Xotinning o‘takasi yorilguday bo‘lib, munshining oyoridan ushlab tortayotgan joyida qo‘yib yubordi.
— Yana bittasi chiqdi! — deb baqirib yubordi bo‘zchi qo‘rqqanidan, — Nima balo bo‘ldi… Boshim aylanib qoldi… Endi ramazon aytganlarning qopiga kolbasa-yu, Kulcha o‘rniga odam tashlaydigan bo‘libdilar!
Hammadan battar taajjubda qolgan Chub, «Munshiku!» dedi.
— Barakalla, Soloxa! Qopga xo‘p tiqqan ekan… Nega Uyi tO‘la qop dedim-a… Endi bilsam har qopda ikkitadan odam bor ekan, yolg‘iz men bilan… deb o‘ylagan vdim, barakalla, Soloxa.
Qizlar qopning bittasini topolmay, hayron bo‘ldilar. «Mayli, shu bittasi ham bo‘ladi», dedi Oksana.
Hammalari qopga yopishib chanaga ortdilar.
Da’voshi qop ichida o‘tirib o‘yladi: «Agar qopni yechib, meni chiqaringlar deb qichqirgunday bo‘lsam, nodon qizlar, qopdagi shayton ekan, deb qochib ketishadi, ertagacha ko‘chada qolib ketaman, shuning uchun indamay jim o‘tiraverganim ma’qul».
Qizlar bo‘lsa qo‘l ushlashib, g‘archillama qorda chanaii uchirgancha olib ketdilar. Ba’zilari sho‘xlik qilib «naga o‘tirib oldilar, da’voshining tepasiga minib oluvchilar ham bo‘ldi. Da’voshi churq etmasdan bardosh berishga qaror qildi. Aloha yetib keldilar, dahliz va uyning eshigini lang ochib, xaxolashgancha qopni sudrab kirdilar, Qizlarning barisi qopki yechmoqqa urinib, «Nima bor ekan, nima ekan», deb chuvillashar edi.
Shu payt, da’voshini boyadan beri juda qiynab kelayoggan hiqichoq bilan yo‘tal shunday tutib berdiki, aslo to‘xtatolmasdan ovozining boricha yo‘talib yubordi. Qizlar qo‘rqishib, «odam yotibdi», deb chinqirishganlaricha tashqariga qochib ketdilar.
Chub eshikdan kirib kelarkan:
— Nima balo bo‘ldi sizlarga, jinni bo‘ldinglarmi? — dedi.
— Voy, dada, qopda odam bor ekan! — dedi Oksana.
— Qopda? Bu qopni qayerdan oldinglar?
Hammalari birdaniga:
— Temirchi ko‘chaga tashlab ketdi, — deyishdi.
«Ana, hali aytmadimmi», deb qo‘ydi ichida Chub.
— Nimaga qo‘rqasizlar? Qani, qaraylik-chi. Hoy odam, ismingni bilmaymiz, xafa bo‘lmaysan, qani, chiq qopdan!
Qopdan da’voshi chiqdi.
Qizlar «voy o‘lay!» deb chinqirib yuborishdi.
Chub, da’voshining boshidan oyog‘igacha qarab, ichida: «Da’voshi ham shu yo‘lga kirgan ekan-da», deb hayron bo‘lib, «ana xolos!.. Obbo!» deganicha qoldi.
Da’voshi ham Chubdan battar xijolat bo‘lib, nima deyishini bilmas edi. Keyin birpas turib:
— Tashqarida havo sovuqmi? — deb so‘radi Chubdan.
— Bir oz sovuq, — deb javob berdi Chub, — So‘rasam maylimi, etigingga qora moy surtasanmi, dumba moyimi?
Uning muddaosi boshqa edi, nima bo‘lib qopga tui ding, deb so‘ramoqchi edi, ammo nega bunday deganini o‘zi ham bilmay qoldi.
— Qora moy surtgan yaxshiroq, — dedi da’voshi, —
Chub, xayr! — deb, tumog‘ini bosdirib olib uydan chiqib ketdi.
Chub, da’voshi chiqib ketgan eshikka qarab turib:
— Etigini nima bilan moylashini nega so‘radim! — dedi o‘zicha. — Barakalla, Soloxa! Shunday odamni qopga tiqqaningga qoyilman!.. Obbo shayton xotin-e! Ofarin-e! Men ahmoq bo‘lsam… qani haligi la’nati qop?
— Anavi burchakka eltib qo‘ydim. Ichida boshqa hech narsa yo‘q! — dedi Oksana.
— Bekor aytibsan, hech narsa yo‘g‘-a! Qani, buyoqqa keltir. Yana birov bo‘lsa kerak! Yaxshilab qoqinglar… Xo‘sh, yo‘qmi?.. Ha, la’nati xotin! Ko‘rinishi avliyoga o‘xshaydi, o‘zini juda pokiza, pokdoman tutadi.
Lekin biz Chubni shu achchiq va alam ustida qoldirib, endi temirchiga kelaylik, chunki soat to‘qqiz bo‘lay deb qoldi shekilli.
