Mana endi uni katta va yorug‘ xonaga olib kelnshdi. Bu yerda bir qancha odamlar bor ekan. Bittasi o‘ta jiddiy, qovog‘i solinib stol ortqda o‘tirar, boshqasi ancha yoshi ulug‘, serajin bo‘lib oromkursini egallagandi. Va yana uch kishi…
Ularning biri Rezident edi!
Qiz jonholatda unga otildi.
— Rezident! Rezident!
Valona uning tanasini bosib-yanchib o‘tib ketdi.
Oyoqlari Rezident o‘tirgan og‘ir oromkursini sezmadi ham. U titrayotgan qo‘llarini ohista uzatdi. Qiz yigitni aniq-tashq ko‘rib turgan bo‘lsa-da, ular hech narsani his qilmadilar,
Valona oh urdi-da, yerga quladi. Rezident beixtiyor uni ushlab qolish uchun qo‘llarini cho‘zdi, biroq qo‘llar baribir qizni tutib qololmasdilar.
Bir ozdan so‘ng, Valona oromkursida o‘tirar, Rik qo‘llarini ushlab olgan, serajin qariya esa unga engashib turardi.
— Qo‘rqmang, jonginam. Bu faqat tasvir. Xuddi fotosuratga o‘xshash.
Qiz Rezidentga ishora qildi.
— U hozir bu yerda yo‘qmi?
— Bu uch o‘lchamli tasvir, Lona, — gapga aralashdi to‘satdan Rik. — Rezident hozir boshqa yerda o‘tiribdi, biroq biz uni shu xonada ko‘ryapmiz.
Valona boshini liqillatdi. Rik buni tasdiqlayotgan ekan, demak, shunday bo‘lishi kerak. Qiz yerga qarab oldi. U, ayni paytda ham bor, ham yo‘q odamlarga boqishga jazm qila olmasdi.
Ebl Rikka yuzlandi.
— Siz uch o‘lchamli tasvirni bilasizmi?
— Ha, janob.
Bugungi kun Rik uchun ham ajablanarli edi, biroq bundan Valona cheksiz hayratlanayetgan bo‘lsa, Rik borgan sari o‘ziga tanish hayot ichiga kirib borardi.
— Qayerdan bilasiz?
— Aniq aytolmayman, Ilgari bilardim. Hamma narsa esimdan chiqmasdan avval.
— E’tibor qiling, Fayf! — dedi Ebl. — Sizning aqli noqis florinalik odamingiz, uch o‘lchamli tasvir haqida yetarli ma’lumotga ega ekan.
— Nazarimda, uni yaxshilab tayyorlashgan, — cho‘rt kesdi Fayf.
— Uni Sarkka kelgandan beri so‘roq qilishdimi?
— Albatta.
— Natija qanday?
— Yangilik yo‘q.
Ebl yana Rikka yuzlandi.
— Sizning ismingiz nima?
— Meni Rik deb atashlarigina yodimda bor, — xotirjamlik bilan dedi u.
— Bu yerdagilardan kimlarni taniysan?
Rik hammaga bir-bir qarab chiqdi.
— Faqat Rezidentni. Valonani ham albatta.
— Bu kishi, — dedi Ebl Fayfga ishora qilib, — Skvayrdir. Unga butun boshli bir sayyora qaraydi. Siz u haqda nima deya olasiz?
— Men yerlikman, — javob berdi Rik. — Men unga qaram emasman.
— Quloq soling, Rik, — dedi yana Ebl. — Hozir men sizga bir voqeani aytib beraman. Siz butun vujudingiz bilan tinglang va o‘ylab ko‘ring. Qayta-qayta o‘ylang! Meni tushunyapsizmi?
Rik «ha» deganday bosh silkidi.
Ebl shoshilmay ro‘y bergan hodisalarni qikoya qila boshladi. U kelayotgan xavf haqidagi xabar, uni kimdir tutib olgani, Rikning Iks bilan uchrashuvi, ruhiyat zondi, qanday qilib Rikni topib olishgani-yu, boqishgani, hamda uning kasalligini aniqlagan, so‘ngra halok bo‘lgan hakim va boshqa voqealar to‘g‘risida so‘-zlab berdi.
— Mana, bor-yo‘q hikoya shu, Rik. Siz shulardan xabardormisiz?
— Hikoyangizning oxirgi qismi yodimda bor, — dedi ohista Rik — So‘nggi bir necha kun… O‘tgan voqealarning ham ba’zilari esimga kelay deyapti-yu, biroq… juda noanik…
— Siz o‘tgan voqealarni eslashingiz mumkinmi? Florinaga tahdid qilayotgan xavfni yodingizga tushira olasizmi?
— Ha, ha. Ayni shu narsa esimda.
— Keyin-chi? Siz Sarkka qo‘ndingiz va bir kishi bilan uchrashdingiz.
— Yo‘q. Boshqa eslay olmayman! — ingradi Rik.
— Siz urining! Urining!
Rik ranglari oqarib, yuzlaridan ter quyilarkan Eblga boqdi.
— Men bir so‘zni esladim.
— Qanday so‘z, Rik?
— Uning ma’nisi yo‘q.
— Baribir ayting.
— Bu so‘z stol bilan bog‘liq. Juda-juda mavhum… Men o‘tirardim. Boshqa bir kimsa ham o‘tirardi. Keyin u o‘rnidan turdi-da, menga yuqorvdan pastga qaradi. Shu payt so‘z yangradi.
