Выбрать главу

Bir oz o‘tib ular fazo qa’riga chiqdilar. Avvaliga, yaxta haydovchisining uzunuzun, ingichka barmoqlari boshqarish tugmalarini o‘ynar ekan, ekrandagi yulduzlar u yoq, bu yoqqa borib-kelib turdilar. Keyin, ekran yuzasini zarg‘aldoq sayyoraning bir bo‘lagi egallab oldi.

— Yomon emas, — dedi Henro. — Dimon, siz kemaga yaxshi qarar ekansiz. Yaxta uncha katta bo‘lmasa ham, afzal tomonlari ko‘p ekan.

— Istasangiz, uning tezligini va boshqaruvchanligini tekshirishingiz mumkin. — dedi ehtiyotkorlik bilan Terens. — Qarshiligim yo‘q.

— Juda soz. Sizningcha, qaysi tomonga yo‘l olsa yaxshi bo‘ladi? Agar… — U ikkilanib turdi-da, so‘zini davom etdirdi: — Sarkka borishga qalaysiz?

Terensning nafas olishi sezilar-sezilmas tezlashdi. U mo‘’jizalar olamiga tushib qolganiga ishongisi kelardi.

— Yo‘q deyishga asosim yo‘q, Henro! — javob qildi u shavq bilan.

— Demak, Sarkka ketdik.

Florinaning ekrandagi tasviri kattalashib boruvchi tezlikda yo‘qola boshladi…

Terens juda og‘ir, ko‘z oldi xiralashgan holda uyg‘ondi. Bir necha daqiqa atrofborliqni yaxshi his qila olmadn.

— Uxlab qolibman-a, — dedi u esnar ekan.

— Shunaqaga o‘xshaydi. Mana, Sarkka ham yetib keldik. — Henro ekrandagi yarimoyga ishora qildi.

— Qachon qo‘namiz?

— Taxminan bir soat bor.

To‘satdan Terens Henroning qo‘ynida kul rang metall jismni — igna-miltiqning mo‘’jaz tumshug‘ini ko‘rib qodsi.

— O‘zi nima gap? — so‘radi Terens o‘rnidan turishga chog‘lanar ekan.

— O‘tiring, — dedi bosiq ohangda Henro. U boshqa qo‘lida qalpoqcha ushlab turardi.

Terens beixtiyor qo‘lini boshiga yugurtirdi, barmoqlari yorqin sochlarni his qildi.

— Ha, — aniq xulosa chiqardi Henro. — Bu yaqqol ko‘rinib turibdi. Siz florinaliksiz.

Terens indamay oldiga qarab tura berdi.

— Sizning mahalliy kishi ekanligingizni, bechora Dimonning kemasiga chiqishdan avval ham bilgandim. Sizning asosiy xatoingiz shu bo‘ldiki, Rezident, siz yaxshi tashksh etilgan politsiya kuchlarini betinim aldab yura olaman, deb o‘ylabsiz. Sovuqqonlik bilan biror kimsani, aytaylik, Dimonni o‘ldirgan odam qanday hissiyotga chulg‘anadi, Rezident?

— Men uni qasddan tanlaganim yo‘q, — xirilladi Terens. Uning nafas olishi tezlashdi. U achchiq alam va jahl bilan g‘o‘ldiradi: — Siz, sarkliklar, millionlab florvdaliklarni shu xususda, ayollarni, bolalarni ham o‘ldirgansiz. Ularning qoni sizga boylik keltirdi. Bu yaxta…

— Dimon xizmatkor emas, xo‘jayin sifatida tug‘ilgani uchun aybdor emas, — dedi Henro. — Agar, siz sarklik bo‘lsangiz nima qilardingiz? Butun mol-mulkingizdan voz kechib kirt maydonida javlon urib ishlarmidingiz?

— Unday bo‘lsa, otib tashlang! — qichqirdi Terens. — Nimani kutyapsiz?

— Shoshib qayoqqa ham borardim. Mening vaqtim ko‘p. Hikoyani tugatib olay. Xullas, o‘ldirilgan kishi va qotilning shaxslari haqida bizning aniq ma’lumotimiz yo‘q edi, birots menda ba’zi gumonlar mavjud edi. Men jinoyatchini Sarkka yetkazib kelaman, deb Xavfsizlik Xizmatini ishontirdim. Bu ishni biron-bir to‘polonsiz, tinch bajaraman, deb aytdim. So‘zimning ustidan chiqqanimga amin bo‘lgandirsiz. Tan olishim kerak, avvaliga, men rosa ikkilandim, siz-qidirilayotgan kimsamisiz yoki yo‘qmi. Siz bekat maydonida odsiy kiyimda yurardingiz. Bu o‘taketgan didsizlik. Hech kim, maxsus kiyimsiz, o‘zini yaxta haydovchisi qilib ko‘rsatmaydi, deb o‘yladim.

Sizni atayin ko‘z-ko‘z qilib qo‘yishgan, siz qidiruvni chalg‘itish maqsadida qamoqqa olinishni istayapsiz, deb qam o‘yladim.

Men ikkilanib, sizni turli yo‘llar bilan sinab ko‘rdim. Mutlaqo zaruriyati bo‘lmagan hollarda kalitlarni tanlay boshladim. Havo almashtiriladigan tirqishlarning o‘ng tomonidan hech qachon kemaga chiqilmaydi, bilib qo‘ying, bunday kemalar umuman yo‘q. Eshiklar doimo chap tomonda joylashadilar, Men xato qilganimda, siz hayron bo‘lmadingiz. Aslo!