Vakula osmonda juda balandga chiqib ketganidan yerga qarasa hech narsa ko‘rinmaydi; yuragiga vahima tushdi. Pashshadek bo‘lib oyning tagginasidan o‘tib ketdi; agar boshini egmaganida qalpog‘i oyga ilinib qolar edi. Ammo bir ozdan keyin sal botirlanib, shayton bilan hazillasha boshladi. Sanobar yog‘ochdan qilingan xochny bo‘ynidan olib uning yaqiniga keltirsa, — shayton aksirib, yo‘tali tutar edi. Jo‘rttaga boshini qashimoqchi bo‘lib qo‘lini ko‘tarsa ham, shayton cho‘qintirmoqchi shekilli, deb yana balandroq uchar edi. Osmon charaqlab, hammayoq yorug‘ va ravshan edi. Kumushdek tuman ichidahavo tiniq, hamma narsa ravshan ko‘rinar edi. Hatto tuvak ichiga tushib olib, shamoldek uchib o‘tib ketgan sehrgarni ham ko‘rdi; yulduzlarning to‘p bo‘lib, ko‘z bog‘lash o‘ynayotganlarini, bir tomonda allaqancha arvohlar g‘ujg‘uj bo‘lib pirillashib uchib yurganini ham ko‘rdi; oyning oldida dingillab o‘ynab turgan shayton uchib ketayotgan temirchini ko‘rib, shapkasini olib salom berganini, yalmog‘iz kampirni biron yerga eltib tashlab, endi o‘zi salt qaytib kelayotgan supurgini… xullas yana bir talay bo‘lmag‘ur narsalarni ko‘rdi. Nimaiki yo‘lda uchrasa, birpasda to‘xtab, taqachini tomosha qilib, keyin yana yo‘lga tushar edi. Temirchi uchib-uchib Peterburgga yetdi. Shu kuni shahar, bilmadim nima uchun, charog‘on ekan. Shayton yo‘ldagi govdan o‘tgach, yerga tushib arg‘u. moq otga aylandi; tsmirchi qarasa, sho‘x, chopag‘on ot ustida ko‘chada ketyapti. Yepnray! Tasur-tusur, to‘palon, dabdabasi olamni buzgunday. Ko‘chaning ikki tomonida to‘rt qavatli imoratlar. Otlarning tasur-tusuri, g‘ildiraklarning ovozi to‘rt tomondan aks-sado berar edi. Uylar tobora ko‘payib, xuddi yerdan o‘sib chiqayotganday ko‘. rinardi. Ko‘priklar lopillaydi, fayton aravalar gumburlaydi, izvoshchilar, kucherlar po‘sht-po‘shtlab qichqirishadi. Har tarafdan chopib ketayotgan ming-ming chanalar qorni to‘zitib, uchirib o‘tardi, piyodalar qator-qator shamdon osilgan devorlar tagiga siqilib borur edilar, ularning uzun-uzun tarnov bo‘yi soyalari tomga yetar edi. Temirchi har tarafga alanglar edi. Nazarida jami uylar chirog‘li ko‘zlarini unga tikib turgandek edi. Movut po‘stin kiygan boylar ko‘pligidan qaysi biriga salom berishini bilmay qoldi. «Yepiray! Boylar muncha ko‘p-ekan bunda! — derdi ichida, — Po‘stin kiygan. larning barisi sud a’zosi bo‘lsa kerak! Oynavon arava» larda o‘tganlar shahar boshlig‘i bo‘lmasa, hokimdir yoky undan ham ulug‘dir». Shu payt shayton: «To‘ppa-to‘g‘ri malikanikiga boraveramizmi?» — deb so‘rab qoldi. Temirchi ichida: «Yo‘g‘-e, vahimalik-ku! — deb qo‘ydi. — Utgan yil kuzda Dikankadan o‘tib ketgan zaporojyeliklar shu o‘rtada bir joyga tushgandirlar. Yurtlaridan poshshoga xat olib kelgan edilar; shular bilan maslahatlashsam yaxshi bo‘lardi. Hoy, shayton, darrov cho‘ntagim. ga kir, meni zaporojyelilar oldiga olib bor!» — dedi. Shayton bir lahzada ozib, jing‘archa bo‘lib qoldi va bemalol uning cho‘ntagiga tushib oldi. Vakula hash-pash deguncha ulkan bir uyga yetib keldi. Tavakkal qilib, ichkari kirdi, zinadan chiqib, eshikni ochar-ochmas, uyning dabdabasini ko‘rib vahimasi kelib, ketiga tislandi. Lekin Dikankadan kelgan zaporojyelilar qora moy surtilgan etiklari bilan shohi divanlarda chordona qurib, asil tamakilardan chekib o‘tirganlarini ko‘rib yuragi dadilroq bo‘ldi.
— Assalomu alaykum, ulug‘lar, xudo yor bo‘lsin, shunday joyda ko‘rishdik! — dedi temirchi peshanasi yerga tekkuncha engashib salom berib.
Temirchining xuddi oldiginasida o‘tirgan, yonidagidan so‘radi:
— Kim u kelgan?
— Hali tanimadinglarmi meni, temirchi Vakula bo‘laman! Kuzda Dikankadan o‘tganingizda, xudo salomat qilsin, umringiz uzoq bo‘lsin, omon bo‘linglar, salkam ikki kun qo‘ngan edingiz. Aravangizning oldingi g‘ildiragiga temir qoqib bergan edim, — dedi.
— Ha, anavi surat solishga usta temirchimi? Omonmisan, hamshahar, xudoyim nega seni bu tomonlarga keltirdi? — dedi boyagisi.
— Uzim tomosha qilgim keldi, deydilarki…
Zaporojyeli o‘ziga oro berib va ruscha gaplashishni bilganini ko‘rsatmoqchi bo‘lib: