Выбрать главу

— Ruxsat eting, men uqalay, — deb ohista iltimos qildi Margarita.

Voland Margaritaga qattiq tikilib qaradi, so‘ng tizzasini unga tomon surdi.

Lavadek qaynoq balchiq Margaritaning qo‘lini kuydirardi, ammo u aftipi burishtirmay, Volandning tizzasini og‘ritmaslikka urinib uqalayverdi.

— Muqarriblarim buni bod deb aytishyapti, — derdi Voland ko‘zini Margaritadan olmay, — lekin mei qat’iy ishonch bilan aytamanki, tizzamning og‘rig‘i, bir ming besh yuz yetmish birinchi yilda Broken tog‘ida Shayton kafedrasida bitta ketvorgan alvasti xonim bilan yaqin muloqotda bo‘lganim asorati bo‘lishi kerak, menimcha.

— O, aql bovar qilmaydi! — dedi Margarita.

— Parvo qilmapg! Yana uch yuz yillardan keyin tuzalib ketadi. Menga ko‘p dori-darmon tavsiya qilishdi, lekin eski odatim bo‘yicha buvimning davolash vositalariga amal qilaman. Bag‘oyat antiqa giyohlarni meros: qilib qoldirib ketgan menga o‘sha kampirsho, ya’ni buvim. Darvoqe, sizning hech bir dardingiz yo‘qmi? Balki qalbingizni kemiruvchi biron hasrat, g‘ussa bordir sizda ham?

— Yo‘q, messir, unday narsalar yo‘q menda, — deb javob berdi oqila Margarita, — endilikda, sizning huzuringizda esa o‘zimni judayam yaxshi his qilyapman.

— Nazarimda, — dedi Voland birdan quvnoq ohangda, — sizni mening globusim qiziqtirayotganga o‘xshaydi.

— O, rost, men hech qachon ko‘rmaganman bunday buyumni.

— Ajoyib buyum. Ochig‘ini aytganda men so‘nggi axborotni radio orqali eshitishni yoqtirmayman. Odatda, axborotni qandaydir qizlar o‘qishadi, ular joylarning nomlarini aniq talaffuz qilishmaydi. Bundan tashqari, ularning har uchtadan biri yo duduq, yo tili chuchuk — ataylab shunaqalarni tanlashadimi, hayronman. Mening globusim ancha qulayroq, buning ustiga, men yuz berayotgan voqealarni aniq bilishim kerak. Mana, masalan, sohilini okean yuvib yotgan mana bu yerni ko‘ryapsizmi? Qarang, ana, u o‘t olyapti. U yerda urush boshlandi. Agar ko‘zingizni yaqinroq olib borsangiz, tafsilotlarini ham ko‘rasiz.

Margarita globusga yaqinroq engashgan edi, kvadrat ichidagi yer tasviri kengayib, rapg-barang bo‘yoqlarga bo‘yaldi va bo‘rtma xaritaga o‘xshab ketdi. Shunda Margarita lentasimon daryoni ham, uning bo‘yiga joylashgan qandaydir bir qishloqni ham ko‘rdi. No‘xatdakkina bir uycha kattalashib gugurt qutisidek bo‘ldi. Birdan bu uyning tomi qop-qora tutun bilan birga osmonga ko‘tarildi, uning devorlari qulab tushdi, oqibat, ikki qavatli bu qutichadan hsch vaqo qolmadi — u qora tutun burqsab chiqayotgan bir to‘p axlatga aylangan edi. Margarita ko‘zini globusga yana ham yaqinroq olib borib, yerda yotgan kichkinagina bir ayolni va uning yonida qo‘llarini yoyib qonga botib yotgan go‘dakni ko‘rdi.

— Tamom, — dedi jilmayib Voland, — gunoh qilishga ham ulgurmadi. Abadonnaning ishi hamisha puxta.

