Выбрать главу

Unda, balki Aloiziy Mogarich ham bo‘lmagandir? E, yo‘q! Bu shaxs nafaqat bo‘lgan, hatto hozir ham yashab turipti, yana aynan Rimskiy iste’fo bergan o‘rin, ya’ni Varete direktori lavozimida ishlab turipti.

U Voland huzurida bo‘lgach, taxminan bir kecha-kunduzdan keyin hushiga kelib, o‘zini Vyatkaga yetay deb qolgan poezdda ko‘rgan va o‘zining negadir esi og‘ib, Moskvadan bosh olib chiqib ketganini, boz ustiga, shim kiyishni unutib, hech keragi bo‘lmagan uy daftarini o‘g‘irlab kelganini fahmlagan. Keyin u juda katta pul evaziga provodnikdan bitta yag‘iri chiqib ketgan eski gaim sotib olib, Vyatkadan orqasiga qaytgan. Lekin, evoh, o‘zi istiqomat qilib turgan uyni topa olmagan. U choldevorpi yong‘in ship-shiydam qilib yalab ketgan edi. Biroq Aloiziy g‘oyat uddaburon odam edi, shunga ko‘ra, ikki haftadan keyin u Bryusov tor ko‘chasida chi-royli bir xonaga joylashib oldi, yana bir pecha oydan keyin esa u, ko‘ribsizki, Rimskiyning kabinetida o‘tiribdi-da. Ilgari Rimskiy Styopaping dastidan qanchalik mashaqqat chekkap bo‘lsa, endi Varenuxa Aloiziyning dastidan shunchalik qiynalib jig‘ibiyron bo‘lardi. Hozir Ivan Savelevich faqat, zora-mora bu Aloiziyni Varetedan olib biron yerga gumdon qilishsa, degan armon bilan yashardi, chupki uning qadrdon yor-do‘stlari davrasida pichirlab aytgan gaplariga qaraganda, «umri bino bo‘lib, Aloiziyga o‘xshagap ablahni hech qachon ko‘rmaganmish va bu mal’un Aloiziyning qo‘lidan har qanaqa badkorlik kelarmish».

Ehtimol ma’mur chindapam g‘arazgo‘y odamdir. Chunki Aloiziyning bironta badkorlikka qo‘l urganini hech kim ko‘rmagan, umuman, u hech qanday ish qilmagan, agar bufetchi Sokovning o‘rniga yangi bir odam tayinlanganini hisobga olmasak. Aidrey Fomich Sokov esa Voland Moskvada paydo bo‘lganidan keyin o‘n oycha vaqt o‘tgach MDUning Birinchi shifoxonasida jigar rakidan vafot etdi.

Ha, oradan bir necha yil o‘tdi va ushbu kitobda haqqoniy tasvirlangan voqealar xiralashib, odamlar xotiridan o‘chib ketdi. Lekin ayrim kishilarning xotirasidan hamon o‘chmagan edi u voqealar.

Xar yili bahorda tantanali to‘linoy oqshomida Patriarx ko‘li bo‘yidagi jo‘ka daraxtlari tagida o‘ttiz-o‘ttiz ikki yoshlarga kirgan bir odam paydo bo‘ladi. Odmigina kiyingan bu mallasoch, ko‘kko‘z odam — tarix va falsafa institutining xodimi professor Ivan Nikolaevich Poniryovdir.

Bu yerga kelib, u har doim bitta skameykaga — o‘sha mash’um oqshomda, hozir hamma unutib yuborgan Berlioz bilan o‘tirgan skameykaga o‘tiradi. Ha, o‘shanda umrining oxirgi daqiqalarini yashayotgan Berliozning ko‘ziga oy pracha-parcha bo‘lib bo‘linayotgandek tuyulgan edi.

Endi esa u bir butun — to‘linoy bo‘lib, kunbotar chog‘da oq, undan keyinroq — betida ajdarvash dog‘ hosil qilgan zarrin tusga kirib sobiq shoir Ivan Nikolaevichning boshi uzra suzar va ayni paytda yuksak samoda bir yerda muallaq qotib turardi.

Ivan Nikolaevichga hamma narsa ayon, u hamma gapdan voqif, hamma narsani tushunadi. U yoshligida badkirdor gipnozchilardan talafot ko‘rganini, shundan keyin davolanib, axiri shifo topganini ham biladi. Lekin shu bilan birga, u ba’zi mushkulotlarni yenga olmasligini ham biladi. Chunonchi, u mana shu bahorgi to‘linoy oqshomi ta’siridan o‘zini ihota qilishga ojizdir. Shu payt yaqinlashib kelishi bilan, bir zamonlar jome tepasidagi besh shamli qandildan balandda muallaq turgan tun yoritg‘ichi to‘lishib oltin rang kasb etadiyu Ivan Nikolaevich bezovta bo‘lib, asabiylashadi, ishtahasi bo‘g‘iladi, uyqusi qochadi va oyning to‘lishishini kuta boshlaydi. To‘linoy oqshomi kelganda esa hech bir kuch uni uyda ushlab qola olmaydi. Kechga yaqin u uyidan chiqib, to‘g‘ri Patriarx ko‘li tomon yo‘l oladi.

Ivan Nikolaevich bu yerdagi skameykada o‘tirar ekan, endi o‘zi bilan o‘zi oshkora gaplashadi, papiros chekadi, suzuk ko‘zlarini goh oyga, goh yodida yaxshi saqlanib qolgan o‘sha mash’um turniketga qaratadi.

U shu zaylda bir-ikki soat o‘tirib, keyin o‘rnidan turadi-da, har gal bitta marshrut bo‘yicha, ya’ni spiridonovkadan o‘tib Arbatga ulangan tor ko‘chalar tomon yo‘l oladi, lekin uning matlgosiz boquvchi ko‘zlari bu payt hech narsani ko‘rmaydi.

