— Sen Koinot tadqiqotchisimiding?
— Ha! — baqirdi Rik. Keyin pastroq tovushda qo‘shib quydi: — Boshim og‘riyapti. — Uning peshonasi tirishdi. — Msn ko‘proq eslashim lozim. Xavf bor. Juda katta xavf!.. Men nima qilishni bilmayman.
— Kutubxona bizning ixtiyorimizda, Rik, — dedi Terens unga sinchkovlik bilan boqib, har bir so‘zini o‘ylab gapirar ekan, — katalogni o‘zing qarab chiq, Koi— not tadqiqi to‘g‘risidagi maqolalarni qidir. Ko‘ramiz, bu narsa seni nimaga olib borarkin…
— Vriytning «Koinotning amaliy tadqiqoti haqidagi risola» si to‘g‘risida nima deysiz? — so‘radi Rik, uzoq o‘ylab ko‘rgach. — To‘g‘ri topdimmi?
— O‘zing hal qil, Rik.
Rik tugmani bosdi, ammo ekranda boshqa yozuv paydo bo‘ldi: «Bu kitob haqida shaxsan kutubxonachidan so‘ralsin».
Terens qo‘l uzatib, ekranni o‘chirdi.
— Boshqasini qidira qol, Rik.
— Ammo… — Rik ikkilana-ikkilana buyruqni bajardi. U katalogdan Enningning «Fazo tarkibi» ni topdi.
Ekranda yana boyagi yozuv paydo bo‘ldi. Terens so‘kindi-da, ekranni o‘chirdi.
Shu payt diktofonning yuqorisiga o‘rnatilgan karnaydan kutubxonachi ayolning ingichka tovushi eshitildi, bu ovoz ularni seskantirib yubordi.
— Ikki yuz qirq ikkinchi xona! Ikki yuz qirq ikkinchi xonada kim bor?
— Xo‘sh, xizmat? — xirillab so‘radi Terens.
— Sizga qanday kitob kerak?
— Hech qanday. Rahmat. Biz asbobning ishlashinigina ko‘rdik.
Oraga jimlik cho‘kdi. Go‘yo narigi tomonda o‘zaro maslahat qilinayotgandi. Keyin keskinroq tovush yangradi:
— Bizga, Voiytning «Koinot amaliy tadqiqoti haqidagi risola» sini va Enningning «Fazo tarkibi» ni talab qilingani to‘g‘risida yozuv keldi. Shundaymi?
— Biz duch kelgan sonlarni tergandik, — dedi Terens.
— Nega aynan shu kitoblarni so‘raganingizni bilsak bo‘ladimi? — yangradi talabchan tovush.
— Aytyapman-ku, ular bizga kerak emas deb… Jim bo‘l! — Bu xitob bir nima deb pichirlayotgan Rikka qaratilgandi.
Yana jimlik cho‘kdi. Keyin tovush yangradi:
— Agar mening oldimga kelsangiz, so‘ragan kitoblaringizni olishingiz mumkin. Ularni topib qo‘ydim. Faqat xizmat qog‘ozini to‘ldirsangiz bo‘ldi.
Terens Rikka qo‘lini uzatdi,
— Ketdik.
— Balki biz qoidani buzgandirmiz, — g‘o‘ldiradi Rik.
— Bo‘lmagan gap, Rik. Ketdik.
Terens shoshgancha Rikni olib chiqib ketdi. Ular asosiy xonaga chiqishdi. Kutubxonachi ayol ularga qaradi.
— To‘xtab turing! — qichqirdi u o‘rnidan turar ekan. — Bir daqiqa! Bir daqiqa!
Ular to‘xtashmadi. Biroq oldilarida nazoratchi paydo bo‘ldi.
— Xo‘sh, yigitlar! Qayerga shoshyapsiz?
Kutubxonachi ayol harsillab yugurib ketdi.
— Siz ikki yuz qirq ikkinchi xonadansiz, to‘g‘rimi?
— Menga qarang, — dedi Terens jidliylashib, — nega bizni ushlab qolishyapti?
— Siz ba’zi kitoblarni so‘radingizmi? Biz ularni berishimiz mumkin.
— Kechiqdingiz. Boshqa safar. Nahotki, o‘sha kitoblarning bizga kerakmasligini tupgunmadingiz? Men ertaga kelaman.
— Kutubxonamiz barcha o‘quvchilar talabini qondirishni istaydi, — dedi ayol kekkayib. — Kitoblar bir-ikki daqiqadan so‘ng yetib keladi. — Uning yuzlari qizardi. Ayol odam yaqinlashganda o‘zi ochiladigan eshik tomon burildi.
— Ofitser, agar siz yo‘q demasangiz… — Terens gap Sshshlagan edi hamki, nazoratchi kalta neyrotayoqni ko‘rsatib, uning gapini bo‘ldi. Bu tayoq uzoqdan ta’sir qiluvchi ajoyib qurol edi.
— Og‘ayni, anavi xonim qaytmaguncha kutib turganing ma’qul.
Terensning peshonasini ter qopladi. Sharoitni yaxpsh hisobga olmabdi. U o‘zining voqea va hodisalarni tez tahlil qila bilish qobiliyatiga haddan ziyol ishonardi. Mana, buning oqibati. Bunday qat’iylikning keragi yo‘q edi. Hammasiga uning la’nati, qiziquvchanligi, Yuqori Shaharga kirish, kutubxona yo‘laklarida go‘yo sarkliklardek viqor bilan yurish istagi aybdor…
Kutilmaganda uning nazoratchiga bor kuchi bilan tashlangisi keldi, biroq, to‘satdan bunga zarurat qolmadi.
