Mana, nihoyat, og‘ir xasta odam bilan umr qilgan bu bechora ayol bexavotir uxlashi mumkin. Ivan Nikolaevich endi to ertalabgacha baxtiyor chehra bilan tinchgina uxlaydi va xotini uchun mavhum, ammo qandaydir dabdabali va saodatli tushlar ko‘rib yotadi.
Har yili bahorda, to‘linoy kechasi bu olimni bitta narsa uyg‘otadi va ayanch bilan chinqirishga majbur etadi. Zero tushida uning ko‘zi oldida o‘sha o‘ta badbashara puchuq jallod paydo bo‘ladi, jallod hansiragancha bir sakrab ustunga bog‘langan va endi jinni bo‘lib qolgan Gestasning yuragiga qo‘lidagi uzun nayzani botiradi. Jallodning o‘zi-ku uncha qo‘rqinchli emas, lekin olimning xobida qaynab-toshib ro‘yi zaminga oqib tushayotgan allaqapday bulutdan vujudga kelgan ziyo dahshatliroq ediki, bunday hol faqat olamshumul falokat paytidagina sodir bo‘lishi mumkin.
Ukoldan so‘ng uyqudagi Ivan Nikolaevichning ko‘zi oldida hamisha hamma gtarsa o‘zgaradi. U yotgan to‘shakdan deraza tomon keng oydin yo‘l cho‘ziladi va yo‘lga alvonrang astarli oq rido kiygan odam chiqib, oy sari yura boshlaydi. U bilan yonma-yon uzun ko‘ylagining uvadasi chiqib, afti badbashara bo‘lib ketgan bir yigit boradi. Ular nima to‘g‘ridadir qizg‘in suhbatlashishadi, bahslashishadi, chamasi, bir nimada kelisholmayotganga o‘xshaydilar.
— Yo tangrilar, tangrilar, — deydi rido kiygan odam o‘z hamrohiga takabburona boqib, — qanday bema’ni qatl! Lekin sen marhamat qilib ayt-chi, — shunday derkan, uning chehrasidagi takabburlik o‘rnida tavallo paydo bo‘ladi, — axir qatl bo‘lmagan-ku! O‘tinaman sendan, ayt, bo‘lmagan-a?
— Ha, bo‘lmagan albatta, — deb javob qiladi hirqiroq ovoz bilan hamrohi, — o‘zi senga shunday tuyulgan.
— Gapingning rostligiga ont ichasan hammi? — xushomadona ohangda so‘raydi rido kiygan odam.
— Ont ichaman, — deydi uning hamrohi va ko‘zlarida jilva naydo bo‘ladi.
— Men uchun shuning o‘zi kifoya! — bo‘g‘iq ovoz bilan chinqiradi rido kiygan odam va hamrohini yetaklagancha tobora yuksakka — to‘linoy sari o‘rlab chiqaveradi. Hirsday keladigan bir ko‘ppak ular orqasidan viqor bilan bamaylixotir ergashadi.
Shunda birdan oydin yo‘l qaynab, oy yog‘dusidan daryo vujudga keladi, u qirg‘oqlardan tushib oqa bosh-laydi. Oy hukmfarmolik qiladi, yayrab-yashnaydi, u raqs tushadi, sho‘xlik qiladi. Shunda oy yog‘dusi oqimi ichida go‘zallikda beqiyos bir ayol paydo bo‘ladi va atrofiga qo‘rqa-pisa boqayotgan soqoli o‘sib ketgan bir odamning qo‘lidan yetaklab, uni Ivanning huzuriga boshlab keladi. Ivan Nikolaevich bir qarashdayoq u odamni taniydi. Bu — o‘sha bir yuz o‘n sakkizinchi, uning tungi mehmoni. Ivan Nikolaevich xobida unga qoTlarini uzatdi va intizorona boqib so‘raydi:
— Demak, shu bilan hammasi tugabdi-da!
— Ha, tugadi, shogirdim, — deb javob qiladi bir yuz o‘n sakkizinchi, ayol ham Ivanga yaqin borib, deydi:
— Albatta, shu bilan tugadi. Hammasi tugadi, umuman, har qanday narsaning ham nihoyasi bo‘ladi… Hozir sizning peshonangizdan o‘paman-u, keyin hammasi yaxshi bo‘ladi.
U engashib Ivanning peshonasidan o‘padi, Ivan esa ayol sari talpinib uning ko‘zlariga tikiladi, lekin ayol chekinib-chekinib borib, o‘z hamrohi bilan birgalikda to‘linoy sari ravona bo‘ladi.
Shunda oyning jazavasi tutib, o‘z yog‘dusini to‘g‘ri Ivanning ustiga yog‘diradi, shu’lasini har tomonga sochadi, xona oy shu’lasiga g‘arq bo‘ladi, shu’la dolg‘alanib, tosha boshlaydi va Ivanning karavotini ko‘mib yuboradi. Ana shundan keyin Ivan Nikolaevich baxtiyor chehra bilan mast uyquga ketadi.