— Men o‘sha Abadonnaga qarshi bo‘lgan tomonda bo‘lishni istamasdim, — dedi Margarita. — Kim tomonda o‘zi u?

— Siz bilan uzoqroq suhbatlashganim sari, — nazokat bilan dedi Voland, — g‘oyat oqila ekanligingizga ko‘proq ishonch hosil qilyapman. Siz xotirjam bo‘ling. Abadonna mutlaqo xolis ish ko‘radi va kurashayotgan ikkala tarafga ham birday xayrixoxdir. Shunga ko‘ra, ikkala taraf kurashining oqibati bir xil bo‘ladi doim. Abadonna, — deb Voland ohista chaqirdi, shu zahotiyoq qora ko‘zoynak taqqan qandaydir ozg‘in odam devor ichidan chiqib keldi. Uning ko‘zoynagi Margaritaga shu qadar kuchli ta’sir qildi-ki, u ohista chinqirib yuborib, yuzini Volandning oyog‘iga bosdi. — Bas qiling, — deb o‘shqirdi Voland, — muncha asabiy bo‘lib ketishgan-a bu zamonning odamlari. — U Margaritaning yelkasiga «shap» etib shapaloq urgan edi, uning butun vujudi jaranglab ketdi. — Ko‘ryapsiz-ku, u ko‘zoynaqda. Bundan tashqari, Abadonna hech qachon biron kimsaning huzurida bemavrid paydo bo‘lgan emas, bo‘lmaydi ham. Undan keyin, bu yerda men borman. Siz esa, mening mehmonimsiz! Shunchaki uni sizga ko‘rsatmoqchi edim, xolos.

Abadonna qimir etmay turardi.

— Bir lahzaga ko‘zoynagini olsa bo‘ladimi? — deb so‘radi Margarita Volandning pinjiga kirib, endi qo‘rquvdan emas, sinchkovlikdan qalt-qalt titrarkan.

— Bu endi mumkin emas, — jiddiy ohangda dedi Voland va bir qo‘l siltagan edi Abadonnaning qorasi o‘chdi. — Menga bir nima demoqchimisan, Azazello?

— Messir, — deb javob qildi Azazello, — gapirishga ruxsat eting. Bizda ikkita begona bor: hiqil-lab, o‘z sohibasi huzurida qoldirishni iltijo qilayotgan sohibjamol qiz bilan uning ixtiyoridagi, ma’zur ko‘rasiz, to‘ng‘iz.

— Sohibjamollar o‘zlarini juda antiqa tutadilar-da, — dsdi Voland.

— U Natasha, — deb yubordi Margarita.

— Mayli, sohibasi qoshida qoldiringlar. To‘ng‘izni esa oshpazlarga jo‘nating!

— Uni so‘yishadimi? — chinqirib yubordi qo‘rqib ketgan Margarita, — shafqat qiling, messir, u pastki qavatda yashovchi Nikolay Ivanovich. Anglashilmovchilik sodir bo‘lgan. Natasha bexosdan unga ham yog‘upa surib qo‘yipti…

— Afv etasiz, — dedi Voland, — kim so‘yar ekan o‘sha dahmazani? Vaqtincha oshpazlar bilan o‘tirib tursin, vassalom! Axir uni bal bo‘layotgan zalga kirita olmayman-ku!

— Ha-da… — deb ilova qildi Azazello va davom etdi: — Hademay yarim kecha bo‘ladi, messir.

— A, juda soz, — deb Voland endi Margaritaga yuzlandi: — Xullas, marhamat qilsinlar! Oldindan minnatdorchilik bildiraman sizga. O‘zingizni yo‘qotmang, hech nimadan qo‘rqmang. Suvdan boshqa hech nima ichmang, bo‘lmasa lohas bo‘lib, qiynalib qolasiz. Vaqt bo‘ldi!

Margarita o‘rnidan turdi, shu payt eshik oldida Korovyov paydo bo‘ldi.

