Qiz kursiga o‘tirib yana oynaga boqdi, o‘ziga oro berib, sochini tuzatdi. Bo‘yniga, ipak gul solib tikilgan ko‘ylagiga qarab qo‘yganida, la’l labida, anordek betida, sha lo ko‘zida o‘zidan zavqlanish zohir bo‘ldi.
— Yeningda men ham o‘tirsam maylimi? — dedi temirchi.
— Utir, — dedi Oksana chiroyini buzmay, yuz-ko‘zidagi shodonlikni saqlab.
— Go‘zal Oksana, karam qil, bir o‘pay! — dedi-yu, temirchi o‘zini dadil tutib, qizni o‘pmoqchi bo‘lib, og‘ushiga tortib quchoqladi. Ammo Oksana temirchining lablariga yaqin kelib qolgan betini opqochib, uni itarib yubordi.
— Tag‘in nimalar istaydi ko‘ngling? Asal bergach, qoshiq ham ber, deysanmi! Io‘qol, qo‘llaring temirdan battar. Uzingdan ham tutun hidi keladi. Hamma yerimni qorakuya qilgan bo‘lsang kerak.
U yana o‘zini oynaga solib o‘ziga oroyish berdi.
Temirchi boshini xam qilib, ichida: «U meni yaxshi ko‘rmaydi, u hech kimni nazar-pisand qilmaydi, men bo‘lsam uning oldida ahmoq bo‘lib, ko‘zimni undan uzmasdan mo‘ltayib o‘tiribman. Tikilib turaverardim, yuz yil bo‘lsa ham ko‘zimni olmasdim! Alomat qiz! Ko‘ngli kimdaligini, kimni sevishini bilolsam, har narsa desa berardim. Ammo u hech kimni yoqtirmasa kerak, o‘zigao‘zi shaydo. Men bechorani qiynaydi, men sho‘rlik uning ko‘yida kuyaman, ro‘shnoligim yo‘q, unga muhabbatim shunchalikki, dunyoda hech kim birovni mendek sevgan emas, bundan buyon ham sevmaydi!» — deb o‘yladi.
— Sening onang yalmog‘izmish, rostmi? — deb kulib yubordi Oksana. Temirchining nazarida butun ich-tashi kulib yuborgandek bo‘ldi. Bu kulgi birvarakayiga ko‘ngliga ham, ohistagina jimirlashib ketgan qon tomirlariga ham ta’sir qilganday bo‘ldi va bunday yoqimtoy kulgan betdan o‘polmagani alam qildi.
— Onam bilan nima ishim bor? Onam ham, otam ham, bu dunyoda nimaiki menga aziz bo‘lsa, hammasi sen-sen! Agar podsho meni chaqirib; temirchi Vakula, mening davlatimda nimaiki yaxshi narsa bo‘lsa so‘ra, hammasini beraman. Oltindan sandon, kumushdan bolg‘a qildirib beraman, desa, yo‘q, kerakmas, qimmatbaho javohirlar ham, oltin sandon ham, mamlakating-u, yurting ham menga kerakmas. Oksanamni bersang bo‘lgani, derdim!
— Voy, seni qara-yu! Biroq, otam ham xo‘p anoyi emas, onangni olmaganini ko‘rasan, — deb Oksana ayyorlik bilan kulib qo‘ydi. — Nega qizlar haligacha kelmayaptilar-a… Nima bo‘ldi ekan? Ramazon aytadigan vaqt bo‘lib qoldi. Zerikib ketayotibman.
— Go‘zalim, qo‘ysang-chi, xudo o‘zi yor bo‘lsin ularga!
— Nega endi! Ular bilan yigitlar ham kelishadi! Ana o‘shanda o‘yin bo‘ladi-da. Hali qanday qiziq narsalar gapirib berishadi!
— Ular bilan bo‘lsang xursandmisan?
— Albatta, sendan ko‘ra ular bilan yaxshi-da! E, shoshma! Birov taqillatdi, qizlar bilan yigitlar kelishdi shekilli.
«Endi nima umidim qoldi. Meni mayna qilsa, uning oldida zanglagan taqachalik qadrim yo‘q. Lekin o‘zimni boshqalarga masxara qildirib qo‘ymayman. Unga mendan ko‘proq yoqqan yigitni bilsam, ta’zirini berib qo‘yaman…» dedi o‘z-o‘ziga temirchi.
Eshikning qattiq taqillagani, sovuqda quloqqa noxushroq eshitilgan «och» degan ovoz uning xayolini qochirdi.
Alamiga chidolmagan temirchi, duch kelgan odamning och biqinini teshaman, degan nnyatda «tura tur, o‘zim chiqib ochaman», deb eshikka chiqdi.
Sovuq zo‘rayib, osmon shunday sovib ketdiki, shayton muzlab qolgan qo‘lini sag‘al isitib olmoq uchun, tuyog‘ida sakrab, mushtumiga kuh-kuhlardi. Ertadan kechgacha do‘zaxda yurgach, bu sovuqda qotmasdan bo‘ladimi? Do‘zaxda bizning qishimizdagidek sovuqmasligini bilasiz. Do‘zaxda bo‘lsa shayton qalpog‘ini kiyib olib, bakovulboshidek o‘choq tepasiga minib olib, gunohkorlarni qovurgani-qovurgan edi. Xotinlar bayramda qanday mehr bilan kolbasa qovursalar, shayton ham gunohkorlarni shunday ishtaha bilan qovurardi.
Qalin kiyinganiga qaramay, yalmog‘iz ham to‘ngib qoldi. Shuning uchun, yaxmalak otayotgan odamdek ikki qo‘lini tepaga qilib, oyoqlarini kerganicha, hech bir bo‘g‘imini qimirlatmay, havodan pastga tushdi, xuddi muztepadan sirg‘anib tushganday g‘izillab tushdi-yu, to‘ppato‘g‘ri mo‘riga kirib ketdi.
