Выбрать главу

— Huzuringga iltimos bilan keldim! — dedi.

Xo‘ppasemiz Patsyuk boshini ko‘tarib qarab qo‘ydi-da.

yana tuppasini ichaverdi.

Temirchi nafasini rostlab olib:

— Achchig‘ing chiqmasin, men bu gapni seni ranjitmoq uchun aytayotganim yo‘q, sening shayton bilan ozroq qarindoshchiliging bormish, — dedi.

Vakula bu so‘zlarni aytib qo‘yib, keyin qaltis so‘zlarni bir oz yumshatmasdan, qo‘polroq qilib gapirdimmi, deb qo‘rqdi va Patsyuk tovog‘i bilan boshimga urib qolarmikan, degan xavotirda o‘zini bir chekkaga olib, tuppaning issiq sho‘rvasi betimga sachramasin, deb yengi bilan betini bekitib oldi.

Ammo Padyuk bir qarab qo‘yib, tuppasini yeyaverdi.

Temirchi sal botirlanib, yana:

— Patsyuk, xudo hech narsadan kam qilmasin, davlating ziyoda bo‘lsin, nonu tuziigga baraka bersin, men senga panoh tortib keldim! — dedi. Temirchi gohda suxandonlik ham qilib qo‘yar edi, chunki yuzboshining taxta devorini bo‘yagani Poltavaga borganda ancha pishib qolgan edi. — Men gunohga botgan bechoraman, dardimga davo yo‘q. Endi nima bo‘lsa bo‘ldi, shaytonga yalinishdan bo‘lak chora qolmadi. Nima qilay, Patsyuk? — Patsyuk indamasdan o‘tiravergach. — Qanday qilay? — dedi yana.

Patsyuk boshini ko‘tarmay tuppasini oshalarkan:

— Shayton kerak bo‘lsa, bor o‘shaning oldiga, — dedi.

Temirchi engashib salom berib:

— Shuning uchun sening qoshingga keldim-da, shaytonga eltar yo‘lni sendan boshqa hech kim bilmasa kerak, — dedi.

Patsyuk churq etmay, qolgan tuppasini yeb bo‘ldi. Temirchi uni o‘z holiga qo‘ymay:

— Rahm qilgin, yaxshi odam, yo‘q dema: cho‘chqa go‘shti deysanmi, kolbasami, oq un, qora un deysanmi, matomi, so‘kmi, nimaiki kerak bo‘lsa beray, yaxshilikka yaxshilik qaytaraman, menda qolmas… loaqal shaytonga eltadigan yo‘lni ko‘rsatib qo‘y, — derdi.

Patsyuk boyagi-boyagicha bemalol va beparvo:

— Shayton yelkasida turgan odam shaytonni qidirmaydi, — dedi.

Bu so‘zlarning ma’nosi Patsyukning manglayida yozilgandek, Vakula unga tikilib qoldi. Uning ko‘rinishidan, nima deyapti, degan savol yog‘ilardi. Sal ochilib qolgan og‘zi. Patsyuk aytgan har bir so‘zni xuddi tuppadek yutib yuborguday bo‘lib turardi. Lekin Patsyuk indamasdi.

Vakula yaxshiroq qarasa, Patsyukning oldida na bochka idish bor, na tovoqda tuppa. Lekin yerda ikkita zarang kosa turibdi, birida chuchvara, birida qaymoq. Uning xayoli, ko‘zi beixtiyor bu ovqatga qaratildi. Uziga-o‘zi «ko‘ray-chi: chuchvarani qanday yerkan, tuppani yegandek boshini eggisi kelmas, egganda ham, bari bir bo‘lmaydi, chunki chuchvarani qaymoqqa botirib olish kerak-ku», deb o‘yladi.

Vakula shunday deb o‘ylashi bilanoq Patsyuk og‘zini ochdi, chuchvaraga bir qarab qo‘yib og‘zini yana kattaroq ochdi. Chuchvara kosadan sakrab chiqib qaymoqqa tushdi, unda bir dumalab, sapchib Patsyukning og‘ziga kirib ketdi. Yeb bo‘lgach, yana og‘zini ochdi, chuchvara yana shu xilda sapchib, og‘ziga kirib ketdi. Uning ishi faqat chaynashu yutish edi.