Ertasi kuni ertalab u indamay, ammo xotirjam va sog‘lom bo‘lib uyg‘onadi. Professorning ukollardan ilma-teshik bo‘lib ketgan xotirasi tinchib qoladi va kelasi to‘linoy tunigacha uni hech kim bezovta qilmaydi: na Gestasning puchuq qotili, na Iudeyaning toshbag‘ir beshinchi prokuratori chavandoz Pontiy Pilat.
1929–1940
Tamom
IZOHLAR
Amazonka — qadimgi yunon mifologiyasida jangovar suvori ayol.
Aramoylar — kelib chiqishi arabistonlik bo‘lgan somiylar qabilasi.
Attis — yunop mifologiyasida Frigiyadap chiqqan xudo. Ammo uning bo‘lganligi mavhum.
Beletaj — teatr zalida parter va amfiteatrdan yuqoriroqqa joylashgan balkonning eng oldingi qatorlari.
Broken — Germaniyadagi Garts tog‘ining cho‘qqisi bo‘lib, nemis xalq afsonalari va rivoyatlarida ta’kidlanishicha, go‘yo bu yerda bahor bayrami arafasida (1 mayga o‘tar kechasi) jinlar bazmi bo‘lar emish.
Buyuk Irod (miloddan oldingi 73—4 yillar) — 40-yildan Iudeya shohi. Taxtni Rim qo‘shinlari ko‘magida qo‘lga kiritgan. O‘ta darajada riyosatparast va badgumon zolim bo‘lgan. O‘zining raqibi deb shubha qilgan hamma odamni o‘ldiravergan. Rivoyatlarga qaraganda, Isoning tug‘ilganidan darak topib, mamlakatdagi barcha chaqaloqlarni qilichdan o‘tkazgan emish.
Vampir — afsonalarda go‘rdan chiqib odamlarning qonini so‘ruvchi maxluq.
Vetap Anri (1820–1881) — Belgiya skripkachisi va kompozitori. Bryussel konservatoriyasining professori.
Galileya — shimoliy Falastinda tarixiy viloyat. Injil talqini bo‘yicha Isoni targ‘ib qilgan asosiy rayon.
Gomunkul — o‘rta asr kimyogarlarining xayoliy tasavvuricha kimyoviy usul bilan yaratish mumkin bo‘lgan odamzod.
Yershalaim — Yerusalim, ya’ni Quddus shahri.
Jokey — sportchi chavandoz.
Igemon — yunoncha Hegemon so‘zidag olingan bo‘lib. dohiy, rahbar ma’nolarini bildiradi.
Isrofilning suri — xristian dini aqidasiga ko‘ra, qiyomat kuni farishta Isrofil sur (karnay) chalarmish va buning ovoziga jamiki jonzotlar kayta tirilarmish.
Iudeya — Janubiy Falastiida Rimga qaraptli viloyat (milodiy 6—395 yillar).
Kaligula Gay Kesar (12–41 yillar) — Rim imperatori (37-yildan). Ashaddiy fosiq bo‘lgan. Uziga xuddi xudoga sig‘ingandek sig‘inishlarini talab qilgan. Kaligula o‘z shaxsiy gvardiyasining sarkardasi tomonidai o‘ldirilgan.
Kapeldiner — teatrda biletlarni tekshiruvchi va zalda tartib sakdovchi odam.
Kenturion — qadimgi Rim qo‘shinida Kenturiya (qarang) boshlig‘i.
Kenturiya (Senturiya) — qadimgi Rimda yuz kishilik otryad.
Kohorta — Rim piyoda qo‘shinida taktik qism. Lafonten (1621–1695) — Buyuk frantsuz masalnavisi. Legion — qadimgi Rim qo‘shinida yirik harbiy qo‘shilma.
Manipul — qadimgi Rim qo‘shinida tarkibida ikki kenturiya (qarang) bo‘lgan harbiy bo‘linma.
Manuskript — odatda qadimgi qo‘lyozmalar shunday nomlanadi.
Marduk — Bobil panteonida Markaziy iloh. Bobil shahrining bosh xudosi.
Masiho — bu o‘rinda yahudiy dinining talqini bo‘yicha, yahudiy xalqini ozod etish uchun zohir bo‘lajak afsonaviy xaloskor.
Melpomena — qadimgi yunon mifologiyasida to‘qqizta muzadan biri, fojiaviy asarlar homiysi.
Messalina Valeriya — Uchinchi Rim imperatori Klavdiyning xotini. O‘zining fohishaligi va badqahrligi bilan dovruq qozongan. Klavdiyning yo‘qligidan foydalanib, o‘z o‘ynashi Silliyga oshkora erga tegadi. Lekin imnerator qullikdan ozod qilgan Nartsis bilan Pallas Messalinani sudga berib, uni o‘limga hukm qilishlariga muvaffaq bo‘ladilar.
Nison oyi — Isroil davlati kalendarida yilning birinchi oyi bo‘lib, u hamisha bahor fasliga to‘g‘ri keladi. Nison oyining 15-kuni, ya’ni yahudiylar Misrdan ozod bo‘lib chiqqan kun Pasxa bayrami kuni deb hisoblangan.
Oziris — Misr tangrisi, ziyo va issiqlik xudosi.
Poligimniya — qadimgi yunon mifologiyasida to‘qqizta muzadan biri, gimnlar homiysi.