Shayton ham shu zaylda uning ketidan tushib ketdi. Ammo bu hayvon har qanday oliftadan ham epchil bo‘lganidan, mo‘rining og‘zidayoq, ma’shuqasining yelkasiga minib olib, birpasda ikkovi keng pechkaning ichiga tushib, ko‘zachalar orasiga kirib qolishdi.
Sayr qilib qaytgan yalmog‘iz, o‘g‘lim Vakula uyga mehmon-pehmon olib kelmadimikin, deb pechkaning qopqog‘ini surib mo‘raladi. Uyning o‘rtasida yotgan qopdan boshqa hech kim yo‘qligini bilib pechkadan chiqdi, ustidagi po‘stinini yechib, o‘zini rostlab oldi, endi uni ko‘rgan odam haligina supurgi mnnib yurgan yalmog‘izligini bilmas edi.
Temirchi Vakulaning onasi qirqdan oshmagan, chiroyli ham emas, xunuk ham emas edi. Qirq yoshda chiroyli bo‘lmoq ham qiyin. Ammo u har qanday sipo erqakni ham o‘ziga rom qilib olishga usta edi (ammo bularning xushro‘ylik bilan uncha ishlari yo‘q edi, buni aytib qo‘ysak yomon bo‘lmaydi), shuning uchun da’voshidan tortib munshi Osip Nikiforovichgacha (albatta, xotini uyda bo‘lmasa) kazaklardan Qorniy Chub, Qasyan Sverbiguzgacha hamma unikiga kirib turar edi. Unga qoyil bo‘lmoq kerakki, bularning barisiga juda ustalik bilan muomala qilar, hech qaysisi raqibi borligini ko‘ngliga ham keltirmas edi. Xudojo‘y faqir mujikmi, yoki movut chakmon kiyganlari uchun o‘zlariga asilzoda nomini qo‘yib olganlarmi, yoki yakshanba kuni butxonaga, havo yomon bo‘lsa araqxonata bora turib, qaymoq bilan mazali chuchvara yegani, issiqqina uyda mehmondo‘st xotin bilan hangomalashgani Soloxanikiga albatta kirib o‘tardi. Asilzoda araqxonaga keta turib, atayin yo‘lni aylanib o‘tsa ham, yo‘lakay kirdim, der edi. Hayit kuni Soloxa xitoyi ipak kofta va orqasiga zar uqa qadalgan ko‘k yubkasini kiyib, yasanib cherkovga kelganda hammadan oldinga o‘tib, shundoqqina mehrob tagiga borib tursami, munshi albatta bir yo‘talib qo‘yib, ko‘zining qiri bilan uning tomoniga qarab qo‘yar edi. Da’voshi mo‘ylovini silab, sochini qulog‘i ortiga olib So‘yib, yonida turgan qo‘shnisiga imo qilib: «Ajoyib yyol-da! Shaytonning o‘zginasi!» — deb qo‘yardi.
Soloxa hamma bilan salomlashar, ammo ularning hammasi yolg‘iz men bilan salomlashyapti, deb o‘ylar edilar. Lekin hamma gapdan voqif bo‘ladigan kishilar, Soloxa hammadan ko‘ra Chubga ko‘proq iltifot qilganini darrov fahmlar edilar. Chub beva edi, uyining oldida doim sakkiz g‘aram bug‘doy turar edi. Novdadan to‘qib to‘silgan og‘ilxonada turgan ikki juft ho‘kizi sigirni yoki semiz buqani ko‘rib qolsa, boshini chiqazib, mo‘-o‘-lab qo‘yar edi. Soqolli echkisi tomga chiqib olib, hovlidagi kurkalarni masxara qilganday, shahar boshlig‘iga o‘xshab ma’rar, ammo uning achchig‘ini chiqazib, soqoliga tegadigan shum bolalarni ko‘rsa, orqasini o‘girib olar edi. Chubning sandig‘ida bisoti, chopon-u, zar uqa qadalgan kamzillari, ipakli matolari ko‘p, chunki uning marhuma xotini satang boyvuchcha edi. Ko‘knor, karam, kunga boqardan tashqari, har yili ikki paykal yerga tamaki ham ekardi. Soloxa bu davlatnkng barisini o‘zimnikiga qo‘shib olsam yomon bo‘lmas, degan niyatda edi va bularni o‘ziniki qilib olgach, nimalar qilishini mo‘ljallab ham qo‘yganidan, qari Chubga ko‘proq iltifot ko‘rsatar edi. Ug‘li Vakula Chubning qizini o‘ziga og‘dirib olib, bor-yo‘q davlatni egallab, uni biylatmay qo‘ymasligi uchun qirq yashar xotinlarning hammasi bilgan makrga qo‘l urdi, ya’ni Chub bilan temirchini ko‘proq urishtirib qo‘yishga harakat qildi. Uning shu g‘alamis, ayyorligi tufayli bo‘lsa kerak, ba’zida kampirlar, xususan bironta ziyofatga yig‘ilishganda va me’yoridan ortiqroq ichib qo‘yganlarida u haqda gapirib, uni yalmog‘izga chiqazib qo‘yar edilar. Xotinlar uning ip yigiradigan dukchadek dumi bormish, o‘spirin Kizyakolupenko uning bu dumini ko‘rganmish, o‘tgan payshanba ko‘chada birovning oldidan qora mushuk bo‘lib o‘tib ketganmish, bir kun popning xotini oldiga bir cho‘chqa kelib, xo‘roz bo‘lib qichqirganmish-da, Kondrat otaning shapkasini kiyib qochib ketganmish, derdilar.