Keyin, men sizdan, kemangiz Florinadan Sarkka olti soatda bora oladimi, deb so‘radim. Ha, dedingiz. Bu ajoyib yangilik! Axir, eng tez uchish muddati to‘qqiz soatdan ko‘proq-ku!

Shundan so‘ng, siz ko‘z-ko‘z qilinayotgan odam emassiz, degan xulosaga keldim. Sizning bilimsizligingiz qaddan tashqari edi… Aytganday, nega bularni erinmay qikoya qilayotganimni bilasizmi?to‘satdan yumshadi Henro.

Terens indamadi.

— Birinchidan, — dedi Henro, — sizning qiynalayotganingizni ko‘rish menga huzur baxsh etadi. Men qotillarni yoqtirmayman, ayniqsa, sarkliklarni o‘ldirgan florinaliklarni. Menga sizni tirik tutib kelish buyurilgan, biroq ko‘rsatmalarda jinoyatchini yayratib-quvnatib borish haqida gap-so‘z yo‘q. Ikkinchidan, siz shart-sharoit bilan tanishishingiz kerak, chunki kema Sarkka qo‘ngach, keynngi qadamlarni o‘zingiz tashlashingiz zarur.

Terens unga yarq etib qaradi.

— Tushunolmadim.

— Xavfsizlik Xizmati kelayotganingizdan xabardor. Biz sayyora atmosferasidan chiqishimiz bilanoq, florina bo‘limi bu qaqda axborot bergan.

— Baribir tushunolmadim, — dedi umidsiz oxangda Terens.

— Aytayapman-ku: sizni Sarkda kutishyapti. Lekin, men Xavfsizlik Xizmatini emas… Trantorni ko‘zda tutyapman.

MURTAD

Kofe ichish mobaynida Ebl Junsga oxirgi 36 soat mobaynnda ro‘y bergan voqealarni aytib berdi.

Junsni qayrat qamradi. U yarimlab qolgan piyolasini chetga qo‘yib so‘z qotdi:

— Aytaylik, ular barcha kemalar orasida kelib-kelib xuddi shunisiga yashirinishga muvaffaq bo‘lishgan bo‘lsin. Biroq, ularni bilmasliklari qam mumkin-ku. Kema qo‘nayotgan paytda, o‘z odamlaringizni yuborsangiz…

— E-e! O‘zingiz yaxshi bilasiz: zamonaviy kemalarda issiq jonni sezmaslik mumkin emas.

— Balki mumkindir. Asboblar, albatta, xato qilmaydilar, biroq odamlar to‘g‘risida bunday deya olmayman.

— Bunday o‘ylasangiz, xato qilasiz. Menga yetib kelgan ma’lumotga ko‘ra, shu daqiqada koinot tadqiqotchisi kirib olgan kema Sarkka yaqinlashyapti, Skvayr Fayf esa boshqa Buyuk Skvayrlarni chaqirib majlis quryapti. Bunday qit’alararo bo‘ladigan majlis Galaktika kengliklarida yulduzlar qanchalik siyrak uchrasa shunchalik kamdan-kam uyushtiriladi. Bu tasodifmi? Juda g‘alati tasodif!

— Bularning hammasini qanday bildingiz?

— «Hammasi» nima deganingiz?

— Hammasimi? Aytaylik, koinot tadqiqotchisining qanday va qachon berkingani Rezidentning qanday qilib ta’qibdan qochib ulgurgani. Siz meni aldayapsiz.

— Qimmatli Juns!

— Siz o‘z kishilaringizning mendan yashirincha koinot tadqiqotchisini kuzatganliklarini tan oldingiz. Siz tasodiflardan saqlash uchun meni ziyon-zahmatsiz ohistagina chetga chiqarish tadbirlarini ham ko‘rib qo‘ydingiz.

— O‘tgan tun bo‘yi men ba’zi bir xufiyalarim bilan aloqada bo‘lib turdim…

— Bu ma’lumotlarni fahat Sark hukumati a’zosi bilan mulohotga kirisha oladigan kishigina qo‘lga kiritishi mumkin.

— Ha, albatta… Bir kishi bor, u mening eng zo‘r xufiyalarimdan. U Sarkning Xavfsizlik Xizmatida ishlaydi. Aytganday, u hozir Rezidentini bu yerga olib kelyapti.

— Rezident ushlangan deyayotgan edingiz-ku.

— Ha. Xavfsizlik Xizmati tomonidan. Mening xufiyam Xavfsizlikning ham xufiyasi.

— Endi nima qilmoqchisiz?

— Hozircha bilmayman. Rezidentni olib kelaylik-chi, keyin ko‘ramiz. Men faqat bir narsani aniq bilaman — u bekatga qo‘nadi. Biroq, Skvayrlar ham Rezvdentga orziqib ko‘z tikib turishibdi. Asosiy masala — uning kimga nasib qilishida!

O‘zga sayyoralar elchixonalari butun Galaktikada xususiy maydonlariga ega bo‘lishga haqli edilar. Amalda esa, faqat Trantor elchixonalari bunday huquqdan foydalana olardi.

Trantor elchnxonasi maydoni taxminan bir mil kvadratni egallagan, bu yerni maxsus kiyimli, Trantor belpyuini taqqan nazoratchilar qo‘riqlardilar. Bu maydonga sarkliklar faqat taklifnoma orqaligina kira olar, qurollangan sarklik esa qorasini ham ko‘rsatolmasdi. Nazoratchmar ortida yagona qudratli kuchga uyushgan millionlab sayyoralar turardi. Elchixonaga tahdid qilishga hech kimning yuragi betlamasdi.