Ebl o‘zini bosib yana so‘radi.
— Qanday so‘z?
Rik mushtlarini tugib pichirladi:
— Fayf!
AYBLOVCHI
— Bu tomoshani bas qilaylik! — bo‘kirdi Fayf.
— Nega endi tomosha bo‘larkan? — baqirayozdi Ebl.
— Bo‘lmasa nima? Siz Florinaga yo‘nalgan xavf haqida suhbatlashamiz deganingiz uchun men bu uchrashuvga rozilik bergandim. Agar majlisda qoralovchi va qozi sifatida o‘tirgan sotqinlar va qotshlar meni sud qxshishlarini bilganimda gaplashib ham o‘tirmasdim.
Ebl sovuqqina mulozimat qildi.
— Bu sud emas, Skvayr. Doktor Juns YUKTB a’zosini qutqargani kelgan — bu uning huquqi va burchi. Men alg‘ov-dalg‘ov paytlarda Trantor manfaatlarini himoya qilish niyatida tashrif buyurganman. Mana bu kishi — Rik esa, yo‘qolgan koinot tadqiqotchisi ekaniga mening hech qanday shubham yo‘q. Agar siz Rikni tekshir1ip va tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun doktor Juns ixtiyoriga topshirsangiz, majlisning bu qismini darhol tugatamiz. Bundan keyin ham sizning yordamingiz kerak bo‘ladi, albatta. Ruhiyat zondini ishlatgan jinoyatchini topish lozim va kelajakda bunday ishlar qaytarilmasligini kafolat beruvchi holatlar joriy etish zarur.
— Gap bu yoqda deng! — zaharxanda kuldi Fayf. — Niyatingiz nimaligini bilib turibman. Bu odamni sizga bersam natija qanday bo‘lishini aytishim mumkin. Avvalo, YUKTB bu odamdan qidirayotgan narsasini topadi. YUKTB o‘zini yulduzlararo tashkilot deb ataydi, biroq uning bir yillik sarf-xarajatlarining uchdan ikki qismini Trantor ta’minlashi ma’lum.
Xo‘sh, YUKTB nimani topadi?
Bu yaqqol ko‘rinib turibdi. Qoinot tadqiqotchisi deb atalayotgan kishining eshushi asta-sekinlik bilan qaytadi. YUKTB har kuni xabarnoma chiqarib turadi. U esa yangi va yangi kerakli tafsilotlarni yodiga tushira boshlaydi. Avvaliga mening nomim yangraydi. Keyin esa tashqi ko‘rinshiim eslanadi. So‘ngra gaplarim aniq shaklga kiradi. Va tantanali ravishda men aybdor deb e’lon qilinaman. Yetkazilgan zararlar to‘lansin, degan talablar tug‘iladi. Natijada, Trantor Sarkni bosib olishga majbur bo‘ladi. Vaqtincha, albatta. Bu keyinroq noaniq davrga qadar cho‘ziladi.
Har qanday tovlamachilikning cheki-chegarasi bor. Sizning tovlamachiligingiz, janobi elchi, ana shu nuqtaga yetib keldi. Agar sizga shu odam kerak bo‘lsa, Trantorning butun harbiy kuchlari bilan birga keling!
— Kuch ishlatish haqida hech qanday gap yo‘q, — dedi Ebl. — Siz koinot tadqiqotchisining oxirgi aytganlarini rad etishga botinolmay, bu mavzudan qochishga urinayotganingizni sezib turibman.
— Bu so‘zning hech qanday ma’nosi yo‘q, Fayf — Sarkdagi eng buyuk nom. Koinot tadqiqotchisi deb atalayotgan kimsa faqat haqiqatni gapiryapti, desak ham, u ropparosa bir yil Flornnada yashaganini e’tiborga olish zarur. U Fayf nomini har qadamda eshitishi mumkin. Bu nomning mavhum esdaliklar bilan uyg‘unlashib ketgani tabiiy emasmi? U haqiqatni gapirmayotgan bo‘lsa-chi? Asta-sekinlik bilan yuzaga chiqayotgan yangiliklar yodlab olingandir.
Valonaning chayir qo‘llaridan bo‘shashga intilib:
— Quloq soling! — qichqirib yubordi Rik.
— Mana, yana bir yangilik tug‘ilganga o‘xshaydi, — qayd qilib qo‘ydi Fayf.
— Quloq soling. Biz stol ortida o‘tirardik. Bahslashardik. Nima sababdanligi yodimda yo‘q. Choyga giyoh solib qo‘yilgan ekan. Shuning uchun, bir oz o‘tgach, men qimir etolmay qoldim. Gapirolmasdim. Faqat, «yo, buyuk koinot, menga nima ichirishdi?!», deb o‘ylay olardim xolos. Men o‘rnimdan turishni, qichqirishni va qochishni istardim, lekin bu qo‘limdan kelmasdi. Keyin, narigi kishi, Fayf, menga yaqinlashdi. U yonimda turgancha, menga engashib qarardi. Men esa lom-mim deyolmasdim. Hech narsa qilolmasdim. Faqat nigohimni yuqoriga — unga qaratib turishim mumkin edi.
— Bu yoqqa o‘giriling-da, mana bu kishiga boqing! — dedi jonholatda Juns. — Siz uni taniysizmi?