqalar va tugmalarnn terib oldi. Bu ham qidiruvni mushkullashtiradi.
U istirohot bog‘idan chiqdi-da, yana yarim soatcha sandiraqlab yurdi.
Xo‘sh, endi nima qilish kerak?
U o‘rtasida kichkinagina favvora otilib turgan hovuz oldida to‘xtadi. Mayda zarralarga bo‘linib tushayotgan suvda kamalak jilolanardi. U botayotgan quyoshga orqasini o‘tirgancha panjaraga suyanib turar ekan, qorayib ketgan kumush tugmalarni ohista, bittalab hovuzga tashladi. Keyin Pastki Shahar haqida o‘y sura boshladi va vujudiga endigina qadam qo‘yayotgan afsus-nadomat ortga chekindi.
Terens o‘z harakatlarining tabiiyroq chiqishiga intilar ekan, egnidagi kiyim cho‘ntaklarini titkg‘shab chiqdi. Yassi kalitlar shodasi, mayda pullar va shaxsiy guvohnoma chiqdi. (Yo Sark, bu narsa hatto Skvayrlarda ham bor ekan! Biroq, ular uni duch kelgan nazoratchiga ko‘rsatishlari shart emas.)