Temirchi taajjubdan ag‘rayib, «g‘alati-ku!» deb hayron bo‘lib turib edi, chuchvara uning og‘ziga ham kirib ketayotganini fahmlab qoldi. Labi allaqachon qaymoq bo‘libdi. Temirchi chuchvarani yutib, labini artib dunyoda qanday g‘alati ajoyibotlar bo‘ladi-ya, shayton odamni qanday ishlarga boshlaydi-ya, deb o‘ylab qoldi va Patsyukdan boshqa hech kim unga yordam berolmasligini bildi. «Yana bir salom berib ko‘ray, uqdiribroq aytsin… I-ye, menga nima balo bo‘ldi, bugun o‘ta ro‘za tutadigan kun edi-ku! Chuchvara yeb qo‘ydim, chuchvara tuzlik-ku! Qanday ahmoqman, qarab turib gunohkor bo‘ldim-a! Qoch endi!» Xudojo‘y temirchi orqasiga qaramay yugurgancha uydan qochib chiqdi.

Ammo uning qopida suyunib o‘tirgan shayton, g‘animini qo‘ldan chiqargusi kelmadi. Temirchi qopni yerga qo‘yishi bilai shayton darrov chiqib, uning yelkasiga minib oldi.

Temirchining badani jimirlab ketdi. Quti uchib, qoni qochib, cho‘qinmoqchi bo‘lib turganida shayton tumshug‘ini uning o‘ng qulog‘iga yaqin keltirib:

— Men senga do‘stman, do‘stim, birodarim uchun har narsa qilaman, — keyin chap qulog‘iga chiyillab: — Pul desang istaganingcha beraman, — dedi. Qeyin tumshug‘ini yana o‘ng qulog‘iga tutib: — Oksana shu bugunning o‘zida bizniki bo‘ladi, — deb shivirladi. Temirchi o‘ylab turib:

— Xo‘p, bu baho uchun men senikiman! — dedi.

Shayton qarsak urib, xursandligidan temirchining yelkasida turib o‘yin tushib ketdi. Endi qo‘limga tushdi-yu, shaytonlarni masxara qilib solgan suratlarining alamini endi olaman, qishloqning eng yaxshi xudojo‘y odami qo‘limga tushganini sheriklarim bilsalar, nima derkinlar, derdi o‘zicha. Do‘zaxdagi quyruqlilarni qanday mazax qilishini, ularning vasvasachilikda eng birinchisi bo‘lgan cho‘loq shaytonga qanday alam qilishini ko‘z oldiga keltirib kulib yubordi.

Shayton, temirchi qochib ketmasin, degan xavotirda bo‘lganidan hali ham uning yelkasidan tushmay chiyillab:

— Lekin, Vakulka, o‘rtada bir shart bog‘lamasdan hech bir ish qilinmasligini o‘zing bilasan! — dedi.

— Nima desang men tayyorman, — dedi temirchi. — Sizlarda qon bilan qo‘l qo‘yish odatmish deb eshitdim; to‘xta, kissamdagi miximni olay! — deb qo‘lini orqasiga qilib, shaytonni dumidan tutib oldi.

Shayton kulgancha:

— I-ye, hazilkash ekansan-ku! Qo‘y hazilingni, bas! — dedi baqirib.

— Shoshma, jonginam! Manavinga qarab qo‘y-chi, nima? — deb, darrov cho‘qingandi, shayton birpasda muloyim bo‘lib, qo‘zichoqdek yuvvosh tortib qoldi. Qeyin dumidan tortib yelkasidan tushirarkan, — to‘xta-chi, yaxshi odamlarni yo‘ldan ozdiradigan, gunohga boshlaydigan sanmi, shoshmay tur! — deb uning ustiga minib oldi, keyin cho‘qinmoqchi bo‘lib qo‘lini ko‘targan edi:

— Vakula, afv et! Nima buyursang bajo keltiraman, jonimni qiynama, tavba qildim, cho‘qintirma meni, xochingdan qo‘rqaman! — deb yalindi.

— Ha-ha! Endi boshqacha tiling chiqdimi, la’nati nemis! Nima qilishimni endi o‘zim bilaman. Hozir meni uchirib obor, qushdek uch!

Shayton g‘amgin qiyofada: «Qayoqqa?..» dedi.

