Talabki ibodat o‘tdi, peshingisi ham o‘tdi, lekin temirchi hayeqqa yo‘qoldiykin?
Shayton avvalgidan ham hattitsroq jadaliga olib biz zumda temirchini uyiga olib keldi. Temirchi qarasa, uyining oldida turibdi. Xuddi shu paytda xo‘roz sichqirdi. Shayton qutuldim, deb sevinib ketmohchi bo‘lgan edi, temirchi uning dumidan tutib: «Qayoqqa borasan? Shoshma, birodar, hali ishing bitgani yo‘q/xizmating muzdini berganim yo‘q», deb qo‘liga gavron olib uch marta boplab urdi. Bechora shayton, maslahatchining darrasini yegan kambagaldek juftakni urib qoldi. Shunday qilib, odamizodning dushmani vasvasa qilib, birovni yo‘ldan ozdiraman, deb o‘zi ta’zirini yedi Qeyin Vakula og‘ilxonaga kirib, tushgacha pichan ichida uxladi. Uyg‘ongach, oftobning ancha ko‘tarilib qolganini ko‘rib, ertalabki namozni ham, tushkisini ham o‘tkazib yuboribman, deb kapalagi uchib ketdi; namozxon temirchi, o‘z jonimga o‘zim qasd qilib, imonimni sotmoqchi bo‘lganimga xudoning qahri kelib, meni g‘aflat bosdiribdi, bunday ulug‘-ayyom kunlarda butxonaga borolmayapman, deb ko‘ngli ancha xira bo‘ldi. Ammo kelasi hafgadayeq pop qoshiga borib, gunohimni aytib tovba qilay, bugundan boshlab yil bo‘yi har kuni ellik martadan sajda qilay, degan niyatni qilib uyiga kirdi; uyda hech kim yo‘q. Soloxa hali qaytib kelmabdi shekilli, Kavushni sekin avaylab qo‘ynidan oldi, kosibiga qoyil qolib, yana bir marta tomosha qildi, so‘ngra o‘tgan kechasi ko‘rgan ajoyibotlariga xo‘p taajjublandi. Keyin yuvindi, zaporojyelilardan olgan to‘nini kiyib yasanib oldi. Poltavaga borganda olgan bo‘lsa ham haligacha sira kiymagan tepasi ko‘k barra telpagini ham sandiqdan oldi. Rang-barang yangi belbog‘ini ham oldi: bularning hammasini tugib, bitta qamchinni ham qo‘shib, to‘ppa-to‘g‘ri Chubnikiga jo‘nadi.
Temirchini ko‘rib Chubning ko‘zi kosasidan chiqquday bo‘ldi. Temirchining tirilib kelganigami, uning yurak yutib unikiga kelganigami, yoki bunday yasanib zaporojyelik olifta bo‘lib kelganigami, qaysinisiga ajablanishini bilmay hayron bo‘lib qoldi. Lekin temirchi Vakula tugunni yechib, oxori tushmagan, olamda misli yo‘q yangi telpak bilan belbog‘ni Chub oldiga qo‘yib, oyog‘iga yiqilganda va:
— Otam, rahming kelsin! Mendan xafa bo‘lma! Mana qamchin, oyog‘ingga yiqildim, xohlag‘aningcha ur, tavba qildim, ur, xafa bo‘lmasang bo‘lgani! Marhum otam bilan do‘st eding axir, non-qatiq edingiz, shirinkomani ham birga ichardingiz, — deb yalinganda Chubning taajjubi yana oshdi.
Qishloqda hech kimga bo‘yin egmagan, hech kimni pisand qilmargan va bir mirilik chaqani qo‘li bilan bemalol bukkan, shunday temirchi oyog‘iga kelib yiqilganiga ichida xursand bo‘ldi. Chub obro‘sini tushirmaslik uchun qamchini olib, uning yelkasiga uch marta urdi.
— Bo‘ldi, tur! Keksalar so‘zini tingla! Urtamizdagi yomon-yaxshi gaplarni tashlaylik! Qani, gapir, muroding nima? — dedi.
— Otam, Oksanani menga ber!
Chub andak o‘ylanqirab turgach, telpak bilan belboqqa ko‘z tashlab qo‘ydi: telpak nihoyatda yaxshi, belbog‘ ham undan qolishmas edi. Soloxaning bevafoligi esiga tushib ketib:
— Ma’qul! Sovchingni yubor! — deb yubordi.
Oksana uyning ostonasiga qadam qo‘yishi bilan temirchini Ko‘rib, «voy!» degancha hayron bo‘lib, suyunganidan unga tikilganicha qoldi.
— Ko‘r-chi, qanday kavush keltyrdim senga! Malikaning oyeg‘idagi kavushdan! — dedi Vakula.
Oksana ko‘zini undan olmay, qo‘llarini siltab.
— Io‘q, yo‘q, kerakmas, kavush keltirmasang ham men… — Oksana so‘zining uyog‘ini aytolmasdan qizarib ketdi.
Temirchi unga yaqinroq kelib, qo‘lidan tutdi. Barno qiz ko‘zini olib qochib yerga qaradi. Qiz aslo shu topdagidek go‘zal ko‘rinmagandi. Shavqi oshib shodlangan temirchi uning yuzidan sekin o‘pgan edi, yuzi qizarib, husni yana oshdi.
Marhum arxiyerey bir kuni Dikanka qishlog‘idan utib borayotganida bu yerni maqtab, bir ko‘chada yangi solingan uy oldiga kelib to‘xtadi. Hazratlari, eshik oldida qo‘lida bolasi bilan turgan chiroyli xotindan:
— Bunday ajoyib sirlangan uy kimniki? — deb so‘radilar. Eshik oldida turgan xotin, ta’zim bilan:
— Temirchi Vakulaniki! — dedi.
Xotin Oksaianing uzi edi. Hazratlari uyning eshik va darchalarini tomosha qilarkan:
— Xo‘p yaxshi ishlanibdir, yaxshi! — deb qo‘ydilar. Derazalarning to‘rt tomoni qizil bo‘yoq bilan bo‘yalgan, eshiklarda og‘zida chilimi bilan ot minib turgan ka zaklarning surati solingan edi. Ammo hazratlari Vakulaning tovbasini buzmay tekinga butxonaning chap tomoniga ko‘k buyoq ustiga qizil bilan gul solib bo‘yab berganini eshitib yana ham alqadilar. Bundan tashqari, butxonaga kiraverishda chap tomondagi devorga, shayton mal’unning do‘zaxda yonayotgan suratini solib qo‘ydi; shayton bachchag‘arni shunday xunuk-badnom qilib soldi» ki, kimki o‘tsa tufurib o‘tar edi; xotinlar bo‘lsa bolalari yig‘lay bersa surat oldiga olib kelib: «Anavini qara, muncha tasqara-ya!» derdilar. Bolalar ham darrov ko‘z yoshlarini artib, suratga bir qing‘ayib qarardilar-da, onalarining bag‘riga yopishib olardilar.
1832.
Gogol N. V.
Rojdestvo arafasidagi tun.
Yosh gvardiya, 1980. 64 b.
Гоголь Н. В. Ночь перед Рождеством