Yigirma uchinchi bob

IBLIS HUZURIDA OLAMSHUMUL BAL

Yarim kecha yaqinlashib qolganidan shoshilishga to‘g‘ri keldi. Margaritaning ko‘ziga narsalar zo‘rg‘a ko‘rinardi. Uning esida qolgan narsa — shamlaru tubiga rangdor toshlar yotqizilgan qandaydir hovuzcha bo‘ldi. Gella bilan unga ko‘maklashayotgan Natasha shu hovuzchaga tushib turgan Margaritaning boshidan qizil rangli quyuq va qaynoq bir suyuqlik quyishdi. Margarita tamshanib ko‘rib, sho‘rtang narsani his qiddi va o‘zini qon bilan yuvishayotganini tushundi. Bu qonli dushdan keyin boshqasi — pushti rang quyuq va tiniq dush boshlandi, endi bu gul moyidan Margaritaning boshi aylanib ketdi. Keyin uni billur chorpoyaga yotqizishib, badanini allaqanday yirik-yirik yashil yaproqlar bilan to yaraqlaguncha ishqalashdi. Shu payt mushuk yugurib kirib, ko‘maklasha boshladi. U Margaritaning oyoq tomoniga chordana qurib o‘tirib olib, ko‘cha-ko‘ydagi etik moylovchilarga o‘xshab, uning tovonini ishqalay boshladi. Margarita och-pushti atirgul barglaridan kim unga tufli tikkanini ham, ularning oltin tasmalari qanday qilib o‘z-o‘zidan tugmalanib qolganini ham eslolmasdi. Qandaydir bir kuch Margaritani shaxt ko‘tarib, ko‘zgu ro‘parasiga qo‘ydi, shunda uning boshida shohona olmos toj yaraqlab ketdi. Shu payt qayoqdandir paydo bo‘lgan Korovyov Margaritaning bo‘yniga og‘ir zanjirga ilingan qora baroq itning cho‘zinchoq ramkadagi zalvar tasvirini osib qo‘ydi. Bu bezak qirolichaga nihoyatda malol keldi. Zanjir shu zahotiyoq uning bo‘ynini ishqalab qizartirvordi, zilday tasvir esa uning qadadshi bukardi. Biroq bu o‘ng‘aysizlik evazi-ga Margarita ba’zi bir imtiyozga musharraf bo‘ldi. Bu imtiyoz — Korovyov bilan Begemotning unga izzat-ehtiromi edi.

— Hechqisi yo‘q, aslo aziyat chekmang! — deb g‘o‘ldirardi Korovyov hovuzchali xona eshigi oldida turib, — o‘zga iloj yo‘q, shu narsa kerak, kerak, kerak. Ijozatingiz bilan, qirolicha, sizga oxirgi maslahatim. Mehmonlar orasida turli toifadagi shaxslar bo‘ladi, o, juda-juda ko‘p ular, ammo hech kimga, qirolicha Margo, hech qanday imtiyoz berilmasligi kerak! Agar bordi-yu birontasi didingizga yoqmasa… aminmanki, siz buni o‘z chehrangizda ifoda etmaysiz, albatta… Yo‘q, yo‘q, bunday o‘ylash mumkin emas! U sezadi, o‘sha zahoti sezib qoladi. Unga mehr qo‘yish, sevish kerak, qirolicha. Buning evaziga bal bekasi yuz hissa ko‘proq mehrga sazovor bo‘lajak! Yana: hech kimni e’tiborsiz o‘tkazvormaysiz. Agar luqma tashlab gaplashishga vaqtingiz bo‘lmasa, yo‘q deganda, jilvali nigoh tashlaysiz yo salgina qiyo boqib qo‘yasiz. Nima qilsangiz qiling, ammo hech kimni e’tiborsiz qoldirmang. Ular shu e’tiborsizlikdan zavolga uchraydilar…