Выбрать главу

— Tolmay, — deb javob berdi Afraniy va xavotirlanib ilova qildi: — Yo xatoga yo‘l qo‘ydimikin u?

— Davom eting, — dedi Pilat, — xato qilmagan. Men, Afraniy, ochig‘i, sal gangib qoldim chog‘i, nazarimda, umrida xato qilmaydigan odam bilan muloqotda bo‘layotgandayman. O‘sha odam — sizsiz.

— Leviy Matveyni qatl etilganlarning jasadlari ortilgan aravaga o‘tkazishgan va ikki soatlardan keyin ular Yershalaimdan shimolrokdagi xilvat bir daraga yetib borishgan. Komanda a’zolari navbatma-navbat ishlashib, bir soat ichida chuqur xandaq qazishgan va uchala jasadni shu xandaqqa dafn etishgan.

— Yalang‘och holdami?

— Yo‘q, prokurator, xodimlarim kafan o‘rniga jubbalar olivolishgan edi. Dafn etilayotganlarning barmoqlariga halqalar kiydirilgan. Ieshuaning xdlqasida bitta chiziq bor. Xandaqqa tuproq tortilib, ustidan tosh bostirilgan. Shartli belgilar Tolmayga ma’lum.

— O, agar buni oldinroq bilganimda edi-ya! — dedi Pilat aftini burishtirib. — Axir men albatta ko‘rishim kerak edi o‘sha Leviy Matveyni…

— U shu yerda, prokurator!

Pilat ko‘zlarini katta ochib, Afraniyga bir necha lahza tikilib qoldi, so‘ng shunday dedi:

— Mazkur ish yuzasidan ko‘rsatgan barcha faoliyatingiz uchun tashakkur sizga. Ertaga huzurimga Tolmayni yuborsangiz va hoziroq xizmatidan mamnun ekanligimni unga aytib qo‘ysangiz, sizdan esa, Afraniy, — deb prokurator xontaxta ustida yotgan kamarining kissasidan bir uzuk oldi va uni maxfiy xizmat boshlig‘iga uzatarkan, dedi: — Ushbuni esdalik uchun qabul qilishingizni so‘rayman.

— Afraniy ta’zim qilarkan, dedi:

— Iltifotingizning hududi yo‘q, prokurator.

— Dafn bilan mashg‘ul bo‘lgan xodimlaringizni mukofotlang. Iudani qochirib yuborgan ayg‘oqchilarga hayfsan e’lon qiling. Leviy Matveyni esa hoziroq huzurimga boshlab keling. Men Ieshua haqida butun tafsilotni bilmoqchiman.

— Bosh ustiga, prokurator, — dedi Afraniy va har qadamda ta’zim qila-qila tisarilib chiqa boshladi, prokurator esa qarsak chalib, qichqirdi:

— Hoy, bu yoqqa! Shamlar yoqilsin!

Afraniy boqqa kirib borayotganidayoq Pilat orqasida paydo bo‘lgan xizmatkorlarning qo‘lida shamlar miltillab yona boshlagan edi. Bir zumda xontaxta ustida uchta shamchiroq paydo bo‘ldi-yu, oydin tun bog‘ tomonga chekindi, go‘yo uni Afraniy o‘zi bilan olib ketgan edi. Balkonda Afraniyning o‘rnida devqomat kenturion kuzatuvida jikkakkina, oriq bir odam iaydo bo‘ldi. Kenturion, ko‘zi prokuratorning ko‘ziga gushishi bilan, bog‘ tomon chekinib, g‘oyib bo‘ldi.

Prokurator kelgan odamga qattiq sinchkovlik bilan tikilib, uni xiyol hadiksirab kuzata boshladi. Odatda ko‘p shov-shuv bo‘lgan va hech xayoldan ko‘tarilmaydigan odam nihoyat ko‘z oldida namoyon bo‘lgan chog‘da unga shunday tikilib qaraydilar.

Kelgan odam qirq yoshlarda bo‘lib, qop-qorayib ketgan, kiyimlari chuvrindi, boshdan-oyoq hammayog‘iga loy sachrab, qotib qolgan, qovoqlari ostidan o‘qrayib qarar edi. Qisqasi, bu o‘lgudek badburush odam ko‘proq jome bo‘sag‘asi yo sershovqin, iflos Quyi Shaharning bozorlarida qalashib yotgan tilanchilarga o‘xshardi.

Sukut uzoq davom etdi, nihoyat uni Pilat huzuriga olib kelingan mana shu odamning alomat raftori buzdi. Uning rangi o‘zgarib, birdan gandiraklab ketdi, agar isqirt qo‘li bilan xontaxtaning chetidan ushlab qolmaganida yiqilib tushishi muqarrar edi.

— Nima bo‘ldi? — deb so‘radi undan Pilat.

— Hech nima, — deb javob qiddi Leviy Matvey va go‘yo bir nimani yutib yuborganday alomat yutindi. Uning qiltiriq, yalang‘och, isqirt bo‘yni bir shishib, yana puchaydi.

— Nima bo‘ldi senga, javob ber, — deb takror so‘radi Pilat.

— Charchadim, — dedi Leviy va g‘amgin ko‘zlarini yerga tikdi.

