Выбрать главу

U eqtiyotkorona javob qildi:

— Ha.

— Siz so‘roqda ishtirok etdingizmi?

— Ha.

— Yaxshi. Men shundaydir, deb o‘ylagandim. Aytganday, nega siz kemani shoshilinch tark etdingiz?

— Men maxsus axborot olib borishim kerak…

U yana nima deyishni bilmay kalovlandi. Qiz darhol bu gapni ilib oldi.

— Mening dadamgami? Xavotir olmang. Men sizning yoningizni olaman. Buyrug‘imni bajardi, deyman.

— Mayli, xonim.

Uning «xonim» deb aytgan so‘zi, hattoki o‘zini qam hayratga soldi. Qiz, mamlakatdagi eng oliyzotlardan edi, o‘zi esa florinalik. Lekin nazoratchilarni o‘ldira olgan odam osonlik bilan Skvayrlarni asfalasofilinga jo‘natishi mumkin, bu ishni bajargan kimsa esa hech cho‘chimay Oliyzot xonim yuziga tik boqa oladi.

U qizga sinovchan va o‘tkir nigoq tashladi.

Qiz go‘zallikda beqiyos edi. Bunday chiroydan baqramand bo‘lish uchun butun hayotini qurbon qilsa qam arzirdi.

Shu daqiqada, u Skvayrni o‘ldirish uncha katta jinoyat emasligini angladi.

U nima qilayotganini ham bilmay qoldi. Qizning nozik navnihol tanasi uning quchog‘iga tushdi. U qarshilik ko‘rsatishga urinib, bir soniyashna qichqirishga ulgurdi xolos. Terens g‘uncha lablardan chiqayotgan ohni o‘z lablari bilan o‘chirdi…

Mashinaning eshigi ochilib, Terensning orqasiga sovuq shabada ufurganda, qizning qo‘llari uning yelkalarini quchib turardi.

Jahldan tutoqqan sarklik Terensni mashinadan tortib chiqarar ekan, Samiya indamay, og‘zini ochgancha hayratda qotib qoldi.

— Shunday qiz shunga yo‘l qo‘ysa-ya, — g‘o‘ldiradi sarklik. — Yo‘l qo‘ysa-ya…

Samiya beholgina chetga surildi-da, yuzlarini ikki qo‘li bilan changallab oldi, rangi oqardi.

— Qizni nima qilamiz?

— Hech narsa.

— U bizni ko‘rdi-ku. Biz bir mil yurmasimizdan, butun sayyora orqamizdan izga tushadi.

— Sen Oliyzot Xonimni o‘ldirmoqchimisan?

— Yuq. Lekin, biz uning mashinasini buzib qo‘yishimiz mumkin. Qiz yaqin oradagi radiofonga yetib borguncha, biz qochishga ulguramiz.

— Kerak emas, — xufiya mashina ichiga engashdi. — Xonim, mening aslo vaqtim yo‘q. Eshityapsizmi?

Qiz g‘iq etmadi.

— So‘zlarimni qulog‘ingizga quyib oling. Baxtli daqiqalaringizda xalaqit qilib qo‘yganim uchun uzr, biroq men sizning holatingizni stereofotoapparat orqali suratga tushirib ulgurdim. Angladingizmi? — xufiya sherigiga yuzlandi. — Xonim bu haqda hech kimga hech narsa aytmaydilar. Rezident, biz bilan yuring.

Terens bo‘shashib ular ortidan ketdi.

U mashinadagi rangi oqarib, g‘amgin bo‘lib qolgan chehraga qayta qaray olmadi.

Endi ne bo‘lsa ham, u mo‘’jiza yaratdi. U Sarkning eng mag‘rur, eng go‘zal xonimidan bo‘sa oldi, uning nozik, yumshoq va shirin lablarining haroratini tuydi.

AYBLANUVCHI

Ebl o‘zining shaxsiy hayotida mavhum diplomatik gaplarni ishlatmaslikni afzal ko‘rardi. Aloqa nuri orqali Fayf bilan so‘zlashar ekan, o‘zini bir qadah may oldida o‘tirgan mo‘ysafiddek tutdi.

— Sizni topish qiyin bo‘ldi, Fayf.

Fayf jilmaydi. U xotirjam va beparvodek edi.

— Men band edim, Ebl.

— Bundan oz-moz xabarim bor.

— Otini aytdimi?

— Qisman. Stin biz bilan yetti soatcha bo‘ldi.

— Bilaman. Bu mening xatoim. Siz uni bizga qaytarasizmi?

— Bunday qilolmasak kerak.

— U — jinoyatchi.

Ebl miyig‘ida kulib qo‘ydi-da, shaffof va tiniq may ichidan chiqayotgan pufakchalarga boqib qadahni chekkaroqqa surib qo‘ydi.

— Menimcha, uni siyosiy qochoq, deb atash mumkin. Koinot qonuni bo‘yicha, u Trantor yerida daxlsizdir.

— Hukumatingiz sizni qo‘llab-quvvatlaydimi?

— Bunga shubham yo‘q, Fayf. Men qirq yilcha vatandan chetda xizmat qildim, Trantor nimani ma’qullaydi, nimadan norozi bo‘ladi, bularni juda yaxshi bilaman.

— Nazarimda, sizning taklifingiz borga o‘xshaydi…

— Ha. Sizning qo‘lingizda bizning odam bor.

— U kim?

— Koinot tadqiqotchisi. Trantor mulkiga qarashli Yer sayyorasining vakili. Menda Stin bor, sizda esa yerlik. Qandaydir ma’noda muvozanatda turibmiz. Siz o‘z rejalaringizni amalga oshirishni boshlamay, ultimatumingiz tugamay va davlat to‘ntarishingiz ro‘y bermay turib, kirt masalasini qal qilib olsak bo‘lardi.