U neft do‘koni yonidan o‘tib, ko‘hna gaz fonusi qiyshayib osilib turgan muyulishdan buriladi va shu yerdagi panjara devor oldiga oyoq uchida yurib boradi. Panjara ortida hali yashil libos kiyib ulgurmagan muhtasham bog‘ bo‘lib, bog‘ o‘rtasida goti-ka uslubida qurilgan imorat qad ko‘targan. Imoratning uch tabaqali derazalar o‘rnatilgan bo‘rtiq xonali tomoni oy yog‘dusiga cho‘mgan, narigi tomoni esa qop-qorong‘i.

Professor bu yerga uni nima boshlab kelayotganini ham, bu binoda kim yashashini ham bilmaydi, lekin to‘linoy oqshomida o‘z ra’yiga qarshi ish tutmasligi kerakligini yaxshi biladi. Bundan tashqari, u panjara ortidagi bog‘da mudom muqarrar bir manzaraning shohidi bo‘lishini ham biladi.

Har gal bu bog‘da u pensne taqqan, jikkak soqol, yuz tuzilishi xibl cho‘chqanikiga o‘xshab ketuvchi basavlat bir keksa odamning skameykada o‘tirganini ko‘radi. Ivan Nikolaevich shu binoda istiqomat qiluvchi bu odamni hamisha bir alpozda: ko‘zlarini oyga tikib, xayol surib o‘tirgan holda ko‘radi. Ivan Nikolaevichga yana shu iarsa ma’lumki, bu keksa odam oyga to‘yib-to‘yib qarab olgach, nigohini albatta bo‘rtiq xona derazasiga qaratadi va xuddi hozir deraza tabaqalari ochilib, u yerda g‘ayrioddiy bir narsa paydo bo‘lishini kutayotganday, ko‘zini lo‘q qilib o‘tiraveradi.

Bundan keyin ro‘y beradigan hamma voqeani Ivan Nikolaevich yod biladi. Endi u albatta engashib, panjara panasiga yaxshiroq berkinib olishi kerak, zero skameykada o‘tirgan odam bezovtalanib, hozir boshini har tomonga bura boshlaydi, pari-shon ko‘zlarini havoga tikib, bir nimalarni tutmoqchi bo‘larkan, albatta, huzurlanib jilmayadi, keyin qandaydir ezgu hasrat bilan xo‘rsinib, qo‘llarini bir-biriga uradi-da, baralla ovoz bilan oddiygina qilib g‘o‘ldiray boshlaydi: — Vene-ra! Venera!.. Eh, g‘irt ahmoq ekanman!..

— Yo tangrilar, tangrilar! — deb pichirlaydi shunda Ivan Nikolaevich, panjara ortida biqinib o‘tirarkan, o‘tdek porlayotgan ko‘zlarini bu sirli notanish qariyadan uzmay, — mana, oyning yana bir qurboni… Ha, bu ham xuddi men singari oyning yana bir qurboni.

Skameykada o‘tirgan odam esa bu payt nutqini davom ettiradi: — G‘irt ahmoqman! Nega, nega o‘sha jonon bilan uchib ketmadim? Nimadan qo‘rqdim o‘zi, men qari eshak! Hujjatlarni to‘g‘rilagandim! Eh, endi xap o‘tirib chidaysan, qari tentak!

Shu payt binoning oy yog‘dusi tushmagan qorong‘i tomonida deraza taraqlab ochilib, qandaydir oq narsa ko‘rinadi-yu, ayol kishining xunuk ovozi eshitiladi:

— Nikolay Ivanovich, qaerdasiz? Bu qanaqa qiliq? Nima, bezgak kasaliga mubtalo bo‘lmoqchimisiz? Choyga keling?

Shu hayqiriqdan keyin qariyaning alahlashi tugab, u hushiga keladi va soxta ovoz bilan javob qiladi: — Havoda, toza havoda nafas olmoqchiydim, jonginam! Havo biram sozki!

Shunday deb u skameykadan turadi, birinchi qavatdagi boyagi deraza yopilishi bilan o‘sha tomonga o‘g‘rincha musht do‘laytirib qo‘yadi-da, sudralgancha uy tomon yura boshlaydi.

— Yolg‘on gapiryapti, g‘irt yolg‘on gaplari! O, tangrilar, shunchalik yolg‘on gapiradimi kishi! — deb g‘o‘ldiraydi Ivan Nikolaevich panjaradan uzoqlasharkan, — uni boqqa jalb qilgap narsa aslo toza havo emas, balki bu to‘linoy oqshomida u oy sathida va bog‘ havosida nimanidir ko‘ryapti. O, bu qariyaning sirini bilish uchun, u yo‘qotgan va endi qo‘l cho‘zib havoda besamar axtarayotgan o‘sha Veneraning nima ekanligini bilish uchun hech nimamni ayamagan bo‘lar edim!

Shundan keyin, professor uyiga butunlay xasta bo‘lib qaytadi. Xotini, odatda, uning ahvolini payqamayotganday bo‘ladi va erini tezroq yotib uxlashga undaydi, Lekin o‘zi yotmaydi, qo‘lida kitob bilan chiroq yonida o‘tirarkan, uxlab yotgan eridan mahzun ko‘zlarini uzmaydi. U Ivan Nikolaevichning tong chog‘ida alam bilan chinqirib uyg‘onishini va o‘zini har yoqqa otib, yig‘lay boshlashini biladi. Shu bois uning oldida dasturxonda spirtlangan shprits bilan quyuq choy rangidagi suyuqlikli shishacha shay yotardi.