Pontiy Pilat — Rim imperiyasining Iudeyadagi noibi (milodiy 26–36 yillar). Uta shafqatsizligi bilan dong qozongan. Iosif Falaviyning yozishicha va tavrot talqinicha, Iso payg‘ambar uning hukmi bo‘yicha chormix qilinganmish.
Privat-dotsent — xususiy tarzda saboq beruvchi degan ma’noni bildiradi. Revolyutsiyadan oldingi Rossiyada va ayrim xorijiy mamlakatlarda oliy maktab o‘qituvchisining ilmiy unvoni.
Prozektor — kasalxonalarda murdani yorish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassis.
Prokurator — qadimgi Rimda imperator noibi.
Rampa — sahna oldiga o‘rnatilgan chiroqlarni tomoshabinlar ko‘zidan to‘sib turuvchi pastak to‘siq.
Sekst Empirik — qadimgi yunon faylasufi va olimi. Skeptitsizm vakili. Mantiq tarixini yaratgan eng dastlabki olimlardan biri.
Sillogizm — mantiq ilmida ikki fikrni taqqoslab, ularning natijasi bo‘lmish uchinchi fikrni keltirib chiqarish nazariyasi,
Sinedrion — qadimgi Iudeyada oqsoqollar kengashi. Xukumat va sud ishlari bilan shug‘ullanuvchi oliy diniy mahkama.
Skuratov (Malyuta) — Ivan Grozniyning a’snlaridan biri. Terrorchi oprichniklar boshlig‘i. Ko‘p taniqli shaxslarni qatl etishda qatnashgan. 1570 yildagi Novgorod yurishida ommaviy qatlga boshchilik qilgan.
Solovkin — Oq dengizdagi xilvat orollardan biri, u yerda faqat monastirlar bo‘lgan.
Taliya — qadimgi yunon mifologiyasida to‘qqiz muzaning biri; komediya asarlari homiysi.
Tallif — etagi uzun ko‘ylak.
Tatsit Publiy — Korneliy Rumo tarixchisi,
Utgang — 16 kitobdan iborat «Solnoma» si mashxurdir. (Taxminan 53–54 yillarda tug‘ilib, I 17 136 yillarda o‘lgan).
Tetradraxma — to‘rt draxma qalinlikdagi qadimgi yunon aqchasi bo‘lib, aksariyati kumushdan, ba’zan esa oltindan ham bo‘lgan.
Tetrarx — Rim imperiyasi lashkarining to‘rtdan bir bo‘lagini boshqaruvchi xukmdor.
Tiveriya — Falastindagi shahar.
Tribun — qadimgi Rimda qo‘shinlarda tribunlar ma’muriy va xo‘jalik xizmati vazifalarini bajargan.
Filon Iskandariy — Iudeya faylasufi (miloddan oldingi 20-yilda tug‘ilib, milodiy 54-yillarda o‘lgan).
Shtraus David Fridrix (1808–1874) — nemis teologi (ilohiyot ilmi bilan shug‘ullanuvchi olim) va faylasufi, «Isoning hayoti» nomli kitobda injilning haqqoniyligini inkor etgan, Isoni tarixiy shaxs deb hisoblagan.
O‘n ikki xudo jamoasi — Rim mifologiyasida eng oliy tangrilar guruhi, Bular: Yuiiter, Neptup, Mark, Apollon, Vulkan, Merkuriy, Yunona, Venera, Minerva, Diana, Vesta va Serera. Bu o‘n ikki xudo, tangrilarnipg Yupiter boshchiligidagi oliy kengashini tashkil qilgan,
Qaysar — podsho.
Qaysariya — salganat.
Hemikraniya — qattiq bosh og‘rig‘i. Boshniig bir pallasi og‘riydi.
Hippodrom — ya’ni ippodrom, otlar poygasi o‘tkaziladigan maydon. otchopar.
Shizofreniya — sababi aniqlanmagan ruhiy kasallik, vosvos. Bu noto‘g‘ri muolaja oqibatida sog‘lom kishini telba qilib qo‘yish demakdir.
Pergament — qog‘oz kashf etilmasdan oldin qog‘oz o‘rnida ishlatilgan teri.
Anatyurel (fr.) — tabiiy, haqiqiy.
Sketch — kichik hajmdagi hajviy qissa.
«M» — «Master» («usta») so‘zining birinchi harfi.
Kenket — piligi maydonidan pastga joylashgan qadimiy chiroq.
Gotika uglubi — Yevropada o‘rta asrlarda rivojlangan me’morchilik uslubi
Pater — katolik dini ruhoniysi.
Ametist — binafsha rangli shaffof tosh.
Gamadril, gibbon, mandril, martishkalar — turli qit’alarda yashovchi maymun toifalari.
Kameliya — choygullar oilasiga kiruvchi hamisha yashil gul.
Noblesse oblige (fr.) — vaziyat majbur qiladi.
Ustritsa — mitti dengiz mavjudoti. Tansiq ovqat sifatida tiriklayin isge’mol qilinadi