— Bunga aslo hojat yo‘q. Hozirgi vaqtda ro‘y berayotgan hodisalar Sarkning ichki ishidir. Hech qanday siyosiy voqealar kirt sanoatiga ta’sir qilmaydi deb kafil bo‘la olaman. Nazarimda, bu Trantorning qonuniy talab va ehtiyojlarini qanoatlantirsa kerak.

Ebl o‘yga tolgancha so‘z qotdi;

— Bizda yana bir siyosiy qochoq borga o‘xshaydi. Antiqa hodisa.

Aytganday, u — florinalik Rezident. O‘zini Mirlin Terens deb atayapti.

Fayfning ko‘zlarida o‘t chaqnadi.

— Bizda shunday shubha bor edi. Sark haqqi, Ebl, sayyoramiz ishlariga Trantorning ochiqsan-ochiq aralashishish!ng cheki-chegarasi bo‘lishi kerak. Siz o‘g‘irlagan odam — qotil. Unga siyosiy boshpana berishga haqqingiz yo‘q.

— Bu odam sizga kerakmi?

— Uni almashtirishni taklif qilmoqchimisiz? Nima istaysiz?

— Eslatib o‘tilgan majlisning butun mazmuni kerak.

— Bitta florinalik qotil uchun-a? Albatta, yo‘q!

— Biroq, Rezidentning qo‘lga tushish tarixi juda qiziq. Buning shaxsan siz uchun katta ahamiyati bor…

* * *

— Men bu majlisda o‘z xohishim bilan qatnashayotganim yo‘q. — xo‘mrayib so‘z qotdi Fayf. — Shuning uchun, si-zlarga biror nima deyishni aslo istamayman. Men faqat eshitmoqchiman.

— Nazarimda, birinchi so‘zni Stin olmoqchi, — dedi Ebl.

Stin darhol qichqira boshladi:

— Fayf! Siz meni Trantorga murojaat qilishga majbur etdingiz! Siz muxtoriyat qonunini buzdingiz. Buning uchun mendan yaxshilik kutmang. Men Skvayr Fayf kabi izquvar nomiga ega bo‘lmoqchi emasman, balki menda bunday iste’dod yo‘qdir, lekin men mantiqiy fikr yuritishga qodirman. Ha! Men o‘ylab ko‘rdim. Kecha bizga Fayf o‘zi «Iks» deb atayotgan syrli bir jinoyatchi haqida gapirdi. Xulosam shunday: Bu uydirmadan maqsad Sarkda favqulodda holat e’lon qilishdir. U meni alday olmadi!

— Demak, hech qanday Iks yo‘qmi? — so‘radi xotirjamlik bilan Fayf. — Unda siz nega qochdingiz? Bu axir kim gunohkorligini aytib turibdi-ku!

— Hali shunaqami? — qichqirdi yana Stin. — Men o‘zim o‘t qo‘yuvchi bo‘lmasam ham, yong‘in tushgan uydan qochishim mumkinmi, yo‘qmi?..

— Ha, men endi sukut saqlamayman. Barcha o‘y-fikrlarimni oshkor etaman. Iks kimligini ham aytishnm mumkin! Meningbir narsaga shubham yo‘q: sotqnnlik qilgan Buyuk Skvayrlarning biri. Ularning ichida eng xabardor kishi kim? Kim koinot tadqiqotchisi bilan bog‘liq voqeadan qolganlarni qo‘rqitish uchun, Fayf diktaturasiga xizmat qiluvchi «birlashish» uchun foydalanishga intildi? Men sizga Iksning haqiqiy nomini oshkor etaman. — Stin o‘rshadan turdi, boshi tasvir hajmining yuqorisiga tegib qolgani uchun tep-tekis ko‘rinardi. U ko‘rsatkich barmog‘i bilan ishora qildi. — Ana Iks! U — Skvayr Fayf! Koinot tadqiqotchisini o‘sha topgan. U birinchi majlisdagi o‘zining ahmoqona uydirmalari bilan bizga ta’sir qilolmaganini ko‘rib, uni qayergadir berkotib qo‘ygandi, endi esa, harbiy to‘ntarish tayyorlab, uni yana yuzaga chiqaribdi!

Fayf ensasi qotgancha Eblga yuzlandi.

— U gapini tugatdimi? Agar shunday bo‘lsa, unga ayting: gaplari har qanday vijdonli, or-nomusli odam uchun qattiq haqoratdir.

— Stin ko‘nglidagi gapni aytdi, — javob berdi Ebl. — Keling, muddaoga o‘taylik. Biz koinot tadqiqotchisini ko‘rishni istaymiz.

— Qo‘limizda o‘zini koinot tadqiqotchisi deb atayotgan aqli noqis kimsa bor.

Yaxshi, men uni olib kelishni buyuraman.

* * *

Bunday voqealar Valona Marchning tushiga hech kirmagan edi. Ular sayyoraga qo‘nganlariga bir kundan oshganiga qaramay, u qamon tinmay hayratlanardi. Hatto Rikni tiqib qo‘yishgan alohida qamoqxonalar ertakdagidek ajoyib tuyulardi. Tugmani bossang jo‘mrakdan suv tushadi. Devorlardan esa issiqlik tarqaladi. Tashqaridagi qavoning sovuqligi esa, yanada ajablantirardi: havo ham shunchalik past haroratli bo‘ladimi? U bilan muloqotda bo‘layotgan har bir kimsa esa juda po‘rim kiyingandi.