— Petemburgga! To‘ppa-to‘g‘ri poshsho xotin oldiga oyoor!

Havoga ko‘tarilib uchishi bilan, temirchi qo‘rqqanidan yuragi orqasiga tortib ketdi.

* * *

Oksana temirchining g‘alati gaplarini o‘ylab, xayol surib qoldi. Temirchiga haddan tashqari jabr qilganini o‘zi ham bilib, ichida afsus yer edi. «Agar rostdan ham yomon bir ish qilib qo‘ysa nima bo‘ladi? Alamidan har narsa qilsa qilaveradi-da! Boshqa birovni yaxshi ko‘rib, o‘shani qishloqning barnosi deb maqtab yursa ham yuraveradi-da. Yo‘q, meni sevadi, mendan chiroyligi bormi! Mendan aslo ajralmaydi, hazillashib qo‘ydi-da! Un minut ham o‘tmasdan meni ko‘rgani yana qaytib keladi. Nafsambri, unga barahmlik qildim. Xohlamagandek bo‘lsa ham bir o‘pich beray. Bir suyuntiray!» Yengiltak go‘zal qiz o‘rtoqlari bilan hazillashib o‘ynab ketdi. Urtoqlaridan birsh

— Shoshmanglar, temirchi qoplarini esidan chiqazib tashlab ketibdi. Qaranglar, g‘alati qoplar-a. U ramazonni bizdaqa aytmabdi, unga bir nimtadan go‘sht ber. ganga o‘xshaydilar, kolbasa bilan non behisobdir. Mo‘lchilik, hayit o‘tguncha maza qilsak bo‘ladi, — dedi.

— Temirchining qoplarimi hali bu? — dedi Oksana ham. — Tez bo‘linglar, biznikiga oborib, yaxshilab qaraylik-chi, nimalari bor ekan.

Qizlarning hammasi kulishib, uning gapini ma’qulladilar.

Qizlar qoplarni ko‘tarib ko‘rib:

— Voy, bizlar ko‘tarolmaymiz, — deb chuvillashdilar.

— Shoshmanglar, darrov borib chana keltirib, chanaga ortib olib ketamiz, — dedi Oksana.

Qizlar chanaga yugurib ketdilar.

Munshi barmog‘i bilan qopni anchagina teshib qo‘ygan bo‘lsa ham, har holda qopga tushganlar juda zerikib qolishdi. Agar odam bo‘lmaganda, munshi bir iloj qilib chiqib olardi, ammo hamma qarab turganda qopdan chiqib, o‘zini-o‘zi mayna qilsinmi… Bu mulohaza uni sabr qilishga majbur etdi, shuning uchun, Chubning etigi ancha ezganiga qaramay, inqillab, sabr qilishga qaror berdi. Chub ham tagidagi narsa o‘tirishga noqulay, beso‘naqay ekanini sezib, u ham tezroq qutila qolishni xohlar edi. Ammo qizining boyagi so‘zini eshy. tishi bilan xotirjam bo‘ldi. Uyga yetguncha yuz qadam, balki ko‘proq yurmoq kerak. Qopdan chiqadigan bo‘lsa uyoq-buyog‘ini rostlab, po‘stinining bog‘ichini taqmog‘i, kamarini bog‘lamog‘i kerak, buning ustiga tumog‘i ham Soloxanikida qolibdi; shu mulohaza bilan, chiqmay o‘tiraverdi. Qizlar chanada eltib qo‘ysalar yaxshi emasmi, Ammo Chub o‘ylaganday bo‘lmadi. Qizlar chanaga ketgan» larida, anavi novcha, qotma og‘aynisi juda xafa bo‘lib araqxonadan chiqib keldi. Araqfurush xotin nasiyaga bermabdi. Bironta xudo yarlaqagan badavlat kelib qolib ichirarmikin degan umidda xiyla kutdi, lekin ak siga olganday, davlatmand boyonlarning barisi xudojo‘y xristian bo‘lganlaridan, uylarida bola-chaqalari bilan birga bo‘tqa osh yeb o‘tirardilar. U, odamlarning fe’li ketganligi, araqfurush juhud xotinning toshbag‘irligi to‘g‘risida o‘ylab borayotib, qoplarni ko‘rib, hayron bo‘lib to‘xtab qoldi. Uyon-buyonga alanglab qarab: