— Yo‘q. Haqiqatdan boya nimanidir esladim. Ilgari qanday ish bilan shug‘ullanganim yodimga tushdi… Yur, Lona, maydonga boramiz.
— Kech kirib qoldi.
— Iltimos! Qishloq tashqarisiga chiqsak bo‘ldi.
…Yarim soatlardan so‘ng ular tekis yo‘ldan qum sepilgan ilonizi yo‘lga burilishdi. Jim ketish og‘irlik qilar, Valona xavotirga tushardi.
Agar Rik uni tashlab ketsa nima bo‘ladi? U hali ham yosh bolaga o‘xshaydi. Ammo, u es-hushidan mahrum qilinishidan avval o‘qimishli, Katta odam bo‘lgan.
O‘z paytida, u Rikning birinchi so‘zlaridanoq cho‘chib tushgandi. O‘sha so‘zlar, bosh og‘rig‘i haqidagi turli-tuman uzoq shikoyatlardan so‘ng, kutilmaganda juda g‘alati tuyulgan edi. Valona, o‘shandayoq, uning ko‘p narsani eslab qolishi va bir kun kelib o‘zini tashlab ketishi mumkinligidan qo‘rqib qolgandi, U bor-yo‘g‘i Katta Lona laqabli Valona March edi. Uning oyoqlari qo‘pol, qo‘llari mehnatdan dag‘allashgan yirikkina qiz edi. Bunday qizlarga er topilishi juda qiyin. U yigitlarga faqat hasrat bilangina qarardi. Yigitlarga qarab jilmayish yoki ko‘z qisish unga aslo yarashmasdi, Boshqa ayollar birin-ketin farzand ko‘rishar, Valona esa ular oldiga borib, ko‘zlari yumuq, jajjigina og‘izchali, sochsiz va qip-qizil go‘sht bo‘lgan chaqaloqlarga nazar tashlash bilan kifoyalanardi.
Lekin, mana uning hayotida ham o‘ziga xos chaqaloq — Rik paydo bo‘ldi. Uning atrofida parvona bo‘lish, ovqatlantirish, toza havoga olib chiqish, uxlatish, bosh og‘rig‘i qiynaganda esa ovutish kerak edi.
Uning mushtidan hatto erkak kishilar ham qo‘rqishardi, Rikni fabrikaga ishga olib kelgan kuni, uyat gap aytgani uchun ustaning boplab ta’sirini bergandi.
Shuning uchun, Rikning oldingi hayotini eslashini istamasdi. Aks holda, u Rikka nima ham taklif qila oladi. Biroq uning doimo yordamga muhtoj va aqli ojiz bo‘lib yurishini tilash xudbinlik emasmi?! Qiz shu paytgacha hech kimga shu qadar kerak bo‘lmagan va yolg‘izlikka aslo tobi-toqati yo‘q edi.
Qiz so‘radi:
— Eslayotganlarning to‘g‘riligiga ishonching komilmi, Rik?
— Ha, Lona, men yodimga tushgan narsalarga ishonaman. Sen buni bilasan. Masalan, meni gapirishga o‘rgatmading. O‘zim esladim. To‘g‘rimi? Endi bo‘lsa, ilgari qanday ekanligim yodimga tushyapti. Mening «ilgarigi hayotim» bo‘lishi kerak, Lona!
«Bo‘lishi kerak». Shu so‘zlar qizning yuragiga og‘ir botdi. Rikning «ilgarisi» butunlay boshqa dunyo edi. Bu narsa aniq, chunki uning yodiga tushmagan birgina so‘z «kirt» edi. Lonaga esa Rikni Florinada eng muhim hayotiy narsani bildiradigan ushbu so‘zga o‘rgatishga to‘g‘ri keldi.
— Nimalarni eslayapsan? — so‘radi qiz.
Rikning hayajoni to‘satdan bosildi. U ikkilanardi.
— Buni tushunish qiyin, Lona. Men faqat, o‘z xizmatimni va vazifamni esladim. Butunlay bo‘lmasa ham, qisman aniq bilaman.
— Men Hech Nimani tadqiq qilganman.
Qiz o‘z hayotida «tadqiq qilish» iborasini eshitmagandi, pgunday bo‘lsa-da, savol berdi:
— Ayt-chi, Rik, bu qanday xizmat? Hech narsani tadqiq qilish mumkinmi? Bu ish emas-ku!
— Men «hech narsa» deganim yo‘q, Hech Nimani tadqiq qilganman. Katga «H» va katta «N» bilan yoziladi.
— Baribir, ma’no o‘zgarmaydi-ku?
— Yo‘q, albatta. — U chuqur xo‘rsindi. — Buni tushuntirib berolmasam kerak. Eslaganlarim faqat shuning o‘zi. Lekin, xizmatimning muhim hisoblanganini his qilyapman. Ilgari jinoyatchi bo‘lganligim yolg‘on gap!
Bu hodisa, u birinchi marta so‘zlaganda ro‘y bergandi. U shunday to‘satdan gapirib yubordiki, qizning esi chiqib ketdi. Qiz hatto Rezident bilan maslahatlashishga botinolmadi. Kelgusi dam olish kunida Lona Rikni shaharga, hakimga ko‘rsatgani olib bordi.
Tekshiruvdan so‘ng hakim qizning oldiga chiqdi.
— Siz bu odamni qachon uchratdingiz?
Qiz ehtiyotlik bilan, keraksiz tafsilotlarsiz, Rezident va soqchilarning nomini qushmay Rik haqida so‘zlab berdi.