— O‘tir, — dedi Pilat oromkursiga ishora qilib. Leviy prokuratorga shubha bilan qaradi, oromkursi tomon yurdi, uning oltin bandiga ko‘z qiri bilan qo‘rqa-pisa qarab qo‘yib, oromkursiga emas, uning yoniga, yerga o‘tirdi.

— Qani ayt, nega unga o‘tirmading? — deb so‘radi Pilat.

— Hammayog‘im iflos, uni bulg‘ab qo‘yaman, — dedi Leviy yerga qaragancha.

— Hozir senga ovqat berishadi.

— Ovqat yegim yo‘q, — javob qildi Leviy.

— Nima qilasan yolg‘on gapirib? — dedi Pilat past ovoz bilan. — Axir kun bo‘yi, balki kechadan beri tuz totmagansan. Ha, yaxshi, yemasang yema. Seni bu yerga chaqirishimdan maqsad, pichog‘ingni ko‘rmoqchiman.

— Meni bu yoqqa olib kirishayotganda navkarlar pichoqni olib qo‘yishdi, — deb javob qildi Leviy va ma’yus ohangda ilova qildi: — Ayting, pichoqni berishsin, men uni egasiga qaytarishim kerak, uni o‘g‘irlab olganman.

— Nima maqsadda?

— Arqon kesish uchun, — javob qildi Leviy.

— Mark! — deb qichqirdi prokurator, shu zahoti kunturion balkonda paydo bo‘ldi. — Buning pichog‘ini menga bering.

Kenturion kamariga osilgan ikki g‘ilofning biridan non kesadigan iflos bir pichoqni chiqarib, prokuratorga uzatdi-da, o‘zi chiqib ketdi.

— Qaerdan olgan eding bu pichoqni?

— Xevron qopqasi yonidagi non do‘konidan, shaharga kiraverishda, chap qo‘lda.

Pilat pichoqning keng damini ko‘zdan kechirdi, negadir uning o‘tkir-o‘tmasligini barmog‘i bilan sinab ham ko‘rdi va dedi:

— Pichokdan ko‘ngling to‘q bo‘lsin, uni o‘sha do‘konga olib borib berishadi. Endi men yana bir narsani ko‘rishim kerak: yoningda olib yurgan pergamentni ko‘rsat — unga Ieshuaning so‘zlari yozilganmish.

Leviy Pilatga nafrat bilan qaradi va shunday sqimsiz jilmaydiki, yuzi nihoyat darajada badbashara bo‘lib ketdi.

— Bisotimda qolgan shu bittayu bitta narsani ham tortib olmoqchimisiz?

— Men, ber, deganim yo‘q, — javob qiddi Pilat, — ko‘rsat, dedim xolos.

Leviy qo‘yniga qo‘l tiqib, bir o‘ram pergament chiqardi. Pilat uni olib, xontaxta ustiga, shamlar oralig‘iga yozdi-da, ko‘zlarini qisgancha siyoh bilan pihoyatda g‘aliz yozilgan belgilarni o‘rgana boshladi. Bu aji-buji yozilgan satrlarning ma’nisiga tushunish amri mahol edi, shunga ko‘ra Pilat aftini burishtirib, pergament ustiga engashib olib, barmog‘ini s: atrlar ustida yurg‘izardi. Har nechuk u pergamentdagi yozuv bir-biriga bog‘lanmagan allaqanday hikmatli so‘zlar, qandaydir ro‘zg‘orga daxddor gaplar, sanalaru she’r parchalaridan iborat ekanligini aniqladi. Pilat ba’zi so‘zlarni hijjalab o‘qidi ham: «O‘lim yo‘q… Kecha biz bahorgi shirin bakkurotdan yedik…».

O‘qishga qiynalganidan Pilatning afti burishib ketgan edi, u ko‘zlarini qisib pergamentni zo‘rg‘a hijjalab o‘qirdi: «Biz obihayot oquvchi musaffo daryoni ko‘rgaymiz… Bashariyat quyoshni shaffof kristall orqali kuzatadi…».

Shu payt Pilat birdan cho‘chib tushdi. U pergamentning oxirgi misralarida shunday so‘zlarni o‘qiy oldi: «… eng ulkan illat… qo‘rqoqlik».

Pilat pergamentni karnay qilib o‘rab, tezkorlik bilan uni Leviyga uzatdi.

— Ol, — dedi u va picha sukutdan so‘ng qo‘shimcha qildi: — Sen kitob shaydosi ko‘rinasan, nima qilasan so‘qqabosh holda, och-yalang‘och, boshpanasiz sang‘ib yurib. Qaysariyada katta kutubxonam bor, men juda badavlat odamman, seni o‘z xizmatimga olmoqchiman. Sen uyimda qadimgi qo‘lyozmalarni saralab, avaylab, saqlaysan. Qorning ham to‘q, egning ham but bo‘ladi.

Leviy o‘rnidan turib javob berdi:

— Yo‘q, xohlamayman.

— Nega? — deb so‘radi g‘azabdan yuzi qoraya boshlagan prokurator, — men manfur ko‘rinyapmanmi senga, qo‘rqasan?

Leviyning yuzi boyagiday yoqimsiz kulgidan o‘zgardi va u dedi:

— Yo‘q, aksincha, sen mendan qo‘rqa boshlaysan. Mening yuzimga tik boqish sen uchun oson bo‘lmaydi, uni qatl ettirganingdan keyin.