Chub uyidan chiqarkan, qotmadan kelgan, novcha, kalta po‘stin kiygan, mujiklar soqol qiradigan chalg‘i sinig‘i ikki haftadan beri betiga tegmaganidan soqoli o‘sib ketgan kishiga:
— Hali, og‘a, munshining yangi uyini ko‘rganim yo‘q, degin? Bugun u yerda yaxshigina mayxo‘rlik bo‘ladi! — dedi-da, og‘zi qulog‘iga yetkudek iljaydi. — Ishqilib kech qolmasak bo‘lgani…
Chub shunday deb, po‘stini ustidan mahkam bog‘lab olgan belbog‘ini rostladi, boshidagi telpagini bostirib kiydi, xira itlarning kushandasi bo‘lgan qamchini dastasini mahkamroq ushladi, lekin shu payt osmonga qa. rab to‘xtadi…
— Nima balo! Uni qara! Uni qara, Panas!..
Og‘aynisi: «Nima?» deb so‘radi-yu, u ham boshini ko‘tarib yuqoriga qaradi.
— Nimang nimasi, oy g‘oyib bo‘libdi.
— Nima balo bo‘ldi? Haqiqatan oy yo‘q-ku.
Chub, og‘aynisining beparvoligidai xafa bo‘lib.
— Hamma gap yo‘qligida-da, parvoyi palaksan-a, — dedi.
— Qo‘limdan nima kelardi!
Chub yengi bilan mo‘ylovini artarkan, gapini davom ztdirdi:
— Nonushtaga bir ryumka araq nasib qilmag‘ur qanday shayton aralashibdi-ya!.. Xuddi masxara qilganday-ya…. Uyda o‘tirganimda atayin oynadan qaraganidim! Juda yaxshi havo edi. Yep-yorug‘, qor oydinda yiltirar edi. Kuppa-kunduzidek hamma narsa ravshan ko‘rinib turuvdi. Eshikdan tashqariga chiqar-chiqmas olam" ni qorong‘ilik bosdi!
Chub javrarkan, munshinikiga boraymi, bormaymi deb anchagacha o‘ylanib turdi. Borib uyoqdan-buyoqdan hangoma qilib o‘tirgisi bor. Da’voshi bilan qal’alik hofiz allaqachon kelib o‘tirishgani aniq; har o‘n besh kun. da Poltavaga qatnab turadigan askiyachi moyfurush ham allaqachon borgandir. Bu kishi gap boshlaganda atrofidagilar ichagi uzilgudek bo‘lib kulishardi. Chub dasturxondagi araqni ham xayolan ko‘rib turibdi. Bu uning‘ nafsini qitiqlar edi-yu, lekin tun qorong‘isi hamma kazaklarga taalluqli bo‘lgan yalqovlikni ham qo‘zg‘atar edi. So‘riga chiqib, yonboshlab trubka chekkan, darcha tagiga to‘planishib o‘yin-kulgi qiladigan yigit va qizlarning qo‘shiqlarini eshitib mudragani yaxshi emasmi! Agar yolg‘iz o‘zi bo‘lsa-ku, albatta uyda maza qilib o‘tirardi-ya, lekin ikki kishi qorong‘ida yurishdan qo‘rqishmaydi va zerikishmaydi ham. Buning ustiga, boshqalar oldida o‘zini qo‘rqoq va yalqov qilib ko‘rsatgisi kelmadi. Javrab bo‘lib, hamrohiga qarab:
— Shunday qilib, oy yo‘qmi? — deb so‘radi.
— Io‘q.
— Taajjub-a! Qani, tamakingdan ol, hidlaylik! Tamaking juda yaxshi-da! Qayerdan olasan?
— Qayoqda yaxshi! — dedi hamrohi guldor tamaki qutisini yoparkan. — Qari tovuqqa ham ta’sir qilmaydi!..
— Esimda, marhum araqfurush menga Nejindan tamaki keltirib bergan edi, xo‘p tamaki edi-da! Nihoyatda yaxshi edi! Xo‘sh, og‘ayni, nima qilamiz, juda qorong‘i-ku… — deb Chub yana o‘sha zaylda gapirdi.
Hamrohi eshikning tutqichini ushlagan joyida:
— Bo‘lmasa, bormay qo‘ya qolamiz, — dedi.
Agar og‘aynisi qolamiz demasa, Chub bormas edi, ammo, endi qaysarligi tutib.
— yo‘q, og‘ayni, bormasak bo‘lmaydi! — dedi.
Aytdi-yu, darrov aytganiga pushaymon qildi. Bunday tunda sira borgisi kelmasdi. Ammo, birovning maslahatiga kirmay o‘z bilganini qilib, kajligini ko‘rsatganligiga xursand edi.
Og‘aynisi, uyda o‘tiradimi, ko‘chaga chiqadimi, unga bari bir bo‘lganidan, chehrasida hech bir pushaymon alomatini ko‘rsatmay beparvolik bilan atrofga qarab qo‘ygach, qamchi dastasi bilan yelkasini qashib qo‘ydi-da, keyin ikkovi yo‘lga tushishdi.
Endi go‘zal qiz uyda yolg‘iz qolib nima qilayotganini ko‘raylik. Oksana hali o‘n yetti yoshga to‘lmagan, lekin Dikankaning uyog‘ida ham, buyog‘ida ham hammaning og‘zida u. Oksanadek qiz qishloqda sira bo‘lmaganligi va bundan keyin ham bo‘lmasligi to‘g‘risida yigitlarning barisi yakdil edi. Oksana o‘zi haqidagi gaplarni eshitgan, bilganidan, o‘zini mag‘rur tutib, noz-karashma qilar edi. Agar tivit yubka, chit peshband kiymay, tuzukroq uzun ko‘ylak kiysa, hamma qizlarni yo‘lda qoldirib ketar edi. Yigitlar gala-gala bo‘lib uning ketidan yurishar, umidlari puchga chiqqach, boshqa, unchalik kekkaymaydigan qizlar bilan bo‘lib ketardilar. Bitta shu temirchi umidini uzmay, qizning ketidan o‘jarlik qilib yuraverardi. Qiz ro‘yxush bermasdan, boshqalarga qilgan muomalasini qilsa ham, u o‘z bilganidan qolmasdi.
Otasi chiqib ketgandan keyin, qalay gardishli kichkina oinaga qarab, anchagacha o‘ziga zeb berdi.
Uz-o‘zi bilan shunchaki gaplashmoqchi bo‘lib, parishonlik bilan aksiga qaragancha: «Odamlar mening nimamni maqtaydilar! Bekor aytadilar, ko‘hlik emasman!»— deb qo‘ydi. Ammo oynada ko‘ringan anordek yuz, undagi qora ko‘zlar, ko‘ngilga o‘t soluvchi ajabtovur chiroyln tabassum, buning teskarisidan dalolat qilardi. Go‘zal qiz qo‘lidan oynani qo‘ymay: «Qora qoshim va ko‘zimning dunyoda misli yo‘qmi? Qanqaygan burnimning nimasi yaxshi? Betimning, labimning nimasi yaxshi? Qora sochimni yaxshi deydilar!? Vaholanki, uni kechasi ko‘rgan odam qo‘rqib ketadi. Qora chag‘ir ilondek boshimni o‘rab, chulg‘ab olibdi. Endi bilsam, menda go‘zallikdan asar yo‘q!» deb, oynani nari surib qo‘ydi-da, qichqirdi: «Yo‘q, chiroyliman! Voy, qanday alomat husnim bor! Malakman! Menga uylangan yignt baxtli bo‘ladi! Erim husnimga qarab to‘ymaydi! Esiii yo‘qotib, o‘paverib o‘ldirib qo‘yar».
Ohistagina kirib kelgan temirchi sekin shivirladi:
— Ajoyib qiz! Maqtanishi ham hazilakammas! Bir soatdan beri o‘zini oynaga solib tomosha qiladi-yu, to‘ymaydi, tag‘in o‘zini-o‘zi maqtab ham qo‘yadi!
Zebo qiz nozlanib hanuz o‘z-o‘zi bilan gaplashardi:
— Hoy, yigitlar, sizga teigmanmi men, menga qarang, xiromon yurishimga boqing, ko‘ylagim qizil ipak matodan. Boshimdagi lentalarimni qarang! Bunday zarbop matolarni ko‘rmoq sizga umrbod nasib bo‘lmas! Qalligim yer yuzidagi eig mard yigit bo‘lsin, deb otam olib bergai bularni! — Jilmayib qayrilib yoniga qarashi bilan ko‘zi temirchiga tushdi.
Qichqirib, xo‘mrayib yigitning ro‘parasida to‘xtadi.
Temirchi so‘rrayib, qo‘llari shalvirab turardi.
Go‘zal qizning qorachadan kelgan ko‘hlik yuzi qanday tuyg‘ularni izhor qilayotganini bilish qiyin edi. Uning chehrasida qahr bilan birga, o‘zini yo‘qotib qo‘ygan taqachini mayna qilish ham bor. Hafsalasi gshr bo‘lib yuzi sal qizarinqirab tovlandi. Bu uiing husnini shunday Ochdiki, ta’rifga sig‘may ketdi. Shu paytda temirchi uni million martaba o‘pib-o‘pib olmoqdan o‘zini zo‘rg‘a tutib qoldi.
— Nega kelding? — dedi gap boshlab Oksana. — Qo‘limga kurak olib haydaymi? Xo‘p usta bo‘libsiz-da hammangiz shilqimlikka! Otamiz uyda yo‘qligini darrov fahmlay qolasiz. Sizdaqalarni yaxshi bilaman! Sandig‘im bitdimi?
— Jonim, bitib qoldi, hayitdan keyin bitadi. Qancha ovora bo‘lganimni bilsang edi! Ikki kecha ustaxonanamdan chiqmadim. Ammo birorta ham rohibning qizida yo‘q sandiq qilib beraman-da! Qoplamasiga shunday temir qildimki, Poltavaga ishlagani borganimda yuzboshining aravasiga ham bunday asil temir qoplamagan edim. Naqshini shunday chiroyli yasayapmanki! Oppoq oyoging bilan butun yurtni aylanib chiqsang ham bundayini topolmaysan! Atrofida qizil, ko‘k rangdagi gullar bo‘ladi. Menga jabr qilma! Birpas gaplashib o‘tirishga, husningni tomosha qilishga ruxsat et!
— Kim senga yo‘q dedi, gaplashaver, tomosha qilaver!