Avvaliga kimningdir sharpasi sezildi. Nazoratchi qayrilib qaramoqchi edi, ammo kechiqli.
Uning qo‘lidagi neyrotayoq yulib olindi. Ofitser faqat, tayoqning uchi chekkasiga tiralganida, bo‘g‘iq tovush chiqarishga ulgurdi.
Rik quvonchdan qichqirib yubordi, Terens esa xitob qildi:
— Valona! Sarkning barcha jinlari haqqi, Valona!
ISYONCHI
Terens shu zahotiyoq o‘shni tugib oldi.
— Ketdik bu yerdan! 1s foq! — dedi-yu, tashqariga otildi.
U behush nazoratchini usgunlar orqasiga olib o‘tsammikan, deb ham o‘yladi, lekin hozir buning mavridi emasdi.
Ular tashqariga — zina oldiga chiqishdi. Atrofga issiqlik va ajib nur taratayotgan quyosh peshindan keyingi manziliga yo‘l olgandi. Yuqori Shaharning ranglari zarg‘aldoq tusga kira boshlagandi,
— Tezroq yuring! — dedi hayajonlanib Valona.
Terens uning bilagidan ushlab qoldi. U jilmayayotgan bo‘lsa-da, past tovushda, qatiy qilib dedi:
— Chopma! Odatdagiday yur, mening ortimdan qolma. Rikning qo‘lini ushlab ol. U ham yugurmasin…
Ular qadam tashlay boshlashdi. Nazarlarida oyoqlari yelimga yopishib qolayotgandek tuyulardi. Kutubxonada to‘polon boshlandimi? Yoki shunday tuyulyaptimi? Terens ortiga qarashga botinolmasdi.
— Bu yeqqa, — dedi u.
Yo‘lka ustida quyosh nurlarida jilolanayotgan ko‘rsatkich turardi: «Ambulatoriyaga kirish». Xizmat ko‘ylagidagi ayol ularni uzoqsan ko‘rdi. Avvaliga u ikkilanib turib qoldi. Keyin qovoqlarini uygancha, ular tomon yo‘naldi.
Terens uni kutib o‘tirmadi. U duch kelgan yo‘lakka keskin burildi; keyin boshqasiga o‘tdi. Ularni hozir baribir ushlab olishadi. Shu vaqtgacha mahalliy xalq kasalxonaning yuqori qavatida nazoratsiz yurgan emas. Bu yog‘i nima bo‘larkin?
Oxir-oqibat ularni to‘xtatishlari aniq. Shuning uchun ham Terens tepasiga «Pastki qavatga» deb yozilgan, ko‘zga uncha tashlanmaydigan eshikni ko‘rganda ko‘ngli sal joyiga tushdi. Lift shu yerda ekan. Terens unga Valona bilan Rikni itarib kiritdi.
Haddan ziyod sinchkov lifterlar xizmat qiluvchi katta, imillagan yuk liftlaridan ko‘ra, mana shunisi ma’qul edi. Biroq, mahalliy kishilarga kasalxona liftlaridan foydalanish man etilgandi. Lekin bu «jinoyat» nazoratchiga hujum qilishga nisbatan ancha yengil qonunbuzarlik hisoblanardi.
Ular pastki qavatga tushib, tashqariga chiqishdi.
— Men Riqdan rosa xavotir oldim, Rezident! — tez-tez shivirladi Valona. — Men uni qaytib olib kelmaysiz, deb o‘yladim va…
— Qanday qilib Yuqori Shaharga kelib qolding?
— Ortingizdan kuzatib kelayotgandim, liftda yuqoriga ko‘tarilganingizni ham ko‘rdim. Lifter qaytib tushgach, unga sizlardan qolib ketganimni aytdim. Keyin u meni yuqoriga chiqarib qo‘ydi.
— Indamay-ya?
— Sal uning jig‘ini ezishga to‘g‘ri keldi.
— Yo, Sark jini! — ingradi Terens.
— Shunday qilishga majbur bo‘ldim, — itoatkorona tushuntirdi Valona. — Nazoratchilar sizga qandaydir binoni ko‘rsatishdi. Ularning uchib ketishini kutib turdim-da, o‘zim ham o‘sha binoga qarab yo‘l oldim. Faqat ichkariga kirgani botinolmadim. Qaytib chiqayotganingizda, nazoratchi sizni ushlab qolganini ko‘rmagunimcha berkinib turaverdim…
Ular soya-salqin Pastki Shahar ko‘chalaridan ketib borishardi, Bu yerni Florina dahalarining o‘ziga xos shovqini, hidlari tutgandi. Yuqori qavat ular uchun yana tomga aylangandi. Ular juda hadsan oshishdi, endi bu yerlar ham xavf-xatardan holi emas.
Bu fikr Rezident ongida g‘ujg‘on o‘ynayotgan edi hamki, Rik to‘satdan qichqirib yubordi:
— Anavini qaranglar!
Terensning tomog‘iga nimadir tiqilgandek bo‘ldi.
Bu Pastki Shahar aholisi ko‘rishi mumkin bo‘lgan eng dahshatli manzara edi. Go‘yo Yuqori Shahar darichalaridan bahaybat qush uchib birdan pastga tushar, yana chiqardi. Pastki Shaharni bulutday qoplab olardi. Bu — qurollangan nazoratchilar to‘la harbiy mashina edi.