— Demak, siz u haqsa hech narsa bilmaysiz?
— Ilgari u kim bo‘lganidan aslo xabarim yo‘q.
— Bu odam ruhiyat zondi ta’siriga duchor qilingan. Buning ma’nosini bilasizmi?
Avvaliga qiz bosh chayqadi, so‘ng pichirladi:
— Bu narsa aqli ojizlarga nisbatan ishlatiladimi, do‘xtir?
— Jinoyatchilarga ham. Aqlni joyiga keltirish yoki o‘g‘irlash va o‘ldirishga bo‘lgan ishtiyoqni so‘ndirish uchun.
— Ammo Rik hech qachon o‘g‘irlik qilgan emas, — hayron bo‘ldi Lona.
— Avval u nima ishlar qilib yurganini siz qayerdan bilasiz? Hozir buni aniqlash mushkul. Zond bilan juda qo‘pol va chuqur ta’sir ko‘rsatilgan. Ongning qaysi qismi butkul ishdan chiqqani, qaysi qismi xiralashtirilgani noma’lum. Bu kimsa hamisha kuzatuv ostida bo‘lishi lozim.
— Yo‘q, yo‘q! U men bilan qoladi. Do‘xtir, men o‘zim unga qarayman!
Hakimning qovog‘i solindi, ammo yanada muloyimroq so‘z qotdi:
— Ha, aytganday, siz haqingizda o‘ylamapman. Balki uning ongida biror yomonlik qoldiqlari bordir. U sizga ziyon-zahmat yetkazishi mumkin.
Shu payt hamshira Rikni yetaklab chiqsi. U Rikni go‘yo yosh boladek tinchlantirar, ovutardi. Rik qo‘li bilan boshini ushlagancha, atrofga befarq nigoh tashladi. Ko‘zi Valonaga tushgach, unga qo‘llarini cho‘zib talpindi.
— Lona!
Qizi mahkam quchoqlab oldi. Rikning botsgini mehribonlik bilan yelkasiga qo‘ydi-da, hakimga qaradi:
— U hech qachon menga yomonlik qilmaydi.
— Baribir, bu haqsa tegishli joyga ma’lum qilish kerak. Shu ahvolda nazoratdan qanday qochibdiykin?
— Demak, uni mendan tortib olishadimi, do‘xtir?
— Boshqa iloj yo‘q. Qonunga bo‘ysunish shart.
Ular orqaga qaytishar ekan, Valonaning kayfiyati buzilgan, alamidan Rikni bag‘riga bosardi.
Oradan bir hafta o‘tgach, gipervideodan baxtsiz hodisa tufayli halok bo‘lgan bir hakim to‘g‘risida xabar qildilar. U elektr tarmog‘i uzilgan chog‘da falokatga yo‘liqqandi. Hakimning ismi qizga tanishdek tuyuldi va kechasi uni o‘zining qog‘ozlaridagi nom bilan solishtirdi. Ismlar mos keldi,
Keyinchalik, Rik ancha narsani tushunadigan bo‘lib qolganida, qiz hakimning gaplarini aytib berdi va tinch yurishni istasa,qishloqsan chetga chiqmaslikni maslahat berdi…
— Mening jinoyatchi bo‘lganligim yolg‘on, — qaytardi Rik, — ayniqsa, agar mening xizmatim muhimligini hisobga olsak! Ketishim kerak. Boshqa iloj yo‘q. Fabrikani ham, qishloqni ham tark etishim va o‘zim haqimda ko‘nroq bilishga intilishim shart.
— Rik! Bu xavfli! Sen Hech Nimani tadqiq qilgan bo‘lsang ham, o‘z haqingda ko‘proq bilishga intilishingning nimasi muhim?
— Nega desang, yaqinda men yana bir narsani xotirladim.
— Nimani, nimani esingga tushirding?
— Aytmayman, — pichirladi Rik.
— Sen buni kimgadir aytishing lozim. Yo‘qsa, unutib qo‘yishing mumkin.
Rik qizning qo‘llarini ushladi.
— Gaping to‘g‘ri. Sen hech kimga aytib qo‘ymaysanmi, Lona? Har ehtimolga qarshi, yodingda saqyaab yurasanmi?
— Albatta, Rik.
Rik atrofga boqsi. Dunyo go‘zal edi. Valona qachonlardir bu yerdan, bir necha mil narida joylashgan Yuqory Shaharda yonib turadigan kattagina yozuvlar borligini aytgandi:
«FLORINA — BUTUN GALAKTIKADAGI ENG GO‘ZAL SAYYORADIR».
Hozir atrofga qararkan, u o‘sha yozuvning haqiqatligiga ishonch hosil qilardi.
— Esimga tushgan narsa juda dahshatli. Lekin, hammasi to‘gri, shu paytgacha yanglishganim yo‘q. Buni men kechqurun esladim.
— Rostdanmi?
U dahshat bilan qizga tikildi:
— Bu sayyorada hamma halok bo‘lishi kerak. Florinada biror tirik zot qolmaydi.
Mirlin Terens qo‘ng‘iroq jiringlaganida, taxmondan filmkitob olmoqsa edi. Rezident ko‘ylagining yoqasini tekislar ekan, ohista eshikka yaqinlashdi. Uning kiyimi Skvayrlarnikiga o‘xshash edi. Ba’zan, u hatto o‘zining Florinada tug‘ilganini ham unutib qo‘yardi.
Ostonada Valona March turardi. U tiz cho‘kib, boshini egdi — bu hurmat bilan salom berishni bildirardi,